Homiladorlik kalendari

Homiladorlik kalendari: 27-hafta

Siz homiladorlikning uchinchi uch oyligiga o‘tmoqdasiz, vujudingizdagi yangi hayotning yettinchi oyi boshlandi. Ushbu haftadan sizga katta og‘irlik tusha boshlaydi. Nafas olish ham, o‘tirish ham, uxlash ham, harakatlanish ham qiyinlashib boradi. Biroq agar siz homiladorlar uchun maxsus fitnes bilan shug‘ullangan bo‘lsangiz, o‘z gavdangizni boshqarish ancha oson bo‘ladi.

27—28-haftada bola juda faol bo‘ladi: qoringa qarab ona uning harakatlanayotganlarini, tirsak va tovonlari bilan o‘ziga xos tarzda salomlashayotganini ko‘rishi mumkin. Ushbu haftada yeguliklarga nisbatan ehtiyotkor bo‘ling, barcha allergenlarni (allergiya keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan moddalarni) ovqatdan istisno qiling.

27-haftada homilaning joylashuvi

Siz taxminan 9 kilogrammga semirgansiz, bu me’yordagi ko‘rsatkich, homiladorlik oxirigacha yana 3—5 kilogramm vazn yig‘ishingiz mumkin. Aniqrog‘i — ushbu qo‘shimcha vaznga to‘liq huquqingiz bor, undan ortig‘i esa — nafaqat ortiqcha vazn, balki ona va bola uchun ortiqcha muammolar hamdir.

Bachadoningiz qariyb biqin balandligigacha ko‘tarilgan, u o‘pkalar va ichaklarni ezadi. Bularning barchasi qabziyatni ham, ko‘ngil aynishini ham keltirib chiqaradi, ammo a’lo ishtahaga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Afsuski, bunday vaziyat tug‘ruq vaqtigacha ham o‘zgarmasligi mumkin. Bundan chiqish yo‘li bitta — to‘g‘ri ovqatlanish va kichik porsiyalar bilan yeyish.

Ushbu davr muhim hisoblanadi, bu bolaning joylashuvi bilan ham bog‘liq. Shifokor 27-haftada bola boshini pastga qilib joylashganini aytsa, asabiylashmang: homilaning holati hali ko‘p marta o‘zgarishi mumkin. Agar bola qorinda noto‘g‘ri joylashgan bo‘lsa, sizda unga “ta’sir o‘tkazish” uchun hali vaqt bor. Ehtimol, shifokor masalahatiga ko‘ra, maxsus gimnastika bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

27-haftada homilaning rivojlanishi

Bola qariyb bir kilogramm tosh bosadi, uning bo‘yi esa 25—30 sm yoki undan ham balandroq bo‘lishi mumkin. Hajmiga ko‘ra, uni gulkaramga qiyoslash mumkin. Bola bir sutkada 20 soat uxlaydi, u har soatda uyg‘onadi.

Ushbu muddatda tug‘ilgan bola yashab keta oladi deb hisoblanadi. Biroq tabiiy muhitda buning imkoni bo‘lmaydi, bolaga uning qorin ichidagi “uychasi”ga o‘xshash sharoitlar kerak bo‘ladi. Odamchaning organlari va tizimlari esa ishlab keta oladi.

27-haftada homila qandaydir darajada ba’zi virusli kasalliklarga qarshi kurasha oladi, bolaning immun tizimi o‘z ishining faol bosqichiga o‘tadi. Endi bola infeksiyalardan o‘zi himoyalana oladi, deyish mumkin. Bola immuniteti ba’zi zararli moddalar — allergenlarga reaksiya ko‘rsatishga qodir. Shu tufayli ona hozir allergik xususiyatga ega mahsulotlarni iste’mol qilmasligi kerak.

27-haftadagi qimirlashlar

Bola yana biroz kattalashdi va qo‘l-oyoqlari, boshi bilan yangi harakatlarni bajara boshladi. Ko‘p onalar hatto ultratovushli tekshiruv yordamisiz ham, qorin qimirlashiga qarab, bolaning turtishlari va tepishlarini ko‘rishi mumkin. Bola hozirdanoq yorug‘likka va onasi ertalab qabul qiladigan kontrast dushga reaksiya ko‘rsatadi, tepishni va bir yondan ikkinchi yonga ag‘anashni o‘rganadi.

Balki, tug‘ruq ta’tiliga chiqish vaqti kelgandir?

Tez orada uzoq kutilgan tug‘ruq ta’tili ham boshlanadi, demakki, o‘zingiz uchun ko‘proq vaqt ajrata olasiz. Agar ta’tilga ertaroq chiqish imkoni bo‘lsa, shunday qiling. Ancha yengil tortasiz, kundalik muammolar kamayadi. Bu ayniqsa, ishga jamoatchilik transportida boradigan onalarga taalluqli.

Foydali mahsulotlar ko‘ngil aynishi va jig‘ildon qaynashini keltirib chiqarmaydi

Faqatgina foydali mahsulotlarni va faqatgina bo‘lib-bo‘lib iste’mol qiling. Irodangizni jamlang va ushbu maslahatga amal qiling. Shunda ko‘ngil aynishi ham va jig‘ildon qaynashi ham qo‘rqinchli bo‘lmaydi. Sho‘r taomlardan uzoq yurish ham yodingizdan chiqmasin.

O‘zingiz bilan sumkangizda olma, pechene va ichimlik suvi olib yuring. Bu sizni yaqin oradagi fastfudga kirib chiqish “vasvasasi”dan qutqaradi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.