soch ko'rinishi
Kasalliklar

Soch ko’rinishi va holati kasalliklarda qanday o’zgaradi?

Surunkali charchoq, bosh og‘rig‘i, uyqusizlik bezovta qilyaptimi? U holda soch ko’rinishi va holatiga e’tibor bering. Zero, sochdagi o‘zgarishlar organizmdagi ayrim muammolarni fosh etadi!

Kamqonlik belgisi

Uzoq vaqt otfob tig‘i ostida yurish, hammomda bug‘lanish, muntazam ravishda soch dazmoli va fendan foydalanish, kimyoviy jingalaklash, tez-tez soch rangini o‘zgartirish, xlorlangan suvda cho‘milish, soch parvarishi uchun mo‘ljallangan vositalarni noto‘g‘ri qo‘llash, temir taroq ishlatish sochlar quruqlashishiga sabab bo‘ladi.

Ammo ushbu holatlardan tashqari sochlaringiz quruqlashib borayotganini sezsangiz, shifokor huzuriga shoshiling. Negaki quruq, sinuvchan, uchi gullagan sochlar ayrim kasalliklar darakchisi bo‘lishi mumkin:

  • kamqonlik;
  • mikroelement va vitamin yetishmovchiligi bilan bog‘liq me’da-ichak tizimi kasalliklari;
  • qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlar;
  • buyrak va o‘pkadagi surunkali xastaliklar;
  • oqsil yetishmovchiligi (parhezga mukkasidan ketganlarda ko‘p uchraydi);
  • organizmda temir va mis tanqisligi.

Chorasi: Sizga terapevt va endokrinolog ko‘rigi zarur. Shuningdek, taomnomangizni qayta ko‘rib chiqing. Sochlar oqsil, temir, B guruhi vitaminlari, mis va kobalt mikroelementiga boy mahsulotlarni yoqtiradi.

Agar vitaminlar me’da-ichak tizimi kasalliklari tufayli o‘zlashtirilmayotgan bo‘lsa, shifokor inyeksiya shaklidagi preparatlarni buyuradi.

Bundan tashqari, trixolog – shifokor maslahati ham foydadan holi emas.

Qandli diabetga ishora?!

Yog‘li sochlar, asosan, moddalar almashinuvi buzilganidan yuzaga keladi. Gormonal o‘zgarishlar, noto‘g‘ri ovqatlanish (yog‘li mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish) ham soch holatiga ta’sir qiladi.

Shuningdek, qandli diabet va metabolik sindrom (semirish)da ham yog‘ ko‘p ajraladi.

Chorasi: Soch yog‘lanishining sababini bilish uchun jigar va qalqonsimon bezni tekshirtirish zarur. Kunlik ratsionda qovurilgan, shirin, dudlangan yeguliklar, shuningdek, qahva cheklanadi.

Soch parvarishi uchun mo‘ljallangan kosmetika vositalarini ham almashtirgan ma’qul.

Choy daraxti moyi yog‘ bezlari faoliyatini me’yorlashtiradi, mavrak ekstrakti qo‘shilgan shampunlar esa yog‘li soch terisini «tinchlantiradi».

Sochlar yanada yog‘lanmasligi uchun ularni fenda quritish, qaynoq suvda yuvish mumkin emas.

Taomnomadagi yog‘li mahsulotlarni cheklaganda ham muammo yo‘qolmasa, jigar yoki me’da-ichak kasalliklari rivojlanayotgan bo‘lishi mumkin.

Soch to‘kilishiga sabab – infeksiya

Bilasiz, homiladorlik va tug‘uruqdan so‘ng sochlar siyraklashadi. Shuningdek, qattiq asabiylashish natijasida ham soch to‘kilishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi kasalliklar tufayli soch to‘kiladi. Bular:

Boshning ma’lum qismidagina soch to‘kilishi gormonal o‘zgarishlardan dalolatdir. Masalan, chakka va peshonada soch kamayishi erkaklik gormoni ortib ketganiga ishora sanaladi.

Chorasi: Endokrinolog ko‘rigidan o‘ting. Vaqtinchalik murakkab soch turmaklaridan voz keching. Tinchlantiruvchi giyohlar damlamasi va vitaminlar qabul qilish mumkin.

