Homiladorlik kalendari

Homiladorlik kalendari: Beshinchi hafta

Akusherlik hisob-kitoblari bo‘yicha homiladorlikning beshinchi haftasi bo‘yida bo‘lgan paytdan boshlab uchinchi haftadir. Umuman olganda, ushbu davr ancha ijobiy. Ayol organizmi asta-sekinlik bilan o‘zgara boshlaydi, homila esa o‘saveradi.

To‘rtinchi haftadagi his-tuyg‘ular

Aynan beshinchi haftada ayollarning ko‘pchiligi homilador bo‘lganidan xabar topadi. Birinchidan, hayz kechika boshlaydi. Shuningdek, ayolni lohaslik va kayfiyatdagi o‘zgarishlar bezovta qilishi mumkin, bular organizmning gormonal o‘zgarishi bilan bog‘liqdir.

Homiladorlikning beshinchi haftasidagi belgilar

Ushbu muddatda test doim ham to‘g‘ri natijani ko‘rsatmasligi mumkin, chunki qondagi homiladorlik gormoni hali juda kam. Biroq boshqa qator belgilar kuzatila boshlaydi, bular:

  • ko‘ngil aynishi, ayniqsa, ertalablari;
  • sut bezlarining kattalashishi va sezgirligining oshishi;
  • ba’zan qorinning tortishib og‘rishi;
  • turli hidlarga nisbatan ta’sirchanlikning oshishi;
  • uyquchilik, lanjlik, tez toliqib qolish va boshqalar.

Har bir homiladorlik va har bir organizm o‘ziga xos bo‘lgani tufayli, bunday o‘zgarishlar sodir bo‘lmasligi ham mumkin, bu normal holat hisoblanadi.

Shuningdek, homiladorlikning beshinchi haftasida ayol turli yangi his-tuyg‘ularni boshidan kechirishi mumkin. Bular ta’sirchanlik va nozik ko‘ngillilikdan tortib, ilhomlanish va “tog‘ni talqon qilish”ga tayyorlik tuyg‘ularidir. Ba’zan esa yosh bola kabi yig‘loqi va ojiz bo‘lib qolishi mumkin. Keskin harakatlar chog‘ida bosh aylanishi, ba’zan qorin og‘rishi, shuningdek, ajralmalar kelishi mumkin.

Homiladorlikning beshinchi haftasida nimalar sodir bo‘ladi

Bu paytda homila hali juda kichik. Biroq ultra tovushli tekshiruvdan o‘tganda, uning mavjudligini aniq aytish mumkin. Ko‘pincha shifokor bachadon bo‘shlig‘ida urug‘langan tuxum borliginigina aniqlaydi.

Bo‘lajak chaqaloqning ichki organlari “kurtaklari” shakllanishda davom etadi. Bu davrda nafas yo‘llari tizimi poydevori qo‘yiladi, shuningdek, asab tizimi shakllana boshlaydi. Ayni paytda u asab quvurchasidangina iborat bo‘lib, u bosh miya “kurtagi” bilan tugaydi. Homila organizmi hujayralari faol tarzda bo‘linishda davom etmoqda. Aynan shu muddatda qon tomirlari va yurak tizimi shakllanishni boshlaydi. Beshinchi haftada homilaning uzunligi bor-yo‘g‘i 2 millimetrni tashkil etadi.

Bu davrda ham bola tushishi xavfi ancha yuqori bo‘lgani sababli, faol vaqt o‘tkazish, sport bilan shug‘ullanishdan yaqin to‘qqiz oyga voz kechish zarur.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.