osteomiyelit
Kasalliklar

Osteomiyelit kasalligi haqida umumiy ma’lumot

Osteomiyelit – ko‘mikning yallig‘lanishi. Uko‘pincha odam skeleti g‘ovak suyaklarining bo‘g‘imga yaqin joyida uchraydi. Kasallikka yiringlatuvchi mikroblar (stafilokokk, streptokokk) sabab bo‘ladi.

Mikroblar suyak to‘qimasiga uzoqdagi yiring o‘chog‘idan, masalan, chipqondan, anginada yallig‘langan murtak bezlaridan, yangi tug‘ilgan bolalarda infeksiya tushgan kindikdan qon oqimi (gematogen yo‘l) bilan kelishi mumkin. Yallig‘lanish sil, zaxm kasalliklari oqibatida ham paydo bo‘ladi.

Kasallikning o‘tkir va surunkali turlari bor. O‘tkir gematogen osteo­miyelit odatda 8-17 yoshda ro‘y bera­di. Ko‘pincha, badan sovqotgach yoki lat yeganda to‘satdan boshlanadi.

Bemor junjikib, harorati 39-40 darajaga­cha ko‘tariladi, pulsi tezlashadi, ko‘z oldi qorong‘ilashadi, uxlay olmaydi, alahlaydi. So‘ngra yallig‘langan suyak og‘riydi, ustidagi teri shishib, qi­zaradi. Yiring yorib chiqqanda, ha­rorat pasayib, bemorning ahvoli yaxshilanadi.

Osteomiyelit oqibati­da yiringli artrit rivojlanishi, suyak sinishi, sepsis paydo bo‘lishi mumkin. Qonda leykotsitlar ko‘payadi.

Kasallik sovuqda uzoq vaqt qolib ketish, suyakda operatsiya o‘tkazish ja­rayonida infeksiya tushishi, jarohat­larni vaqtida davolamaslik oqiba­tida ham kelib chiqishi mumkin.

Asosan yosh bolalarda kuzatila­digan ushbu suyak kasalliklarining oldini olishda to‘g‘ri ovqatlanishga e’tibor qaratish, sport bilan doi­miy ravishda shug‘ullanish, uyqudan oldin ovqatlanmaslik lozim.

Osteomiyelit tez-tez qaytalanib, odam tanasining butun a’zolariga o‘z ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi. Bunda bo‘g‘imlarda, asab tizimida, qon-to­mir, yurak, buyrak, jigar va boshqa yumshoq to‘qimalarda o‘zgarishlar kuzatiladi.

Osteomiyelitga uchragan naysimon suyaklarda esa patalogik si­nish, katta hajmda suyak to‘qimasining chirishi, suyak defekti, yolg‘on bo‘g‘im, suyak to‘qimasining o‘sishdan to‘xtashi va suyak hosil qiladigan bo‘g‘imlar­ning tiklanishida og‘ir o‘zgarishlar paydo bo‘lishi mumkin.

Agar bemor kasallikni tezda se­zib, vaqtida davolansa, asoratlarsiz sog‘ayib ketadi. Ammo suyak yemirilib, yiringlash qonga tarqalgan bo‘lsa, se­zilarli asoratlar qoladi.

Kasallik kompleks va operatsiya usulida davo­lanadi. Osteomiyelitdan ortopedik asoratlar qolmasligi ham mumkin.

Har bir inson o‘z salomatligi uchun qayg‘urmog‘i shart. Agar u o‘z sog‘ligi­ga e’tibor bermas, jarohatlardan saqlanmas ekan, bir umr majruh bo‘­lib qolishi, davosi yo‘q kasalliklar­ga duchor bo‘lishi mumkin.

Atrofda millionlab kasallik infeksiyalari izg‘ib yurgan bir paytda ehtiyotsizlik qilib turli kasalliklarni yuqtirib yoxud orttirib olish ortiqcha.

Bugungi kunda dunyoda onkologik ka­salliklar tarqalishi bo‘yicha birin­chi o‘rinda tursa, jarohatlar va boshqa sabablar bilan suyak yemirilishi ka­salliklarini orttirib olish, nati­jada bir umrga majruh bo‘lib qolish 2-o‘ringa chiqib ulgurganini ham e’ti­bordan chetda qoldirmaslik darkor.

Manba: Soglom.uz

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.