qovoqni oldirish
Kasalliklar

Qovoq parvarishi va qovoqni oldirish amaliyoti

Tabiat ayolga husn deb atalmish bebaho sovg‘a in’om etgan. Biz, ayollardan faqatgina tabiatning mana shu tuhfasini sayqallab, uni yillar davomida avaylab saqlash talab etiladi. Tashqi ko‘rinishimizdagi ko‘nglimiz to‘lmagan jihatlarni esa tuzatishning imkoni mavjud. Buning uchun ozgina qunt qilsak bo‘lgani!

Bodom qovoq – go‘zallik belgisi

Sharq xalqlarida azal-azaldan bodom qovoq qizlar jozibador sanalgan. Yoshlikda betakror ko‘rinadigan bodom qovoqlar 35 yoshdan so‘ng ulg‘aygani sari salqib, haqiqiy muammoga aylanishi turgan gap. Shu sababdan aksariyat ayollar undan xalos bo‘lish yo‘llarini izlay boshlaydi. Muammoga echim topish maqsadida eng soddasidan tortib tig‘ ostigacha bo‘lgan barcha usullarni ko‘rib chiqish tavsiya etiladi.

Unutmang, bodom qovoqlik ko‘p hollarda nasldan naslga o‘tishi ham mumkin. Tashqi ko‘rinishdagi bu ajralib turuvchi belgi yosh ulg‘aygani sari o‘z sohibasiga biroz noqulaylik tug‘diradi. Salqigan qovoqlar chehrani charchagan va g‘amgin ko‘rsatadi. Shu sababdan bu muammo ustida yoshlikdanoq bosh qotirish darkor.

Qovoq uchun kundalik mashqlar

Mashq: ko‘zlarni imkon qadar katta ochib besh soniya davomida shu holatda turiladi. So‘ng ularni mahkam yumib, yana beshgacha sanaladi. Mashqni bajarish vaqtida peshona kaft bilan ushlab turiladi, aks holda ajinlar paydo bo‘lish xavfi ortadi.

Mashq: barmoqlar bilan qoshlarni imkon qadar bir-biri tomon yaqinlashtiriladi. Bu mashqni har kuni ikki mahal sakkiz marotaba takrorlash tavsiya etiladi.

Pardoz bilan kamchiliklarni berkitamiz

Pardoz-andoz bizni yanada go‘zallashtirish bilan birga yuzimizdagi kamchiliklarni tuzatish imkoniyatiga ega. Bodom qovoqlarni pardoz vositalari yordamida biroz kichikroq ko‘rinishga keltirsa bo‘ladi. Buning uchun bir nechta qoidalarga amal qilsak bo‘lgani:

Muhim qoidalardan birini doim yodda saqlang: bodom qovoqlarni ko‘zni ochib turgan holda bo‘yash lozim. Odatda ko‘pgina ayollar ten va suyuq qalamni ko‘zni yumgan holda qovoqqa surtishadi. Bodomqovoq sanamlarga esa bu usul to‘g‘ri kelmaydi.

Bu muammodan aziyat chekuvchi go‘zallar qoshlariga etarlicha e’tibor qaratishi lozim. Yani qoshlar doim parvarishlangan, ingichka, kamondek egilgan bo‘lishi lozim. Aks holda, tartibga keltirilmagan qoshlar qovoqlarni yanada bo‘rttirib ko‘rsatadi.

To‘q rangli tenlarga ixtiyor bergan afzalroq. Biroq uni butun qovoq bo‘ylab emas, faqatgina tashqi burchakka surtish yaxshi samara beradi.

Kipriklarni ham unutib qo‘ymang. Yuzning yuqori qismiga e`tiborni qaratish uchun pastki kipriklar bo‘yalmaydi. Yuqori kipriklarga esa qalin qilib tush surtish lozim.

Yaltiroq tenlar bodom qovoq ayollarning ashaddiy dushmanidir. Qaymoqrang, marjonrang va o‘ta to‘q rangdagi tenlardan foydalanish yuzni toliqqandek ko‘rsatadi. Maslahatimiz, ulardan foydalanishda ehtiyot bo‘ling!

Plasterlarning foydasi tegishi mumkin

Yoshi katta ayollarga ajin tushgan va salqib qolgan qovoqlarni berkitishda ko‘mak beradigan maxsus plastirlar ham bor. Ularni qovoqqa yopishtirib, ustidan pardoz qilinsa, muammo ko‘zga tashlanmasligiga erishiladi.

