Zaxm

Zaxm, lyues, sifilis – barcha aʼzo va tizimlarning zararlanishi bilan kechadigan surunkali tanosil (venerik) kasalligi.

Zaxm qadimdan maʼlum. Uning yer yuzida paydo boʻlishi va tarqalishi haqida turli fikr va nazariyalar mavjud. Koʻp olimlar fikriga koʻra, Xristofor Kolumbning zaxm bilan kasallangan matroslari Ispaniyada kasallik tarqalishiga sabab boʻlishgan. 1496-y. da epidemiya boshlanib, Italiya, Fransiya, Shveysariya, Germaniya, keyin Avstriya, Vengriya va Polshaga tarqalgan. Ayrim olimlar Z. Yevropa, Osiyo va Yaqin Sharqda qadim zamonlarda ham mavjud boʻlgan degan fikrdalar. O’tmishning buyuk olimlari Galen, Gippokrat, Abu Ali Ibn Sino va boshqa(lar)ning asarlarida yozilgan kasallik belgilari (yara, afta, kondiloma va boshqalar) aynan zaxm klinikasini eshitadi. Kasallik 16-a. boshlarida deyarli butun dunyoda paydo boʻlgan.

Zaxmni oqish treponema (spiroxetalar) qoʻzgʻatadi (bu mikroorganizm anilin boʻyogʻi bilan yomon boʻyalganligi uchun oqish deyiladi). U bemor qonida, teridagi yarada, limfa tugunlari, orqa miya suyuqligida, soʻlagida, nerv toʻqimalari va hamma aʼzolarida, hatto zaxm bilan ogʻrigan ayol sutida va erkak shahvatida ham boʻladi. Oqish treponema organizmdan tashqarida quritilganda oʻladi, lekin nam muhitda (masalan, shahvat, soʻlakcha, qin shilimshigʻida) uzoq yashaydi. Bemor zaxm tarqatadigan manbadir; u sogʻlom kishi bilan oʻpishganda, jinsiy aloqa qilganda yoki uning idish-tovoqlaridan foydalanganda kasallik yuqadi. Keyingi yillarda qon kuyish yoʻli bilan ham (transfuzion) zaxm yuqish hollari kamdan-kam kuzatiladi.

Oqish treponema teriga yoki shilliq pardaga kirgan, tez koʻpayadi va limfa tomirlari orqali butun organizmga tarqaladi. Zaxm bilan kasallangan odam avval oʻzini mutlaqo sogʻlom sezadi, 3-4 haftadan keyin (yashirin – inkubatsion davr tugagach) oqish treponemalar kirgan joyda zaxmning birinchi belgisi – ogʻrimaydigan birlamchi sifiloma (qattiq shankr) paydo boʻladi. Bemor furunkulyoz, oʻpka yalligʻlanishi, angina, soʻzak va boshqa(lar) kasalliklar sababli biror antibiotik bilan davolangan boʻlsa, zaxmning yashirin davri ancha choʻzilishi mumkin. Bunday hollarda antibiotikning tegishli dozasi treponemalarni yoʻq qila olmay, ularning rivojlanishini biroz toʻxtatib qoʻyadi, natijada yashirin davr ancha choʻzilib ketishidan tashqari, kasallik boshqacha kechishi mumkin. 

Qattiq shankr paydo boʻlishi bilan zaxmning birinchi davri boshlanadi: yara (shankr)ga yaqin limfa tugunlari yalligʻlanib shishadi, kattalashadi va biroz qattiqlashadi; koʻpincha, darmon qariydi, isitma chiqadi, bosh ogʻriydi, ayniqsa, kechasi suyaklar qaqshab ogʻriydi, uyqusizlik kuzatiladi. Bu davr 6-9 hafta davom etadi va oʻz vaqtida davo qilinmasa, ikkinchi davri ta oʻtib ketadi: ogʻiz shilliq qavati, jinsiy aʼzolar, qoʻl, oyoq va badanda dogʻ, tuguncha va h. k. koʻrinishida katta-kichik, rang-barang toifalar (yiringli tugunchali) paydo boʻladi; koʻpchilik bemorlarning soni toʻkila boshlaydi, suyak, boʻgʻim, mushak, qon Tomirlar, yurak, koʻz, quloq, ichki aʼzolar va nerv tizimi zararlanishi mumkin. Bu davrda bemor atrofdagilar uchun oʻta xavfli hisoblanadi.

