Homiladorlik kalendari

Homiladorlik kalendari: 32-hafta

Onaning yurishi tobora qiyinlashib bormoqda. Bola ichkarida yanada kuchliroq sezilmoqda va faollashmoqda. Ona ginekolog huzuriga har ikki haftada bir marta qatnaydi. Agar u tezkorlik bilan semirishda davom etayotganini payqasa, uglevod va sut iste’mol qilishni to‘xtatishi mumkin.

32-haftada bolaning og‘irligi

So‘nggi ikki oy ichida homila taxminan 900 grammga og‘irlashgan va hozir ikki kilogrammgacha tosh bosishi mumkin, bo‘yi esa 42 santimetrga yetadi. 32-haftada bo‘yi va og‘irligi o‘ziga xoslik kasb etadi va irsiylikka bog‘liq holda rivojlanishga tayyor bo‘ladi (ota-onaning bo‘yi va vazni kabi parametrlar).

32-haftada immun tizimi uchun poydevor qo‘yiladi, bolada immunoglobulinlar paydo bo‘ladi va uning organizmi bolani tug‘ruqdan keyingi ilk oylarda himoya qilishga qodir antijismlarni ishlab chiqarishni boshlaydi.

Bolaning suyaklari o‘sishda va og‘irlashishda davom etadi. Yog‘ to‘qimasi butun gavda bo‘ylab bir tekis to‘planadi, u ayniqsa, yuzda seziladi. Burmalar tekislanadi va bolaning yuzchasi chaqaloqlarga xos yoqimtoy holatga keladi.

Reaksiya

Bolakay atrofdagi ovozlarni juda yaxshi eshitadi. Ko‘p narsalar — ona tomiridagi qon shovqini, uning yurak urishi, nafas olishi, ovoziga u allaqachon ko‘nikib qolgan. Otaning ovozi, odatiy maishiy shovqinlarni ajrata oladi. Mana shuning uchun ham 32—33-haftada bolaga alohida e’tibor qaratish lozim: u bilan suhbatlashish, qo‘shiqlar kuylab berish zarur. Tug‘iliboq, chaqaloq onasi va otasining ovozini birdan taniydi.

Asab tizimi rivojlanishda davom etmoqda va endi bolaning ko‘ziga yorug‘lik tushganida, ko‘z qorachig‘i kichrayadi. Bola ushbu davrda ancha faol, ba’zan shunchalik darajadaki, siz uning aylanayotgani va umbaloq oshayotganini his qilib turasiz. Biroq o‘sib borayotgan bola uchun joy tobora toraymoqda, va tez orada u boshini pastga qilib doimiy holatga o‘tadi.

32-haftadagi qimirlashlar

Bola qorinda faol tarzda tepinishda, turtinishda hamda qo‘l-oyoqlari bilan urishda davom etadi. 32-haftada qimirlashlar turlicha bo‘lishi mumkin: ba’zan u keskin jimib qolishi yoki, aksincha, to‘satdan sapchib tushishi mumkin.

Ona o‘zini qanday his qilmoqda?

Homila kattalashib borgani sari, ona uchun ba’zi noqulayliklar yuzaga kela boshlaydi. Kindik yana cho‘zila boshlaydi va qorindagi qora chiziq yanada qorayishi mumkin. Bachadon kindikdan 12 santimetr, qovg‘a simfizidan 32 santimetr balandlikda joylashgan. Gavdani nazorat qilib, maksimal darajada tik o‘tirishga urining.

Ushbu davrda organizmda suyuqlik to‘planib qolishi, natijada venalar kattalashishi, barmoqlar va to‘piqlar shishishi mumkin. Bu paytda tor kiyimlar kiymang, uzuklarni ham taqmang.

32-haftada bachadon qisqarishi holatlari ko‘payadi.

Homiladorlikning 32-haftasida ko‘p suvlilik

Ushbu haftada ko‘p suvlilik yuzaga kelishi mumkin. Bunday holat patologiya deb hisoblanadi. Ko‘p suvlilik juda kamdan-kam — holatlarning 2 foizida qayd etiladi. Bunga ko‘pincha ayoldagi ma’lum surunkali kasalliklar sabab bo‘ladi. Biroq sarosimaga tushish kerak emas. Agar o‘z vaqtida shifokorga murojaat qilsangiz, asoratlardan saqlanish mumkin.

Rejali UTT

Homiladorlikning 32—33-haftasida odatda uchinchi rejali ultratovushli tekshiruv tayinlanadi, uning yordamida shifokor bolaning ichki organlari holatini baholaydi, kindik ichakchasi o‘ralib qolmaganini tekshiradi.

Ushbu davrda bolaning hajmlarini batafsil ko‘zdan kechirish, ularning homiladorlik muddatiga mos tushishini aniqlash, yo‘ldoshning yetilganlik darajasini, homila atrofidagi suv holatini, bachadon bo‘ynini tekshirish mumkin. Ya’ni tug‘ruq uchun zarur bo‘lgan to‘la-to‘kis ma’lumotni shifokor hoziroq bilib olishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.