Qon ko'paytirish
Tabiiy maslahatlar

Qon ko’paytirish uchun tabiiy mahsulotlar va BFQ

Gemoglobin – bu qizil qon tanachalarida joylashgan oqsil bo‘lib, u butun organizm bo‘ylab kislorod tashish vazifasini bajaradi. Ko‘pchilik odamlar gemoglabini miqdori me’yoridan pastroq bo‘lsa ham buni sezishmaydi. Xalq orasida «Qon ko’paytirish uchun nima qilish kerak», degan so’rov ko’p uchraydi. Ushbu maqola orqali gemoglobinni tabiiy usullar orqali qanday qilib ko’tarish haqida batafsil ma’lumot berib o’tamiz.

Gemoglobin miqdori sezilarli darajada pastlab ketsagina kishi o‘zida kamqonlik belgilarini (xolsizlik, yurak tez urishi va boshqalar) xis qiladi. Gemoglobin miqdorini kamayib ketishini sabablari juda ko‘p.

Bizda eng ko‘p uchraydigan sababi temir yetishmasli bo‘lsada, lekin ba’zida buning sababi davolab bo‘lmaydigan og‘ir kasallik bo‘lishi ham mumkin. Shuning uchun qonida gemoglobini kamayib ketgan odam albatta shifokor ko‘rigidan o‘tishi kerak.

Quyida gemoglobinni ko‘tarishni bir qancha usullarini o‘rganamiz.

Qon ko’paytirish (Gemoglobinni ko‘tarish) uchun

Gemli (organik) temir tutuvchi mahsulotlar ko‘proq iste’mol qiling.

Gemli temir organizmda o‘zlashtirilishi osonsoq bo‘ladi. Xazm sistemasida gemli temir 20% atrofida qonga so‘riladi va uni so‘rilishiga boshqa xech qanday ozuqa xalaqit qilmaydi.

Shuningdek organik temir tutuvchi maxsulotlar boshqa gemsiz temir tutuvchi mahsulotlardagi temirni o‘zlashtirilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qizil go‘sht tarkibidagi temir eng yaxshi o‘zlashtiriladi. Lekin boshqa go‘sht maxsulotlari va dengiz mahsulotlari ham yaxshi temir manbai xisoblanadi. Qoningizda gemoglobin miqdorini oshirish (qon ko’paytirish) uchun quydagi mahsulotlarni taomnomangizga qo‘shishga xarakat qiling:

  • Mol go‘shti;
  • Tovuq go‘shti;
  • Qo‘y go‘shti;
  • Baliq;

Taomnomangizga gemsiz (noorganik) temir tutuvchi mahsulotlar qo‘shing.

Gemsiz temir odatda o‘simlik mahsulotlarida bo‘ladi. Bunday temir gemli temirga qaraganda ancha kam o‘zlashtiriladi.

Organizm gemsiz temirni ko‘pi bilan 2% ni o‘zlashtira oladi. Lekin baribir bunday mahsulotlar har bir kishining taomnomasida bo‘lishi zarur. Faqat uni qanday iste’mol qilishni to‘g‘ri rejalashtirish kerak.

Gemsiz temir nisbatan ko‘p tutuvchi mahsulotlar quydagilar:

  • Dukkaklilar ( no‘xot, loviya, mosh );
  • Yong‘oqlar;
  • Kartoshka;
  • O‘rik;
  • Mayiz;
  • Xurmo;
  • Ismaloq;

Gemsiz temir organizmga kam o‘zlashtiriladi, lekin ba’zi choralarni ko‘rib buni nisbatan ko‘paytirishingiz mumkin. Buning uchun taom tayyorlashda gemli va gemsiz temir tutuvchi mahsulotlar birga ishlatilishi kerak. Shunda gemli temir tutuvchi mahsulotlar gemsiz temirni ham so‘rilishini ko‘paytiradi.

Yana bir usuli gemsiz temir tutuvchi maxsulotni vitamin C bilan birga iste’mol qiling. Buning uchun gemsiz temir tutuvchi mahsulot apelsin, limon, qulupnay, pomidor, brokkoli kabi tarkibida vitamin C ko‘p bo‘lgan mahsulotlar bilan birga iste’mol qilinishi mumkin.

Vitamin C dan tashqari gemsiz temirli yegulikni har qanday nordon mahsulot bilan qo‘shib iste’mol qilish mumkin. Xatto sirka ham gemsiz temir so‘rilishini yaxshilaydi.

Gemsiz temir so‘rilishini kamaytiruvchi ichimliklardan saqlaning. Quydagilar gemsiz temir so‘rilishini kamaytiradi:

  • Sut maxsulotlari;
  • Choy;
  • Kofe;
  • Ko‘katlar;
  • Kepak va boshqa kletchatka ko‘p tutuvchi mahsulotlar;
  • Pivo, vino;
  • Gazli ichimliklar;
  • Kalsiy ovqatga qo‘shimchalari.
  • Vitaminlar va temir tutuvchi biologik faol qo‘shimchalar (BFQ)

Temir tutuvchi BFQ iste’mol qiling

BFQ – bu iste’mol qilinayotgan temir miqdorini oshirishning eng yaxshi usulidir. Temirli BFQ lar xozirda juda ko‘p. Ular ichida eng yaxshisi YODOFЕR tabletkalaridir. YODOFЕR tabletkalari o‘zida temir , yod va vitamin C tutadi. Yod va temir elementlarini organizmdagi axamiyati bir-biriga bog‘liq. Qalonsimon bez yod ishtirokida tireoid gormonlar ishlab chiqaradi.

Tireoid gormonlar gemoglobin sintezida ishtirok etadi. Temir esa tireoid gormonlar sintezi uchun zarur. Shuning uchun aksariyat xolatlarda kishilarda endemik buqoq va temir yetishmasligi kamqonligi birga keladi.

YODOFЕR tarkibida temir va yod borligi gemoglobinini ko‘tarmoqchi bo‘lgan kishiga juda qulay bo‘ladi. Chunki bir dona tabletka ichish bilan organizmini temir va yodga bo‘lgan bir sutkalik extiyojini qondiradi. Shuningdek tarkibida vitamin C borligi temir so‘rilishini yaxshilaydi.

Temir tutuvchi BFQ larni och qoringa ichilsa so‘rilishi yaxshiroq bo‘ladi. Lekin temir preparatlari oshqozonni ta’sirlashi mumkinligi sababli ozroq tiqdorda ovqat bilan birga ichish tavsiya etiladi.

Temir preparatlarini hech qachon antatsidlar (zardaga qarshi dorilar) bilan iste’mol qilmang. Chunki antatsidlar temir so‘rilishini kamaytirib yuboradi. Agar sizga antatsid ichish zarur bo‘lsa temir preparatini antatsiddan 2 soat oldin yoki 4 soat keyin iching.

Foliy kislota, B gurux vitaminlar qabul qilish ham qon ko’paytirish (gemoglobin ko‘tarish)ga yordam beradi.

Ushbu maqolani ham o’qing: Immunitetni oshirish usullari

Manba: Xasta.uz

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.