Ikkinchi davr boshida paydo boʻlgan toshma hech qanday davo qilinmasa ham, bir qancha vaqtdan keyin butunlay yoʻqolib ketadi; bemor oʻzini sogʻlom sezib, hech narsadan shikoyat qilmaydi, lekin bu bemorning dardi aridi va u atrofdagilarga kasallik yuqtirmaydi degan gap emas. Bu faqat zaxmning latent yoki yashirin davri, xolos. Bemor qunt bilan davolansa, sogʻayib ketadi. Davo qilmay qoʻysa, kasallik toʻsatdan qaytalanib (retsidiv), ikkinchi davrning hamma belgilari namoyon boʻladi va bir qancha vaqtdan keyin ular yana yoʻqoladi. Bu jarayon bir necha marta takrorlanishi mumkin. 

Har galgi qaytalanish oldingisidan faqat kam toshma toshishi bilan farq qiladi. Bemor shifokor aytganlarini qilmasa, spirtli ichimliklar isteʼmol qilsa, taxm. 3-5 yildan keyin ikkinchi davr zaxmning oxirgi, uchinchi davriga oʻtadi: olcha danagidek doʻmboqchalar yoki tuxumdek, baʼzan undan kattaroq gummapar paydo boʻlib, toʻqimalarni yemiradi, yaraga aylanadi va chandiqlanib bitadi. Kasallik oqibati gummapar oʻrnashgan joyga bogʻliq. Miya, yurak, tomir, jigar kabi hayot uchun muhim aʼzolar zararlansa, bemor hayoti xavf ostida qoladi; yuz zararlangan boʻlsa, burun skeleti yemirilib, bemor badbashara, burni egarsimon boʻlib qoladi. Harakat, koʻruv, eshituv aʼzolari, nerv tizimining zararlanishi kishini umrbod mayib qilib qoʻyadi.

Zaxm hamma vaqt ham uchinchi davrga oʻtavermaydi. Bemor kasallikning birinchi davrida davolana boshlasa, ikkinchi davri paydo boʻlmay tuzalib ketadi. Bemor vaqtida davolanmay, kasalligini oʻtkazib yuborsa, zaxmning uchala davri birin-ketin roʻy beradi. Zaxmning birinchi davridayoq nerv tizimi zararlanadi, lekin bu uchinchi davrda juda ogʻir oʻtadi – orqa miya soʻxtasi va avj oluvchi falajga sabab boʻladi; bunda yangi davo vositalari ham bemorga foyda bermay qoʻyadi.

Kasal ona davolash kursini toʻliq oʻtmagan boʻlsa, zaxm bolasiga oʻtishi mumkin. Ayolning boʻyida boʻlishidan oldin yoki homiladorlik davrida erkak unga kasallik yuqtirganda ham kasallik bolaga oʻtadi. Bu irsiy emas, tugʻma zaxmdir. Kasallik ayolning farzand koʻrmasligiga sabab boʻlmaydi, biroq homilador zaxm bilan ogʻrib davolanmasa, odatda, homiladorlikning 4—5 oyida bolasi tushadi yoki dard bolaning chala (7-8 oyligida) majruh, baʼzan oʻlik tugʻilishiga sabab boʻladi. Zaxm belgilari yoʻqligi uchun uning yashirin davrini oʻtayotgan ona oʻzini sogʻlom his qiladi va, koʻpincha, dardi juda ogʻir, zaxm bilan kasallangan bola tugadi. Yetuk tugʻilgan bolada birinchi kunlari yoki birinchi oy oxiri yoxud ikkinchi oy boshida tugʻma zaxm belgilari namoyon boʻladi. 

Suyaklar zararlanishi qattiq ogʻriqqa sabab boʻlib, bola uxlay olmaydi va yigʻlayveradi; badaniga dogʻga oʻxshash va tugunsimon juda koʻp toshma toshadi; koʻpincha, ichki aʼzolar, nerv tizimi va sezgi aʼzolari zararlanadi. Kechikkan tugʻma zaxm, odatda, bola 5 yoshdan balogʻatga yetguncha roʻy berishi mumkin. Davolanmagan yoki chala davolangan bolalardagina kechikkan tugʻma zaxm hayot uchun xavflidir.

Zaxm davosi

Bemor shifokor aytganlarini qilib, qunt bilan uzoq davolanishi kerak. Zaxm davrlariga qarab maxsus davo tadbirlari belgilanadi, zaxmga qarshi dorilar buyuriladi. Bemorlar venerologiya dispanserlarida hisobga olinib, muntazam tekshirib turiladi. Kasalligini yashirib, davolanmay yurgan yoki davoni toʻxtatib qoʻygan bemorlar qonun yoʻli bilan majburiy davolanadi.

Oldini olish

Dispanserlar zaxm bilan ogʻrigan bemor oila aʼzolarini, u bilan jinsiy aloqada boʻlgan kishilarni tekshiradi, bemor kimdan kasallik yuqtirganini aniqlaydi va kasallikning tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik tadbirlarini koʻradi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.