Homiladorlik kalendari

Homiladorlik kalendari: 29-hafta

Tug‘ruq ta’tilidan oldingi so‘nggi hafta ham keldi. Endi siz har bir yangi belgini intizorlik bilan kutasiz va bola bilan ko‘rishishga tayyorgarlik ko‘ra boshlaysiz

Shifokor huzuriga yanada tez-tez borib turishga to‘g‘ri kelib qoladi. O‘zingizning yangi holatingizga moslashing: qulay pozalarni qidiring, kun tartibingizni ahvolingizdan kelib chiqib tuzing, yaqinlaringiz ko‘magidan foydalaning.

Ayolning kun tartibi va vazn bo‘yicha nazorati

29—30-hafta — vaznni nazorat ostiga olishning ayni vaqti. Ortiqcha vazn sizga ham, bolaga ham foyda keltirmaydi. Bolangizning qanday og‘irlikda bo‘lishini tabiatning o‘zi belgilaydi. Uning hajmini tos suyagingiz imkoniyatlariga qarab “moslashtiradi”. Tabiatning rejalariga qarshi bormang: me’yoridan ortiq yemang, polivitaminlarni esa uzluksiz qabul qiling.

Jig‘ildon qaynashi, beldagi og‘riqlar, uyqusizlik — bularning barchasi 29-haftada kuzatilishi mumkin. Biroq ushbu dardlarni avj oldirmaslik o‘z qo‘lingizda. Kam-kamdan yeng, shunda zarda sizni qattiq bezovta qilmaydi. Noqulay holatlarda o‘tirmang, qulay oyoq kiyim kiying — bel og‘rig‘i sizni chetlab o‘tadi. Iloji boricha har kuni bir xil vaqtda yaxshi shamollatilgan xonada uxlang.

29-haftada homilaning rivojlanishi

Agar bola 29 haftalik muddatda tug‘ilsa, uning yashab ketish ehtimoli katta. Bolaga u o‘zini ona qornidagidek his qiladigan maxsus uskuna kerak bo‘ladi, biroq bolada 90 foiz imkoniyat bor — bu esa yashab ketish uchun katta ehtimol.

Bola faollik bilan yog‘ to‘plamoqda, vazni ortmoqda. Hozirdanoq bolaning yonoqlari dumboqlashgan. Yog‘ aynan shu yerda eng birinchi yig‘iladi va shu yerdan birinchi bo‘lib yo‘qoladi. Bu uning ona ko‘kragini emish qobiliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun tabiat tomonidan o‘ylab topilgan.

Bola deyarli chaqaloq ko‘rinishini olgan. Homiladorlikning so‘nggi haftalarida uning asosiy vazifasi vazn yig‘ish va o‘pkalarni mustaqil ishlashga tayyorlashdan iborat.

Ushbu muddatda bolaning yurak urishini eshitish mumkin. Bola uning ichki organlarini diqqat bilan kuzatish va eshitib ko‘rish uchun yetarlicha kattalashgan. Bu vaqtda uning og‘irligi kamida 1200 grammga, uzunligi 35 santimetrga yetadi.

29-haftadagi qimirlashlar

Bola ancha tez-tez qimirlab turadi, hozir qimirlashlar uning ajralmas xislatidir. Bola hiqichoq tutishi, qo‘rquvdan titrashi, qo‘l yoki oyoqlari bilan o‘ynashi mumkin. Jajji mavjudotning har bitta harakatini ona yaqqol sezib turadi. Bu albatta, yoqimsiz hissiyotlarni keltirib chiqarmaydi, ammo ba’zi noqulayliklarni yuzaga keltirishi mumkin.

O‘tkir ziravorlar va allergenlarsiz

Barchasi oldingidek: hech qanday qovurilgan, achchiq, dudlangan, tuzlangan mahsulotlar mumkin emas. Ziravorlar, xamirli va shirali taomlardan ham deyarli to‘liq voz kechamiz. Meva-sabzavotlar, tvorog, bo‘tqalar, baliqning yog‘siz turlari va go‘sht iste’mol qiling. Shishishlar kuzatilayotgan bo‘lsa, suv ichish rejimini o‘zgartiramiz.

Allergiya chaqirishi mumkin bo‘lgan taomlardan uzoq yuring.

Agar o‘z ustingizda shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz…

Agar vazningizni nazorat qilayotgan, to‘g‘ri ovqatlanayotgan va, biroz bo‘lsa-da, davolovchi gimnastika bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsangiz, o‘zingizga qaratilgan maqtovlarni eshitayotgan bo‘lsangiz, ajab emas.

Sartaroshxonaga borishdan voz kechmang. Hozir chiroyli bo‘lish — ushbu mo‘’jizaviy holatingizni hayotdagi eng baxtli davrlardan biri sifatida eslab qolish uchun yana bir ajoyib imkoniyatdir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.