Zardob kasalligi

Zardob kasalligi – davolash yoki maxsus – seroprofilaktika maqsadida odam organizmiga begona oqsil (hayvonlarning immun zardoblari) yuborilganda roʻy beradigan allergik reaksiya.

Ilgari tegishli zardob (masalan, qoqshol yoki difteriyaga qarshi zardob) qabul qilmagan kishilarda ushbu zardoblardan biri yuborilgandan keyin, odatda, 8-12 kun oʻtgach, baʼzan esa bir necha dakikadan soʻng zardob kasalligining belgilari paydo boʻladi.

Avval ukol qilingan joy va uning atrofiga, keyin butun badanga eshakemita oʻxshash toshma toshadi, qilishadi, bemor isitmalaydi, ukol oʻrni atrofidagi, soʻngra boshqa limfa tugunlari kattalashadi, boʻgʻimlar, bosh va yurak sohasida ogʻriq paydo boʻladi, baʼzan bosh miya shikastlanishiga xos oʻzgarishlar (kollaps, hushsizlik, tirishish va boshqa(lar)), buyrak va boshqa(lar) aʼzolar faoliyatlarining buzilish holatlari kuzatiladi.

Zardob kasalligi bir lahzada oʻtib ketishi yoki bot-bot qoʻzib turishi mumkin. Bemorda paydo boʻlgan oʻzgarishlarga qarab kalsiy preparatlari, ogʻir hollarda esa kortikosteroidlar va boshqa(lar) buyuriladi. Bemor oʻz vaqtida shifokorga koʻrinib, kerakli dori-darmonlarni qabul qilsa, tuzalib ketadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.