Moddalar almashinuvi

You are here:
< Back

Moddalar almashinuvi, metabolizm – tirik organizmlarning oʻsishi, hayot faoliyati, koʻpayishi, tashqi muhit bilan munosabatlarini doimiy taʼminlaydigan kimyoviy oʻzgarishlar majmui. Moddalar almashinuvi tufayli hujayra tarkibiga kiradigan molekulalar parchalandi va sintezlanadi, hujayra strukturalari va hujayralararo moddalar hosil boʻladi, yemirladi va yangilanadi.

Masalan, Odamda barcha toʻqima oksillarining yarmisi taxm. 80 sutkada parchalanib, yangidan hosil boʻladi; jigar va qon zardobidagi oqsillarning yarmi har 10 kunda, mushak oqsillari 180 kunda, ayrim jigar fermentlari har 2—4 soatda yangilanib turadi.

Moddalar almashinuvi energiya almashinuvi bilan chambarchas bogʻlangan boʻlib, ularni bir-biridan ajratib boʻlmaydi. Hujayralarda sodir boʻladigan moddalar almashinuvi bilan energiya almashinuvi biologik katalzatorlar – fermentlar ishtirokida amalga oshadi. Energiya almashinuvida murakkab organik molekulalardagi kimyoviy bogʻlar shaklida mavjud boʻladigan potensial energiya kimyoviy oʻzgarishlar tufayli hujayra strukturasi va faoliyatini, tana haroratini saqlab turish, ish bajarish va boshqa(lar) jarayonlar uchun sarf boʻladigan energiyaga aylanadi.

Moddalar almashinuvi hujayrada bir vaqtning oʻzida kechadigan va oʻzaro bogʻlik boʻlgan ikki jarayon – anabolizm va katabolizmagm iborat. Katablik jarayonlarda murakkab molekulalar oddiy molekulalarga parchalanib, koʻp miqdorda energiya ajraladi.

Bu energiya maxsus kimyoviy energiyaga boy makroergik bogʻlar, asosan, adenozitrifosfat kislota (ATF) va boshqa(lar) molekulalar shaklida jamgʻariladi. Katabolik oʻzgarishlar, odatda, gidrolitik va oksidlanish reaksiyalari natijasida amalga oshadi. Bu reaksiyalar kislorodsiz (anaerob yoʻl – glikoliz, bijgʻish) hamda kislorod ishtirokida (aerob yoʻl – nafas olish) sodir boʻladi. Ikkinchi yoʻl evolyutsion nuqtai nazardan ancha yosh va energetik jihatdan ancha samarali boʻlib, unda organik moddalar C02 va suvgacha toʻliq parchalanadi.

Hujayrada katabolizm va anabolizm reaksiyalari bir vaqtda kechadi; katabolik oʻzgarishlarning oxirgi bosqichi anabolizmning boshlangʻich reaksiyalari hisoblanadi. Biroq moddalar almashinuvining anabolitik va katabolitik yoʻllari oʻzaro mos kelmaydi. Masalan, glikogenning latat kislotagacha parchalanishida 12 ta ferment ishtirok etib, ularning har biri bu jarayonning alohida bosqichini katalizlaydi.

Glikogenning laktat kislotadan hosil boʻlishi jarayoni esa 9 ta fermentativ reaksiyalardan iborat boʻlib, ular tegishli katabolik reaksiyalarning aksi hisoblanadi. Xuddi shunga oʻxshash oqsillar bilan aminokislotalar yoki yogʻlar bilan faollashgan atsetat kislota oʻrtasida kechadigan anabolik va katabolik reaksiyalar ham oʻzaro mos kelmaydi. Moddalar almashinuvining reaksiyalari hujayraning maʼlum qismlari – kopartamentlarda amalga oshadi.

Masalan, glikoliz jarayoni hujayra sitoplazmasida, gidrolitik parchalanish reaksiyalari – lizosomalarda, lpidlarning hosil boʻlishi silliq endoplazmatik toʻrda, oqsillar biosintezi ribosomalada roʻy beradi. Moddalar almashinuvining umumiy bosqichlari bir-biri bilan doimo bogʻlangan boʻladi. Moddalar almashinuvining asosiy oraliq moddasi piruvat kislota karbonsuvlar, lipidlar va oqsillar almashinuvi reaksiyalarini oʻzaro bogʻlab turadi.

Barcha tirik organizmlar uchun xos boʻlgan hujayra darajasidagi moddalar almashinuvi, asosan, bir xil usulda boshqariladi. Bunda biokimyoviy jarayonlarning jadalligi va yoʻnaltirilganlgi fermentlar faolligiga taʼsir koʻrsatish, ularning hosil boʻlishi yoki parchalanishini boshqarish orqali amalga oshadi. Yuksak darajada rivojlangan organizmlarda moddalar almashinuvi koʻshimcha boshqaruv mexanizmlariga ega. Moddalar almashinuvi nerv tizimi orqali va gormonal yoʻl bilan ham boshqarib tuziladi.

(Visited 5 times, 1 visits today)