Xotirani kuchaytirish
Tabiiy maslahatlar

Xotirani kuchaytirish uchun 9 qoida

Xotirani kuchaytirish uchun miyamizni doim ishlashga majburlashimiz lozim!

Ko‘pincha inson eshitgan narsasining 30 foizini 20 daqiqadan so‘ng, 50 foizini esa yarim soat ichida unutar ekan. Bu holat esa barcha uchun noqulaylik tug‘dirishi tabiiy. Agar siz ham xotirangiz susaya boshlaganini sezsangiz, quyidagi tavsiyalar yordamida uni mustahkamlashingiz mumkin…

Xotirani kuchaytirish uchun turli mashqlar

Krossvordlarni yechish, aqliy hisoblash, mantiqiy misollarning javobini topish, she’r yodlash, chet tillarini o‘rganish – bularning barchasi miyani ishlatishning eng samarali usullari hisoblanadi. Bu mashqlarni muntazam bajarib tursak, xotiramiz anchagina yaxshilanadi.

Uzum sharbati

Agar ovqatlanish ratsionimizga uzum sharbatini qo‘shsak, xotiramiz faoliyati 20 foizga yaxshilanadi. Faqatgina bu qora uzum bo‘lishi kerak. Bu sharbat tarkibida miya hujayralarini yoshartiruvchi juda ko‘p antioksidantlar bor.

Jismoniy faollik

Piyoda yurish, mayda qadamlar bilan yugurish, raqsga tushish — bu harakatlar tanani chiniqtirib, xotirani mustahkamlaydi. Bunday faol harakatlar miyamizga kislorod ko‘proq miqdorda borishini, yodda saqlash kuchayishini ta’minlaydi, yangi kletchatkalar ochiladi.

Suhbatlashish, muloqot

Kimningdir telefon raqami, manzili, ismini ovoz chiqarib takrorlasak, miyamiz bu ma’lumotlarni yozib olishdan ko‘ra tezroq qabul qiladi.

Uyqu

Yaxshi uyqu – salomatligimiz garovi. Miriqib, xotirjam uxlaydigan odamlar uzoq umr ko‘rishadi. Uyqu vaqtida organizmimiz bo‘shashadi, erkin bo‘ladi. Bundan tashqari, uyqu vaqtida tanada yoshartiruvchi gormonlar ishlab chiqarilishi kuchayadi. Tiniqib uxlaydiganlar uyqusizlikdan qiynaladiganlarga qaraganda ma’lumotlarni 2 marta ko‘proq yodda saqlab qoladi. Xotirani kuchaytirish yoki mustahkamlash uchun, albatta, uyqu rejimiga amal qiling!

Hordiq

Miriqib hordiq chiqarish, uqalash va shunga o‘xshash mashg‘ulotlar diqqatni jamlashga yordam beradi. Va natijada xotira ham yaxshilanadi.

Ko‘zlar uchun mashq

Agar har kuni ertalab ko‘zlarimizni u yoqdan bu yoqqa 30 soniya davomida harakatlantirsak, xotiramiz 10 foizga yaxshilanadi. Bu tan olingan fakt. Bu usul miyamizning ikkala yarim shari bir-biri bilan uyg‘unlikda ishlashiga imkoniyat yaratadi.

Ovqatlanish

Sog‘lom va to‘g‘ri ovqatlanish kuchli xotiraga ega bo‘lishga imkon beradi. Buning uchun antioksidantlarga boy bo‘lgan brokkoli karami, ismaloq, turli yong‘oqlar, sitrus mevalar, lavlagi, uzum, qora olxo‘ri kabi mahsulotlarni doimiy ravishda iste’mol qilish lozim.

Xotirani kuchaytiruvchi vitaminlar

Bu borada B vitamini eng zaruri. Vitamin B12 yetishmasligi natijasida xotira susayishi yoki yo‘qolishi ham mumkin ekan. Tarkibida yuqoridagi vitaminlar bo‘lgan baliq, go‘sht, tovuq go‘shti kabilarni iste’mol qilish miyaning yaxshi ishlashiga yordam beradi. C va E vitaminlari ham xotira uchun zarur. Aterosklerozga chalinmaslik uchun turli yog‘lar, margarin, sariyog‘ni kamroq iste’mol qilishimiz kerak. Bir sutkalik iste’mol qilinadigan yog‘ miqdori 90 g.dan oshmasligi lozim.

Aqlli bo‘lishning oddiy usullari

Noodatiy o‘qish

Qo‘lingizga qalam va o‘zingizga yoqqan matnni oling. Matnni o‘qiy boshlang va ravon o‘qib borgan joyingizgacha qalamni ham yurgizing. Keyingi gal yanayam tezroq o‘qishga harakat qiling, tezda ko‘zlaringiz bu vazifaga ko‘nikadi, o‘zingiz esa yanayam ko‘proq ma’lumotni o‘zlashtirasiz va bu miyangiz uchun ham foydali mashq.

Oldindan bilib oling

Keyingi gal, biror qiziqarli maqola o‘qimoqchi bo‘lganingizda avvalo avtor nima haqda yozganligini o‘ylab ko‘ring, keyin informatsiyani mutolaa qilishni boshlang. Neyrofiziologlar fikricha, bu holatda miyamiz ma’lumotlarni taqqoslash barobarida kuchli quvvat bilan ishlay boshlaydi.

Ushbu maqolani ham o’qing: Organizmni tozalash qanday amalga oshiriladi?

Manba: Darakchi.uz

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.