Ko'krak bezi saratoni
Kasalliklar

Ko’krak bezi saratoni sabablari va belgilari

Hozir ko‘krak bezi saratoni ayollar orasida uchraydigan onkologik kasalliklar ichida birinchi o‘rinni egallab, afsuski, xastalar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Statistik maʼlumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha har o‘ninchi ayol ko‘krak bezi saratoni bilan xastalanar ekan. Bir yilda ushbu xastalik tufayli 1,5 milliondan ortiq ayol  vafot etadi.

Ko’krak bezi saratoni sabablari

Nasliy omil

Agar onada ko‘krak saratoni kuzatilsa, uning qizlarida ko‘krak saratoni rivojlanish xavfi juda yuqori bo‘ladi. Chunki ko‘krak bezi kasalliklari uchun javobgar bo‘lgan genlarda mutatsiya kuzatiladi. Balog‘at yoshiga yetgandan keyin, BRCA I , BRCA II genlarida o‘zgarish bor-yo‘qligi qon tahlili orqali aniqlanadi. Shu sabab onasida ko‘krak bezi saratoni kasalligi kuzatilgan qizlar har 6 oyda maxsus tekshiruvdan o‘tishi shart.

Surunkali ravishda kechadigan ginekologik xastaliklar oqibatida

Tuxumdon, bachadondagi surunkali shamollash jarayonlari, bachadon miomasi, tuxumdon kistasi kabilar ham ko‘krak bezi kasalliklarining kelib chiqishiga asos bo‘lishi mumkin. Chunki yuqori kasalliklar oqibatida ayol organizmdagi gormonal fon o‘zgaradi hamda ko‘krak bezi to‘qimasidagi hujayralarda patologiya vujudga kelishi mumkin.

Ayol kishi hayoti davomida tug‘masa, bola emizmasa

Insonga berilgan har bir aʼzo hayot davomida o‘z funksiyasini bajarishi shart. Masalan ko‘z ko‘rishi, quloq eshitishi, bachadon homila ko‘tarishi, ko‘krak emizishi kerak. Agar insondagi istalgan organ o‘z funksiyasini bajarmasa, ushbu aʼzoda kasallik yuzaga keladi. Shu sababli ham ko‘krak bezi saratoni tug‘magan va farzand emizmagan ayollarda nisbatan ko‘proq kuzatiladi.

Ketma-ket qilingan sunʼiy abortlar

Har bir sunʼiy abort ayol kishining ko‘kraklari uchun kuchli zarba hisoblanadi. Chunki ayol kishi homilador bo‘lgan daqiqadan boshlab ko‘krak bezlari laktatsiyaga tayyorlanishni boshlaydi. Ko‘krak bezlari to‘lishib, sut yo‘llari kengayadi, ko‘krak bezlari bola emizishga tayyorlanadi. Abort qilingandan keyin bachadon tezda qisqaradi, lekin sut bezlari normal holatiga qaytishi qiyin kechadi va ketma-ket abortlarning ko‘pligi ko‘krakda patalogik jarayonni keltirib chiqaradi.

Ko‘krak sohasidagi jarohat

Ko‘krak sohasiga yetgan jarohat oqibatida ko‘krak bezi ezilib, baʼzi hollarda gematoma hosil bo‘ladi va natijada ko‘krak bezi hujayralarida atipik o‘zgarish yuzaga keladi.

Kuchli va davomli stress

Ketma-ket stress holatlarini boshdan o‘tkazganda immunitet keskin pasayib ketadi va organizmda onkologik kasalliklarga bo‘lgan moyillik kuchayadi.

Gormonal balansning buzilishi

Ko‘krak bezi saratoni ko‘p hollarda gamonal xarakterga ega bo‘ladi. Shifokorning nazorati, tavsiyalarisiz turli garmonal vositalarni uzoq yillar davomida qabul qilish, ko‘krakdagi bezarar tugunni saratonga aylanishiga sabab bo‘ladi.

Ortiqcha vazn va noto‘g‘ri ovqatlanish

Ortiqcha vazn egalarida teri osti yog‘ qavatida ko‘plab estrogen garmoni saqlanadi. Yaʼni, bu garmon keragidan ortiq bo‘ladi. Estrogen garmoni ortiqcha bo‘lgan taqdirda ko‘krak saratoni kasalligini chaqirish xususiyatiga ega. Shu sababli yog‘li, qovurilgan ovqatlarni kamroq isteʼmol qilish, qaynatilgan, parda pishgan taomlar, meva, sabzavotlarni isteʼmol qilish lozim.

