ko'z nurini tiklash
Tabiiy maslahatlar

Ko’z nurini tiklash uchun mashqlar va ovqatlanish tartibi

Ko‘z mushaklari, har qanday boshqa mushak kabi mashq qilib turilmasa, zaiflashib qoladi. Adme.ru ko’z nurini tiklash, shuningdek, ko‘rish qobiliyatini yaxshilash 9 sinalgan usulini taqdim etdi.

Kun davomida ko‘zingizni toliqtirmaslikka harakat qiling. Har 2-3 soatda bir necha daqiqaga ko‘zlaringizni yuming va biroz tin oling.

Quyidagi suratdan 16 ko‘z mashqini o‘rganib olish mumkin. Ularni har kuni ko‘rsatilgan tartib bo‘yicha bajaring.

Agar siz ko‘zoynak taqsangiz, ulardan foydalanish  vaqtini imkon qadar qisqartiring yoki vaqti-vaqti bilan ko‘zoynakni olib turing.

Ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlaringizdan foydalanib, aylanma harakatlar bilan ko‘zlaringizni yengil uqalang. Mashqlarni bajarishda siz u qadar kuchli bo‘lmagan bosimni his qilishingiz kerak, lekin og‘riqni emas. Quyida ko‘rsatilgan nuqtalar yo‘nalishi bo‘ylab harakat qiling.

 Ko‘chaga chiqayotganingizda oyoq ostiga emas, uzoqlarga qarang.

Imkon qadar tez-tez sabzi sharbatini ichib turing (iloji bo‘lsa har kuni).

Sabzi sharbati maksimal darajada foyda berishi uchun unga 1-2 tomchi zaytun yog‘i qo‘shing. Bu uning ta’mini buzmaydi, u sharbatning ijobiy ta’sirini yanada oshiradi.

Ko‘zlaringizda charchoqni his qilsangiz, ularni iliq suv bilan yuvib tashlang.

Uyquga 2 soatcha qolganda kompyuter, televizor yoki smartfon ekraniga qaramaslikka harakat qiling.

Yoga mashqlaridan biri bo‘lgan tratakni sinab ko‘ring. U ko‘zlarga yordam beradi va xotirani mustahkamlaydi.

Ochiq kenglikda joylashgan kichik harakatsiz predmet qarshisiga o‘tiring (masalan, shamlar). Nigohingiz va butun diqqatingizni unga qarating. Ko‘zingizni pirpiratmaslikka harakat qiling. Xotirangizda ushbu predmet tasvirini detallashtiring.

Shundan so‘ng ko‘zingizni yuming va nigohingizni qoshlar orasidagi masofaga qarating-da, predmet obrazini imkon qadar miyangizda ushlab turing. Shu mashqni taxminan 10 daqiqa bajaring.

Mashq maqsadi — ko‘zlar charchagunga qadar xotirada predmetning aniq tasviriga erishish.

Ko’z nurini tiklash uchun ovqatlanish tartibi qanday bo’lishi kerak?

Ko’z nurini tiklash uchun xizmat qiladigan, ko‘zlaringiz uchun foydali bo‘lgan mahsulotlar quyidagilardir:

  • Baliq va dengiz mahsulotlari;
  • Sut mahsulotlari;
  • Mol, tovuq, kurka jigari;
  • Sabzavotlardan tayyorlangan sharbatlar.

Albatta yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlarning hammasi ovqatlanish tartibingizda har kuni bo‘lishi shart emas, hech bo‘lmaganda ikkitasi bo‘lsa ham kifoya.

Baliqqa keladigan bo‘lsak yog‘li, dengiz turidagilarni tanlash kerak. Haftada ikki marta baliq mahsulotlari iste’mol qilib turish organizm, ayniqsa ko‘zlar uchun ancha foydali. Piksha, semga, paltusa, losos, skumbriya kabi mahsulotlar o‘zida omega-3-yog‘ kislotalarini ko‘proq saqlaydi.

Bu moddalar ko‘z uchun foydali, hamda miyada qon aylanishini ham yaxshilaydi. Muntazam ravishda baliq mahsulotlarini iste’mol qilib turish ko‘zda qon aylanishini, ateroskleroz hosil bo‘lmasligini ta’minlaydi va stress holatlaridan chiqib ketishga yordam beradi.

Jigar temir mikroelementiga boy, ular qon hosil bo‘lishiga yordam beradi. Yosh buzoqcha, tovuq yoki kurka jigarini iste’mol qilish foydalidir.

Sut mahsulotlaridan qayta ishlovdan o‘tmagan sutni iste’mol qilish kerak.

Bunday sut mahsulotlarini supermarketlardan bemalol topsa bo‘ladi, ular sterilizatsiyadan o‘tmagan, lekin pasterizatsiyadan o‘tgan, ya’ni qaynatilmagan, ammo iste’molga yaroqli hisoblanadi.

Sabzavotlar sharbati yuqorida sanab o‘tilgan mahsulotlardan ham ko‘roq foydali hisoblanadi. Ko‘z o‘tkirligini yaxshilash uchun sabzi, petrushka, selderey va ismaloq kerak bo‘ladi.

Aynan mana shu o‘simliklar tarkibida vitamin va mikroelementlar ko‘p va ular ko‘z uchun juda foydali. Ulardan tayyorlangan sharbatlarni vaqti-vaqti bilan iste’mol qilib turish tavsiya etiladi.

Ushbu maqolani ham o’qing: To’g’ri ovqatlanish qoidalari va asoslari

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.