Blefaroplastika — qovoqni olib tashlash

Mutaxassislar muammoning oxirgi chorasi sifatida blefaroplastika (

Mutaxassislar muammoning oxirgi chorasi sifatida blefaroplastika (qovoqni oldirish) jarrohlik amaliyotini tavsiya etishmoqda. Bu amaliyot yordamida qovoqdagi ortiqcha yog‘, mushak to‘qimalari va teri olib tashlanadi. Zamonaviy estetik jarrohlar lazerli blefaroplastika oddiysiga nisbatan samaraliroq ekanligini ta`kidlashmoqda.

Blefaroplastikaning ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ular asosiy ikki guruhga bo‘linadi: operatsiya yo‘li bilan va jarrohliksiz.

Jarrohliksiz amalga oshiralidagin blefaroplastika ham tejamkor, ham kam shikast yetkazadi. O‘z navbatida u ham inyeksiyali yoki usiz ham amalga oshiriladi. Ukolsiz blefaroplastikaning barcha turlari terining yuqori qatlami hujayralarini yangilashga va chuqur qatlamni qisman yo‘q qilishga qaratilgan. Ko‘z qovoqlarining terisi tortilib, yo‘q qilingan hujayralar kollagen va elastin bilan almashtiriladi. Ushbu turdagi blefaroplastika ta’sir qilish turiga qarab bo‘linadi. Issiq, elektr toki yoki lazer ta’sirida ham bo‘lishi mumkin. Ammo natija hammada bir xil bo‘ladi: Terining sirtki qatlamini yangilash va ichki qatlamini qisman yo‘q qilish, shunda ular biriktiruvchi to‘qima bilan almashtiriladi va qalinlashadi.

Ukol yordamida blefaroplastika ko‘z qovoqlari terisini oziqlantirishga qaratilgan. Bular terini namlaydigan vitamin, gialurin kislotasi, mushaklarni yumshatuvchi va silliqlashtiruvchi botoks inyeksiyalari bo‘lishi mumkin. Lipolitik dori ta’sirida ko‘z qovoqlari hududidagi yog‘ birikmalari yo‘q qilinadi.

Blefaroplastika (qovoqni oldirish) jarrohligi

Bu jarayonda jarrohlik texnologiyalari operatsiyani minimal aralashuv bilan bajarishga yordam beradi, bu esa terini kamroq shikastlantiradi. Shuningdek, zamonaviy texnika operatsiyani qonsiz amalga oshirishga va chandiq qoldirmaslikka imkon beradi. Shu bilan birga mutaxassis terini juda tez tuzalishiga yordam beradi. Operatsion holat jarrohliksiz amalga oshiriladigan muolajaga qaraganda uzoqroq ta’sirga ega. U taxminan 10 yil davom etadi.

Qovoqni oldirish amaliyotiga qarshi ko‘rsatmalar

Blefaroplastika har qanday yoshda ham amalga oshirilishi mumkin, ammo bunga ehtiyoj ko‘pincha 35 yoshdan keyin paydo bo‘ladi. Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlarga chandiqni davolashga xalaqit beradigan kasalliklar kiradi. Agar mijozda qandli diabet, saraton paydo bo‘lishi ehtimoli mavjud bo‘lsa, blefaroplastikani amalga oshirish mumkin emas.

Reabilitatsiya davri

Blefaroplastikadan so‘ng tiklanish an’anaviy kosmetik muolajalardan uzoq davom etmaydi. Agar ko‘z atrofida shish, ko‘karish bo‘lsa, operatsiyadan keyingi yetti kun ichida yo‘qoladi va o‘ninchi kundan boshlab kosmetik vositalardan foydalanish mumkin.

Baqbaqa — go’zallik dushmani

Ayollarni 5-10 yoshga kattaroq ko‘rsatuvchi azaliy muammolardan biri bu — baqbaqadir. U nafaqat to‘ladan kelgan xonimlarda, balki ozg‘in sanamlarda ham uchrashi mumkin. Baqbaqadan xalos bo‘lishning bir qancha usullari mavjud. Agar undan qutulishga jiddiy kirishgan bo‘lsangiz, ishni ortiqcha vaznni yo‘qotishdan boshlang. Taomnomangizga kletchatkaga boy maxsulotlarni kiriting.