Mastopatiya xastaligining tugunli shakli

Mastopatiya kasalligi — ko‘krak bezining disgormonal giperplaziyasidir. U ikki turga: diffuz va tugunli formaga bo‘linadi. Diffuz formasini konservativ yo‘l bilan davolash mumkin. Biroq tugunli formasi faqat jarrohlik yo‘li bilan davolanadi. Agar ko‘krakdagi tugun vaqtida olib tashlanmasa, u borib-borib, turli tashqi va ichki taʼsirlar ostida saratonga aylanishi mumkin.

Radiatsiya

Uzoq vaqt davomida radiatsion zonalarda bo‘lish, ko‘krak sohasiga nur olish, ko‘krak sohasidagi biror kasallikni nur bilan davolash natijasida ko‘krak bezida saraton kasalligi rivojlanishi mumkin.

Ko’krak bezi saratoni belgilari va alomatlari

Tibbiy amaliyotda ko‘krak bezi saratonining bir necha turlari farqlanadi:

Tugunli ko‘rinishi – ko‘krak bezida yumaloq yoki noto‘g‘ri shakldagi, ushlab ko‘rilganda og‘riqsiz bo‘lgan hosila paydo bo‘ladi. Qo‘llar bilan shu hosila ushlanganda teri ostidan bo‘rtib turganligi va terining o‘zgarganligi bilinadi. Kasallikning so‘ngi bosqichlarida terida yaralar, ko‘krak bezining deformatsiyasi, qo‘ltiq osti va o‘mrov osti limfa bezlari kattalashadi.

Shishli-infiltrat turi – bunday turdagi ko‘krak bezi o‘smasi ko‘proq yosh ayollarda uchraydi. O‘sma butun ko‘krak bezini egallab olib, palpatsiya qilinganda og‘riq chaqiruvchi bo‘ladi. Ushbu sohadagi teri apelsin po‘sti kabi bo‘lib qoladi, so‘rg‘ichlar atrofida shish paydo bo‘ladi. Qo‘ltiq osti limfa bezlari kattalashadi.

Mastitsimon saraton – har qanday yoshdagi ayollarda uchraydi, ko‘proq yosh ayollarda kuzatiladi. Kasallik natijasida ko‘krak bezi shishadi va hajmi kattalashadi, tana harorati va mahalliy harorat ko‘tariladi. Ko‘krak bezida zich qattiq hosila paydo bo‘ladi.

Saramassimon (roja) formasi – bunday o‘sma kasalligi saramas (roja) yallig‘lanishi kabi kechadi. Ko‘krak bezida qizarish va notekisliklar, bezning qattiqlashishi kuzatiladi. Palpatsiyada hech qanday tugunlar aniqlanmaydi.

Pansirnaya forma – o‘sma hujayralarining o‘sishi butun ko‘krak bezi terisi va teri osti yog‘ qavati bo‘ylab tarqalagan bo‘ladi. Kasallik ikkinchi ko‘krak bezini ham qamrab olishi mumkin. Saratonning bu turida o‘ziga xos jihat shuki, bunda ko‘krak bezi hajmi kichrayadi, uning terisi zichlashadi va bez harakatchanligi cheklanadi.

Pedjet saratoni – o‘sma kasalligining eng kam uchraydigan turi, umumiy o‘sma kasalliklarning 5 %ini tashkil qiladi. Ko‘krak bezida yaralar, teri deformatsiyalari, so‘rg‘ichlar atrofida tugun paydo bo‘lishi, qichishish bilan kechadi. Kechki bosqichlarda metastazlar beradi.

Boshqa o‘sma kasalliklari kabi ko‘krak bezi saratonini ham erta muddatlarda aniqlash qiyin, chunki kasallik belgilarsiz boshlanadi. Har qanday belgi, masalan, ko‘krak bezida og‘riqlar, shish, diskomfort, so‘rg‘ichlar kattalashishi, so‘rg‘ichlardan oqgan patologik suyuqliklar va shu kabi holatlar kuzatilsa, darhol shifokor ko‘rigidan o‘tish kerak.

Agar sizda ko‘krak bezi so‘rg‘ichlarida har qanday qattiqlashgan hosila paydo bo‘lsa, yuqoridagi belgilar kuzatilmasa ham zudlik bilan shifokor ko‘rigidan o‘ting.

Kasallik darajasini belgilash uchun maxsus jadavaladan foydalaniladi: T – harfi bilan birlamchi o‘sma soni, M – harfi bilan boshqa organlarga tarqalgan metastazlar soni, N – harfi bilan mahalliy zararlangan limfa tugunlari soni belgilanadi.

Yomon sifatli o‘smalar ko‘krak bezining turli sohalarida joylashishi mumkin: teri qoplamalarida, areola va so‘rg‘ichlar atrofida, yuqori va pastki ichki kvadrat, yoki yuqori va pastki ichki kvadrat, orqa qo‘ltiq osti sohasida bo‘lishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.