Jigar kasalliklari
Kasalliklar

Jigar kasalliklari — turlari, sabablari va simptomlari

Jigar inson organizmida katta ahamiyatga ega boʻlgan aʼzolardan biri hisoblanadi. Jigar qonda toʻplangan zaharli moddalar va toksinlarni tozalash xususiyatiga ega, jigarda ishlab chiqariladigan oʻt suyuqligi yogʻlarni parchalashda ishtirok etadi. Bu organda organizm uchun zarur boʻlgan vitamin, mineral hamda foydali boʻlgan boshqa mahsulotlar ham toʻplanadi. Jigar kasalliklari kuzatilgada esa, yuqorida sanab oʻtilgan qator vazifa va funksiyalar «bajaruvchisiz» qoladi.

Jigarning oʻziga xos xususiyatlaridan biri – nerv oxirlariga ega boʻlmasligidir, jigarni oʻrab turuvchi kapsulada nerv oxirlari joylashadi va shu sababli jigarda boʻladigan patologiyalar ogʻriq sindromi bilan boshlanmaydi.

Jigar kasalliklari

Jigar hajmi kattalashganda yoki jigar sindromlari boshlanganda patologik holat ancha kuchayib ketgan boʻladi. Aynan shuning uchun ham jigar kasalliklarida kelib chiqadigan simptomlar haqida bilib olish muhim hisoblanadi.

Jigarda qanday kasalliklar uchrashi mumkin?

Statistika boʻyicha dunyo aholisining 200 millioniga yaqin kishilar jigar kasalliklaridan aziyat chekadilar. Jigar bilan bogʻliq patologiyalar sababli oʻlim holati qayd etilishi sil va OITS bilan bir qatorda turadi, ayniqsa virusli kasalliklar hamda jigarning alkogol natijasida zaharlanishi. Ushbu kasalliklar natijasida jigar sirrozi rivojlanadi.

Jigar asosiy kasalliklari

Turli etiologiyali gepatitlar: virusli, toksik (dori hamda alkogol natijasida), ishemik. Jigarning yalligʻlanishi oʻtkir yoki surunkali kechishi mumkin.

Sirroz: toksik moddalarning jigarda doimo taʼsiri natijasida kelib chiqadi, nekrotik jarayonlar, qon kasalliklari, nasliy kasalliklar natijasida.

Jigarda kuzatiladigan oʻsma kasalliklari: jigar yomon sifatli oʻsmalari, kistalar, toʻqima absessi.

Jigar toʻqimalari infiltratsiyasi: amiloidoz, glikogenez, yogʻli distrofiya, granulematoz, limfomalar natijasida.

Jigarning funksional kasalliklari: Jilber, Dubin-Jonson, Kligler-Nayara sindromi.

Jigar ichi oʻt yoʻllari kasalliklari: xolangit, oʻt yoʻllarida yalligʻlanish jarayonlari, oʻt-tosh kasalliklari natijasida oʻt yoʻllari oʻtkazuvchanligi buzilishi, toʻqimalar chandiqlanishi.

Jigar qon bilan taʼminlashi buzilishi: jigar venalari trombozi, yurak yetishmovchiligi natijasida dimlanish va sirroz shakllanishi, arteriovenoz oqmalar.

Jigar kasalliklari bilan bogʻliq umumiy simptomlar

Jigar funksiyasining buzilishida, turli kasalliklarida kuzatiladigan simptomlarning oʻxshashlik jihatlari bor. Ularga oʻt suyuqligi yetishmovchiligi, xolesterin yetishmovchiligi, toksik moddalarning qondan tozalanishi buzilishi, hazm qilish jarayonining sustlashishi kabilar kiradi. Bu kabi holatlarning barchasida jigar funksional qobiliyatining zaiflashuvi kuzatiladi.

Umumiy ahvolning yomonlashuvi va asteniya

Azotli almashinuv natijasida hosil boʻlgan toksik moddalar jigarda neytrallanadi. Bu esa umumiy holsizlik, ish qobiliyatining pasayishi, sababsiz ozish, uyquchanlik, tez charchab qolish va qoʻzgʻaluvchanlik bilan namoyon boʻladi.

Dispeptik sindromlar

Dispepsiya – oshqozon ichak tizimi funksiyasining buzilishidir. Ayrim kasalliklarda oshqozon ichak tizimida oʻziga xos boʻlgan belgilar kuzatilishi mumkin, ammo jigar kasalliklariga xos boʻlgan simptomlar ich kelishining buzilishi, ich qotishi, koʻngil aynishi, qayt qilish, ogʻizda achchiq taʼm hissi, ishtahaning pasayishi kabilardir.

