Homiladorlik kalendari

Homiladorlik kalendari: 17-hafta

17-haftadan homiladorlikning beshinchi oyi boshlanadi. Qandaydir salbiy hissiyotlar kuzatilmaydigan qulay davr. Biroq baribir ba’zi o‘zgarishlarni his qilmay qolmaysiz: bu milklarning qonashi, kuchli ter ajralishi yoki qindan ko‘p miqdorda qon kelishi bo‘lishi mumkin.

Ko‘proq dam oling, o‘z vaqtida uxlashga yoting va o‘zingizni ortiqcha tashvishlar bilan qiynab qo‘ymang, shunda homiladorlikning beshinchi oyi siz uchun ajoyib tarzda boshlanadi.

17-haftada nimalar sodir bo‘ladi?

Ushbu muddatda bachadon yon tomonga qarab emas, balki tepaga qarab o‘sa boshlaydi. Ushbu jarayonda ba’zi og‘riqli hissiyotlar kuzatilishi mumkin. Jig‘ildon qaynashi, nafas qisishi va tez-tez bovul qilish holatlari qayd etilishi mumkin.
17-haftada molochnitsa zo‘rayishi mumkin, shifokor unga qarshi kurash choralarini tavsiya qiladi. Biroq, nima bo‘lganda ham, shirinlikdan voz kechishga to‘g‘ri keladi.

Ayol yurak urishi tezlashganini sezishi mumkin. Bunga yo‘ldosh tomirlardan oziq moddalarni o‘tkazayotgani sabab bo‘ladi. Yurakning yuqori darajadagi faolligi milklarning qonab turishiga olib kelishi mumkin, shu tufayli tish shifokoriga borishga to‘g‘ri keladi, u sizga og‘iz bo‘shlig‘ini chayish uchun xavfsiz vositani tavsiya etadi.
Ter ajralishi ham kuchayadi, bundan qo‘rqish kerak emas. Tez-tez dush qabul qilib turing, keskin hidi bo‘lmagan yaxshi dezodorantlardan foydalaning.

17-haftada homilaning rivojlanishi

Ushbu haftada bolaning o‘z immun tizimi ishga tushadi, uning organizmi o‘z immunoglobulin va interferonini ishlab chiqarishni boshlaydi. Endi ona kasal bo‘lib qolgan taqdirda, bolaning o‘z himoyasi bo‘ladi.
Bu davrda bolaning bo‘yi 10—14 santimetrga, og‘irligi 100 grammga yetadi. Hajmiga ko‘ra, uni nokka qiyoslash mumkin. Bola ancha faol, ba’zan esa keskin tovushlardan qo‘rqishi mumkin.

Homila terisining ostida yog‘ shakllanmoqda, u organizmdagi issiqlik almashinuvini tartibga solishga yordam beradi. Bolaning yuragi deyarli shakllanib bo‘lgan, u o‘z funksiyasini juda yaxshi bajarmoqda. Qiz bolalarda bu vaqtda bachadon shakllana boshlaydi.
17-haftada bolaning doimiy tishlari uchun asos yaratiladi. Buyrak usti bezlari faol tarzda gormonlarni ishlab chiqarmoqda, gipofiz faol ishlamoqda. Bola ovozlarni eshitadi va onaning barcha hissiyotlarini seza oladi.

Biroz charchoq va ilk muloqot

Sizni nimadir bezovta qilayotgan bo‘lsa-da, ma’yuslanmang. Odatiy holatda yota olmasligingiz tufayli uyqu yaxshi bo‘lmayotgani yoki jig‘ildon qaynashi qiynayotganidan umidsizlanmang. Esingizda bo‘lsin, bola onaning hissiyotlari va kayfiyatiga reaksiya ko‘rsatadi. Bolaning qimirlashi buning tasdig‘idir. U bilan gaplashing, axir u uchun muloqot juda muhim.

Ko‘proq dam oling, yaqinlaringizdan uy ishlarida yordam so‘rang. Uy ishlariga ulgurmay qolayotganingizda hech qanday nojo‘yalik yo‘q.

Ovqatlanish ratsioni

Jig‘ildon qaynashi, qabziyat, yuqori darajada gaz hosil bo‘lishi — bularning barchasi ushbu muddatda kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda yagona yechim — to‘g‘ri ovqatlanish. Tez-tez va kam-kamdan yeng.
Kundalik ratsionda albatta qora non, boshoqli o‘simliklar, meva va sabzavotlar, qatiq mahsulotlari bo‘lsin.

Ajralmalar

Agar qindan noodatiy ajralmalar kelayotganini sezsangiz, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling. Shifokor tahlil uchun ushbu ajralmalardan mazok oladi va ularning mohiyatini aniqlaydi. Ajralmalar yiringli, sariq yoki yashil bo‘lsa, shuningdek, pag‘a-pag‘a va yoqimsiz hidli bo‘lsa, ogoh bo‘ling, bular jinsiy yo‘llar infeksiyalaridan darak berishi mumkin.

Molochnitsa ham zo‘rayishi mumkin, uni ham davolash kerak bo‘ladi. Och rangli va sutsimon ajralmalar normal hisoblanadi.

17-haftadagi hissiyotlar

O‘zgarishlar barcha uchun sezilarli bo‘ladi, hatto yuzingizda ham bunday o‘zgarishlar o‘z ifodasini topadi, chunonchi, burun biroz shishishi, lablar kattalashishi, yonoqlar qizarishi mumkin.
Qorin tobora kattalashmoqda. Ba’zan bolaning qimirlaganini qoringa tegmasdan turib ham sezish mumkin. Faqat qulay kiyimlarni kiying, aks holda nafas qisishi sizni jiddiy tarzda qiynashi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.