Qazg‘oq nimaning asorati?

Agar bosh terisi qichishsa, qizil dog‘lar, teri ko‘chishi, yaralar paydo bo‘lsa, bu psoriaz, ekzema kasalliklari rivojlanayotganini bildiradi.

Qazg‘oq esa zambrug‘li infeksiya tufayli paydo bo‘lishi mumkin. Yog‘li sochda qazg‘oq paydo bo‘lishi organizmda yog‘ va uglevodlar yetishmayotganidan darakdir.

Shuningdek, asabiylashish, immunitet sustlashishi, oshqozon-ichak kasalliklari ham qazg‘oqni keltirib chiqaradi.

Chorasi: Faqat qazg‘oqqa qarshi shampunga ishonib qolmang-da, muammoning asl sababini bilish uchun mutaxassis ko‘rigidan o‘ting. Bunda sizga dermatovenerolog yoki trixolog-shifokor yordam beradi.

Vitamin yetishmovchiligi

Bilasiz, kuz–qish mavsumida soch ko’rinishi va holatida jilvakorligi yo‘qoladi. Buning sababi, vitamin va mineral moddalar yetishmovchiligi bilan bog‘liq.

Shuningdek, ushbu holat oshqozonosti bezi, qalqonsimon bez faoliyatidagi o‘zgarishlar, jinsiy a’zo xastaliklari, anemiya va ayrim irsiy kasalliklarga ishora bo‘lishi mumkin.

Chorasi: Oqsil, A, E, B12 vitaminlariga boy mahsulotlarni ko‘proq iste’mol qiling. Tuz miqdorini kamaytiring. Trixolog ko‘rigidan o‘ting. Shuningdek, polivitaminlar qabul qilish, lavanda, qarag‘ay, apelsin moylaridan tayyorlangan niqoblardan foydalanish ham yaxshi samara beradi.

Soch ekish usullari va unga qarshi koʻrsatmalar


BONUS! Tirnoqlar holatiga qarab tashxis qo’yish

Har bir barmog‘imiz ma’lum bir ichki a’zo bilan bevosita bog‘langan. Masalan, bosh barmoq — miya, ko‘rsatkich barmoq — o‘pka, o‘rta barmoq — ingichka ichak, nomsiz barmoq — yurak, kichik barmog‘imiz esa buyrak bilan aloqador. Ularning bu bog‘lanishi oqibatida a’zolardagi turli salbiy o‘zgarishlar tirnoqlarda ham aks etadi.

Sarg‘ish-jigarrang tusdagi tirnoq — zamburug‘li kasalliklardan, psoriaz, dermatoz, gepatit bilan og‘rish oqibati, chekish va antibiotiklarni ko‘p qabul qilinganidan dalolat.

Tirnoqdagi bo‘ylama chiziqlar ovqatni yaxshi hazm qilmaslik, ovqatlanish tartibiga rioya etmaslik, boshlang‘ich revmatizm va tishlardagi muammolardan darak beradi.

Tirnoqdagi ko‘ndalang chiziqlar buyrak, jigar, oshqozon-ichaklar faoliyatidagi buzilishlar natijasida paydo bo‘ladi.

Yurak va o‘pkada kasalliklar bo‘lsa, tirnoqlar haddan ortiq qavarib, bo‘rtib chiqqadi.

Botiq tirnoq esa organizmda temir moddasi kamligidan yuzaga keladi.

Tirnoqning rangsizligi, xiraligiga qamqonlik sabab bo‘ladi.

Tirnoqlar ostidagi terining qizarib ketishi qon bosimi oshganida kuzatiladi.

Ko‘kish tusdagi tirnoqlar egasining yuragi nimjon bo‘lishi mumkin.

Tirnoq ustidagi oq dog‘lar organizmda ruh moddasi kamligidan yuzaga keladi, aynan shu modda tirnoqlar mustahkam bo‘lishiga javob beradi.

Tirnoq o‘sib chiqadigan joydagi yarim oy shakli katta bo‘lsa taxikardiya, umuman bo‘lmasligi yurak nevrozi natijasi hisoblanadi.

Shirin Siddiqxo‘jayeva.
Darakchi.uz

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.