Oʻng qovurgʻa osti sohasida ogʻriq boʻlishi

Oʻng qovurgʻa osti sohasida ogʻriq boʻlishi, shu sohada ogʻirlik hissini sezish jigarda kechayotgan yalligʻlanish jarayoni va jigar hajmi kattalashganligidan darak beradi. Ogʻriq oʻng kurak sohasi, oʻmrov, bel sohalariga ham tarqalishi mumkin. Jigar xuruji (kolika) jigar ichi oʻt yoʻllarida dimlanish boʻlganda kuzatiladi.

Jigar kasalliklari vaqtida sariqlik

Sariqlik – kasallik emas, jigar zararlanganidan dalolat beruvchi simptomdir. Sariqlik infeksion, mexanik, nasliy yoki jigar kasalliklari bilan bogʻliq ravishda kelib chiqishi mumkin. Sariqlik teri rangi, koʻz shilliq qavatining sargʻish rangda boʻlishi bilan namoyon boʻladi, qon biokimyoviy analizida bilirubin va uning fraksiyalari miqdori yuqori ekanligini tasdiqlaydi.

Jigar kasalliklari vaqtida kuzatiluvchi boshqa simptomlar

Jigar kasalliklarida kuzatiladigan boshqa simptomlar jigarning toksik moddalarni neytrallash xususiyati pasayishi hamda funksiyasining buzilishi natijasida kelib chiqadi, ular quyidagilardir:

  • Teri qichishishi;
  • Terida mayda qon tomirlar yorilishi natijasida qizgʻish dogʻlarning paydo boʻlishi, qon tomirli “yulduzchalar”, koʻkarishlar – qon ivish xossasi buzilishi bilan bogʻliq;
  • Teri osti yogʻ qavatida lipomalar hosil boʻlishi;
  • Kaft yuzasining qizarishi;
  • Til rangining oʻzgarishi;

Jigar kasalliklarida kuzatiladigan simptom va sindromlar

Sindrom – bu bir necha simptomlar yigʻindisi boʻlib, kasallikda oʻziga xos koʻrinishda namoyon boʻladi. Jigar kasalliklarida ham oʻziga xos boʻlgan sindromlar yuzaga chiqadi.

Mezenximal-yalligʻlanish sindromi

Bu sindromda quyidagi simptomlar kuzatilishi mumkin: tana haroratining oshishi, limfa tugunlari kattalashishi hamda ogʻriqli boʻlishi, boʻgʻimlarda ogʻriq, taloq kattalashishi, oʻpka va terida qon tomirlarning zararlanishi.

Sitolitik sindrom

Jigar gepatotsitlardan tuzilgan. Bu hujayralar sitolizga uchrashi ham mumkin. Bunga sabab virus hamda toksik moddalarning hujayra membranasiga salbiy taʼsir etishidir. Ana shunday holatda sitolitik sindromda kuzatiladigan belgilar yuzaga chiqishi mumkin. Holatni aniqlash uchun qon biokimyoviy tekshiruvi oʻtkaziladi: transaminaza, umumiy bilirubin fraksiyalari bilan, temir, AlAT va AcAT miqdori.

Xolestaz

Xolestaz sindromi jigar ichi yoki jigardan tashqari oʻt yoʻllarida oʻt dimlanishi natijasida kelib chiqadi. Bunda teri rangi oʻzgarishi (sargʻish-yashil), terida qichishish, yuqori qovoqda teri burmasi hosil boʻlishi, teri pigmentatsiyasining kuchayishi, najas rangining och boʻlishi, peshob rangining toʻqlashuvi kabi belgilar yuzaga chiqadi.

Jigar kasalliklarida portal gipertenziya sindromi

Ushbu sindrom kelib chiqishida jigardan oʻtuvchi portal venada dimlanish hamda ichki a’zolarda bosimning ortishi roʻy beradi. Bunga sabab mexanik jarohatlanishi, oʻsma kasalliklari, sirroz, qon tomir kasalliklari, gepatitlarning turli koʻrinishlari, toksik zararlanish, parazitar kasalliklar boʻlishi mumkin.

Portal gipertenziya rivojlanishida quyidagi bosqichlar farqlanadi:

  • Boshlangʻich davr – oshqozon ichak tizimida kuchsiz dispepsiya holati, jigar sohasida kuchsiz ogʻriq, qorin dam boʻlishi, ishtahaning pasayishi;
  • Kuchsiz belgilar davri – taloq biroz kattalashadi, qiziloʻngach qon tomirlarida oʻzgarishlar;
  • Avj olish davri – assit, qorin boʻshligʻida suyuqlik yigʻilishi, shish, teri ostiga qon quyilishlar bilan namoyon boʻladi;
  • Asoratlanish davri – qorin boʻshligʻida qon ketish, hazm qilish tizimida muammolar kelib chiqishi.