Baqbaqaga qarshi mashqlar

Mashqlarni ko‘zgu qarshisida yolg‘izlikda bajargan ma`qul.

1–mashq
Og‘izni imkon qadar kattaroq ochib, iyak oldinga qarab itariladi. Asta sekinlik bilan og‘iz yopiladi. Bu mashqni bir kunda yigirma martadan takror bajarilsa, nafaqat baqbaqalardan xalos bo‘lish mumkin, balki iyak va bo‘yinda paydo bo‘layotgan mayda ajinlarni yo‘qotishga ham erishiladi.

2–mashq
Stulga o‘tirib, tirsak stol ustiga qo‘yiladi. So‘ng bosh barmoqni iyakka qo‘yib, ko‘rsatkichini esa quloq orqasiga olib boriladi. Asta-sekin og‘iz ochib yopiladi. Mashqni ilk bajarishda, bu ishni besh marotaba, keyingi safarlarida esa yigirma marta qilish mumkin.

3–mashq
Bo‘yinni oldinga cho‘zib, mushaklarga bosim bergan holda barcha unli harflarni birma-bir talaffuz qiling. Іar bir unli harfni talaffuz qilganingizdan keyin mushaklarni bo‘shashtiring. Mashqni kuniga 10 martadan takrorlasangiz natijasi sizni uzoq kuttirmaydi.

Pardoz qiling!

Baqbaqalarni ko‘zdan berkitish uchun sharfga o‘ranib yurish shart emas. Aksincha bu aksessuar ko‘pchilikning etiborni tortish xususiyatiga ega. Demak, kundalik pardozdan asosiy maqsad – baqbaqalarni yashirish. Yodingizda bo‘lsin, yuzdagi ortiqcha muammolarni to‘q rangli tonal krem yordamida bartaraf qilsa ham bo‘ladi. Demak, baqbaqaning ustiga to‘q rangli tonal krem surtib, engakka teri rangidagi, engakning eng quyi qismiga esa ochroq rangdagi upa surtib, ayyorlik qilish mumkin. Pardoz natijasida yuz shakli o‘zgarib, etiborni baqbaqadan chalg‘itadi.

Taqinchoqlar-chi?

Yer yuzida bitta ayol qolsa ham zargarga ish topiladi deyishadi. Biroq bo‘ynida muammosi bor ayollarga katta hajmli taqinchoqlardan voz kechishlarini tavsiya qilamiz.

Mineral tuzlar

Baqbaqadan xalos bo‘lishda mineral tuzlardan unumli foydalanish samara beradi. Buning uchun bir piyola gazlanmagan mineral suvda bir osh qoshiq dengiz tuzini eritiladi. Paxmoq sochiqni shu suvda namlantirib, ikki uchidan tutiladi. So‘ng nam sochiq bilan engakni asta shapatilanadi. Bu mashqni har kuni ikki mahal bajarilsa, chamasi ikki oylarda natijani sezish mumkin.

Ozonoterapiya

Yuqorida sanalgan chora-tadbirlar ko‘ngildagidek natija keltirmasa, kelgusi qadamni keskinroq qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Ozonaterapiya jiddiy esttetik muolajalardan biri sanaladi. Baqbaqa ustiga ozon va kislorodli suyuqlikni igna yordamida yuborish bilan kechadigan ushbu muolaja engaklardagi yog‘larni eritish xususiyati tufayli samarali hisoblanadi. Biroq jarayon og‘riqli kechgani sabab ko‘pchilik bu usulga rozi bo‘lavermaydi. Toshkent shahridagi estetik klinikalardagi bu muolajaning bir marotabalik o‘rtacha narxi 30 ming so‘mni tashkil etadi.

Lazerli liposaksiya

Umumiy anesteziyani talab qiluvchi muolaja sanaladi. Shu bois, ayol bu amaliyotga kirishishdan avval bir qancha shifokorlar ko‘rigidan o‘tishi lozim. Bu jarrohlik amaliyotida shifokor baqbaqa sohasida mikroskopik kesik hosil qilib, teri ostiga yog‘larni erituvchi maxsus dori jo‘natadi. So‘ng lazer nuri yordamida yog‘ni eritib, 1 mm hajmli ingichka ignalar yordamida tortib olinadi. Qulayligi esa birgina muolajaning o‘zi kifoya. Kamchiligi esa o‘ta qimmatligida.

Manba: Darakchi.uz

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.