Homiladorlik kalendari

Homiladorlik kalendari: Ikkinchi hafta

Homiladorlikning ikkinchi haftasi — bo‘yida bo‘lishdan oldingi haftadir. Siklning aynan 12—14-kuni tugashi bilan ko‘pchilik ayollarda ovulyasiya sodir bo‘ladi. Shu tariqa, vaziyatga akusher-ginekologlar tomonidan baho berilsa, ikki haftalik muddat — hali umuman homiladorlik emas. Aslida homila bachadonga homiladorlikning 3—4-haftasida birikadi va shundagina uni ultratovushli tekshiruv orqali ko‘rish mumkin.

Hayz tugagach, ayol organizmi bo‘yicha bo‘yida bo‘lish uchun faol tayyorgarlik ko‘rishni boshlaydi. Yetilgan tuxumhujayra urug‘lanish jarayoniga tayyor. Akusherlik bo‘yicha homiladorlik taqvimining ikkinchi haftasida yoki uning tugashiga yaqin ovulyasiya davri boshlanadi, bu bo‘yida bo‘lish uchun eng qulay vaqtdir.

Homiladorlikning ikkinchi haftasidagi belgilar

Bo‘yida bo‘lish hali yuz bermagani tufayli, hozircha ayol hech qanday belgilarni qayd etmaydi.

Homiladorlikning ikkinchi haftasida nimalar sodir bo‘ladi

Ikkinchi hafta ayol organizmidagi ko‘plab o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi, ulardan asosiysi tuxumhujayraning yetilishidir. Tasavvur qilib ko‘ring: tuxumhujayra — farzandingiz tomonidan meros qilib olinadigan genetik materialning yarmi. Boshqacha aytganda, bu uning tashqi ko‘rinishi, fe’l-atvori, shuningdek aqliy qobiliyatlariga qo‘shadigan bevosita hissangizdir.

Butun ikkinchi hafta davomida bo‘lajak onaning tuxumhujayrasi hali tuxumdonda, loyqaroq suyuqlik bo‘lgan kichik pufak ichida turadi, ushbu pufak follikul deb ataladi. Unda suyuqlik to‘planishda davom etadi va u kattalashib boradi. Vaqt o‘tishi bilan kichik bo‘rtmacha ko‘rinishida tuxumdon yuzasiga chiqib qoladi. Follikul po‘sti maksimal darajada yupqalashgach, pufak devori yoriladi. Suyuqlik bevosita qorin bo‘shlig‘iga oqib ketadi va o‘zi bilan yetilgan tuxumhujayrani olib ketadi. Aynan shu holat ovulyasiyadir.

Endi tuxumhujayra bachadonga qarab harakatlana boshlaydi. Qorin bo‘shlig‘ida bachadon naychasining bir uchi joylashgan bo‘lib, u tuklar bilan qoplab olingan. Aynan ular tuxumhujayraga to‘g‘ri yo‘nalishda harakatlanish imkonini beradi. Hujayra endi bachadon naychasiga tushadi, u ko‘pincha shu yerda urug‘lanadi. Agar ushbu hodisa yuz bersa, shu vaqtdan boshlab “haqiqiy” homiladorlik haqida gapirish mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.