Jigar yetishmovchiligi

Jigar hujayralari – gepatotsitlarning biriktiruvchi toʻqima bilan qoplanishi natijasida ular funksiyasi ham izdan chiqadi, bu esa jigar yetishmovchiligiga sabab boʻladi. Bunda gipertermiya, tana vazni kamayishi, sariqlik, teri ostiga qon quyilishi, kaftlarning toʻq qizil rangda boʻlishi va boshqalar bilan namoyon boʻladi.

Gepatitlarning turli xil koʻrinishlari

Gepatitlar kechishi va etiologiyasi boʻyicha turli xil koʻrinishda boʻlishi mumkin.

Klinik kechishi boʻyicha gepatitlar quyidagilarga boʻlinadi:

Oʻtkir – virusli yoki toksik zararlanishi. Kasallik boshlanishi gripp kabi boʻladi, ammo qon tekshiruvida oʻzgarishlar grippnikidan farqlanadi, sariqlik kuzatiladi. Jigar surunkali kasalligi rivojlanishi yoki asoratlanish bilan tugaydi;

Surunkali gepatit – jigarga toksik moddalarning uzoq muddat davomida taʼsir etishi natijasida kelib chiqadi (alkogol, dori preparatlari) yoki oʻtkir shakldagi gepatitlarning asoratlanishi bilan rivojlanadi. Uzoq muddat davom etadigan kasallik yaqqol namoyon boʻluvchi simptomlar bilan kechmaydi, ammo kasallik ogʻir asoratlanishi mumkin, jigar sirrozi rivojlanadi.

Etiologiyasiga koʻra gepatitlar: infeksion (viruslar – gepatit, qizamiq, qizilcha, parotit), bakterial hamda parazitar boʻlishi mumkin. Bundan tashqari toksik, autoimmun sabablarga koʻra ham kasallik rivojlanishi mumkin.

Gepatitlarda kuzatiluvchi simptomlar

Gepatitlarda kuzatiluvchi simptomlar turlicha koʻrinishda boʻlishi mumkin.

Gepatit A, E – intoksikatsiya simptomlari, bosh ogʻrigʻI, tana harorati oshishi, koʻngil aynishi, qayt qilish, dispepsiya belgilari, jigar oʻlchami kattalashishi. Ikkinchi bosqichda sariqlik, najas rangining oqarishi, peshob rangining toʻqlashishi.

Gepatit B surunkali kechuvida – asteniya, tez charchash, dispeptik sindromlar, oʻng qovurgʻa osti sohasida ogʻriq, teri rangining kuchsiz sargʻayishi, gemorragik holatlar – burundan qon ketishi, teri ostida qon quyilishlari, jigar va taloq oʻlchamining kattalashuvi.

Gepatit C – uzoq muddat davom etuvchi belgilarsiz kechadi va jigar hujayralari biriktiruvchi toʻqima bilan qoplanishi koʻrinishida yakun topadi.

Jigar kasalliklari bilan ogʻriganlar qanday diyeta qilishi lozim?

Jigar kasalliklarida bemorlarga qatʼiy ravishda diyeta buyuriladi. Isteʼmol qilish mumkin boʻlgan mahsulotlar quyidagilar:

  • Non va non mahsulotlari, quritilgan holda boʻlishi;
  • Sabzavot, goʻsht, baliqdan tayyorlangan shoʻrvalar, sut mahsulotlari, parranda goʻshti;
  • Yoʻgsiz sut mahsulotlari;
  • Spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, yogʻli, qovurilgan, achchiq, shoʻr, oʻtkir, dudlangan, konservalangan mahsulotlar, qoʻziqorin, gazli ichimliklar ichish mumkin emas.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.

free xxx voids 24pornload.com sexy hot film
telugu.xxx hot-sex-porno.com tamil girls sex video
naked girld hdxxxvideo.mobi bajkul college
hill palace sobazo.com ninja 300 price
asam xxx redwap2.com x mastar
arab porn star pornowap.mobi hd tamil sex video
sexvid.xxx erotikturkporno.com chamiya reloaded
voyeur-villa pormhub.net swallowed.com
rep xnxx ounoun.com xvideos live
bangalivideo indianlust.mobi office girl fuck video
bilu sexy film redwap.me xvideos.com indian
www.sex videos.com indianhomevideo.net bf video bihar
porn hot movie best-pornos.com pornhub indian teen
xxx indian actress images noodporn.com kannada sex com
tuob8 indianhardcore.info www.south sex.com