Miozit kasalligi
Kasalliklar

Miozit kasalligi — sabablari va davolash yo’llari

Gohida bo‘yinning orqa sohasida sanchib og‘rish yuzaga kelib, bir necha kun tinchlik bermaydi. Shifokorlar fikricha bo‘yin mushaklarida hosil bo‘lgan og‘riq yallig‘lanish yoki boshqa kasalliklar asoratida kelib chiqishi mumkin. Xususan, miozit kasalligi aynan mana shunday holatlarda tilga olinadi.

Miozit kasalligi sababi

Ma’lumotlarga ko‘ra har bir inson umri davomida hech bo‘lmaganda bir marta bo‘lsada bo‘yin miozitiga duch keladi. Ammo aksariyat hollarda kasallik ko‘p o‘tmay qaytalanadi. Endigisida esa og‘riq hissi ikki karra kuchli va yallig‘lanish turli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Xo‘sh, miozit kelib chiqishiga nima sabab bo‘ladi?

  • yelvizak;
  • gripp, tez-tez shamollash asorati;
  • bo‘yinni keskin harakalantirish yoki shu sohaga tegishli tan jaroxati olish;
  • kuchli stress (asabiylik o‘ta jiddiy tus olganda bo‘yin mushaklari siqilib qolib, yallig‘lanish yuz beradi)

Og‘riq yo‘nalishiga e’tibor bering

Yelvizak, shamollash yoki asabiylashish asoratida kelib chiquvchi miozitda asosan tunda uyqu vaqti yoki ertalab ko‘zingizni ochishingiz bilan og‘riq yuzaga kelishi mumkin.

Bordiyu, miozit bo‘yindagi tan jarohati yoki keskin harakatlanish sabab yuz bersa, shu ondayoq og‘riq qo‘zg‘alishi yoki kechga borib, nomoyon bo‘ladi.

Miozitni bo‘yin sohasidagi boshqa holatlar bilan farqlash uchun og‘riq yo‘nalishiga diqqat qiling: hastalikda og‘riq bo‘yinning bir tarafida bo‘lib, yelka va quloq ostigacha davom etadi. Ba’zida esa og‘riq hissi chap (o‘ng) qo‘l bo‘ylab tarqalib, barmoq uchigacha yetadi. Ayrim hollarda qo‘l mushaklariga ko‘chgan og‘riq barmoqlar uvishishiga olib keladi.

Miozitni davolash

Bo‘yinda yuzaga kelgan og‘riq ikki kunga cho‘zildimi, albatta shifokorga boring. Bunda sizga terapevt, revmatolog yoki nevrolog mutaxassislar yordam berishadi. Muolaja davomida imkon qadar bo‘yinni keskin harakatlantirmaslik lozim. Agar o‘z vaqtida murojaat etsangiz og‘riq hissi 3-5 kunda bartaraf bo‘lishi mumkin. Davolanishning muhim shartlari esa quyidagilar:

Xotirjamlik – imkon qadar asabiylashmaslikka harakat qilsangiz, tana mushaklari ham taranglashmaydi. Uyqu vaqti ham o‘zingizga qulay holatni tanlab, bo‘yinga zo‘riqish tushmasligiga diqqat qiling;

Yallig‘lanishga qarshi tavsiya etilgan preparatlarni belgilangan vaqt bo‘yicha qabul qiling. Og‘riq chekinishi bilan muolajani to‘xtatib qo‘ymang! Zero yallig‘lanishga qarshi preparatlar belgilangan tartibda qo‘llanilsagina, ijobiy natija beradi.

Mumkin emas!

  • Og‘riqni yengillashtirish ilinjida bo‘yinda mashq bajarish;
  • Spirtli bog‘lam, issiq kompress, surtma yordamida uqalash tavsiya etilmaydi!
  • Issiq hammom, basseyn, sauna ham man etiladi.

Nodira Hamroyeva, oliy toifali shifokor terapevt.
Darakchi.uz

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.