Virusli gepatit

Virusli gepatit – oʻtkir yuqumli kasallik; jigar hujayralarining zararlanishi, umumiy intoksikatsiya belgilari, teri va shilliq qavatlarning sargʻayishi, peshobning toʻq sariq yoki “pivo”ga oʻxshash, najasning oqimtir tusga (gilvata rangiga) kirishi, jigar, baʼzan taloqning ham kattalashishi bilan ifodalanadi.

Virusli gepatit deganda bir-biriga oʻxshash olti xil gepatit tushuniladi, bular A, B, C, D, E viruslari qoʻzgʻatadigan kasallikladir. Ular yuqishiga qarab ogʻiz orqali (A, E) va parenteral yoʻl bilan yuqadigan (B,C, D) xillarga ajratiladi. A va Ye virusli geptitlarda viruslar bemorning axlati orqali tashqariga chiqadi. Shu bois axlat, suv, oziovqat mahsulotlari, bemor foydalangan buyum va narsalardan ifloslanish juda xavfli hisoblanadi.

Parenteral yoʻl bilan yuqadigan virusli gepatitlar shpris, igna va boshqa(lar) tibbiy asboblani yetarli zararsizlantirmaslik oqibatida, shuningdek, qon va qon preparatlari kuyish hamda turli tibbiy muolajalar (ginekologik, stomatologik va boshqa(lar)) vaqtida yuqishi mumkin. Virusli gepatitlar davriy kechishi bilan xarakterlanadi, uning yashirin, boshlangʻich, avj olgan, orqaga qaytish va sogʻayish davrlari ajratiladi.

Kasallikning yashirin davri uning turiga qarab har xil: A va E virusli gepatitlarda 7 kundan 60 kungacha, parenteral yoʻl bilan yuqadigan xilarida 2 haftadan b oygacha, baʼzan 1 yilgacha davom etishi mumkin. Virusli gepatitlar yengil, oʻrta va ogʻir, shuningdek, asoratsiz va asoratli, oʻtkir, surunkali hamda vaqt-vaqti bilan qaytalanib turadigan shakllarda kechadi; baʼzan aralash xillari ham kuzatiladi.

Homilador ayollar va bolalarda kasallik ogʻirroq kechadi. Virusli gepatit laning shakli-shamoyili turlicha: grippga oʻxshash, dispeptik, astenovegetativ, artralgik alomatlar, aralash sindromlar bilan hamda ltent (klinik belgisiz). Kasallik grippga oʻxshab boshlanganda bemor toʻsatdan qaltiraydi, eti uvishadi, boshi ogʻriydi, harorati koʻtariladi, aʼzoyi badani qaqshaydi, yoʻtaladi va h. k.

Dispeptik alomatlar bilan boshlanganida bemor koʻngli aynib qusadi, meʼda sohasida biroz ogʻriq boʻladi, baʼzan ichi ketadi; uning mdori qurib, ishtahasi pasayadi, oʻng qovurgʻasi ostida ogʻriq paydo boʻladi. Astenovegegativ alomatlar bilan boshlanganda bemorning boshi aylanadi, ogʻriydi, koʻp terlaydi, oʻta injiq, yigʻloqi boʻlib qoladi.

Virusli gepatit larning boshlangʻich davri qanday sindrom bilan kechishidan qati nazar, shu kasallikka xos 3 belgi kuzatiladi: 1) siydikning pivo rangida boʻlishi; 2) axlat rangining oqarishi; 3) koʻpchilik (deyarli 90 %) hollarda jigarning kattalashishi.

Kasallikning “sariqlik davri” ham oʻziga xos tarzda kechadi. Koʻz oqi sargʻayishi bilan virusli gepatitning avj olgan davri boshlanadi; A shaklida bemor sargʻayishi bilan uning ahvoli ancha yengillashib tuzalinkiraydi. Parenteral yoʻl bilan yuqadigan virusli gepatit larda, ogʻiz orqali yuqadganlariga nisbatan sariqlik davri uzoqroq choʻziladi, bemor tezda tuzalavermaydi, darmni quriydi, koʻngli ayniydi, baʼzi hollarda badani qichiydi (xolestatik xili).

Virusli gepatit larning xiliga qarab uning klinik alomatlari turlicha namoyon boʻlishi mumkin: sariqsiz oʻtadigan shaklida pigment almashinuvi buzilmaganligi sababli bemor sargʻaymadi, siydigi va ahlatining rangi oʻzgarmaydi, qonda bilirubin miqdori meʼyorida boʻladi. Bilinar-bilinmas belgilar bilan oʻtadigan shakli da bemorning koʻzi qisqa muddat sal sargʻayadi, bilirubin miqdori ham tezda oʻz ayoliga keladi. Subklinik shaklida klinik belgilar deyarli kuzatilmaydi, uni faqat lab. tekshiruvlaridan bilish mumkin.

Virusli gepatitning virus tashib yuruvchilik shakli ancha murakkab, u yashirin holda kechib, bora-bora surunkali tus oladi. Kasallikning surunkali xili ancha ogʻir asoratlarga (oʻtkir jigar ensefalopatiyasi, gemorragik, shish-atsitik sindrom va boshqa(lar)) sabab boʻlishi mumkin.

Virusli gepatit tashxisi (diagnozi), asosan, bemordan olingan maʼlumotlar, kasallikka xos alomatlar, qon tahlili va boshqa(lar) asosida qoʻyiladi. Virusli gepatitning boshlangʻich davri dispeptik, kataral va soxta revmatoid sindromlarda kuzatiladigan belgilarga oʻxshab ketganligi bois, uni ana shu kasalliklardan farqlay bilish lozim.

Virusli gepatit larning oldini olishda shaxsiy gigiyena qoidalariga bekamu koʻst amal qilish, kasallikni oʻz vaqtida aniqlab, bemorni kasalxonaga yotqizish va u bilan yaqin boʻlganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish hamda u tutgan idish-tovok va buyumlarni dezinfeksiya qilish muhim.

Kasalxonadan chiqqan bemorlar maʼlum muddat dispanser nazoratida boʻlishlari lozim. Kasallikning oldini olish maqsadida A va B gepatitlarga qarshi vaksinatsiya qilinadi (emlanadi). U yangi tugʻilgan chaqaloqlarga, 2-marta esa 1 oyligida teri ostiga yuboriladi. Revaksinatsiya bola b oyligida oʻtkaziladi.

Emlash natijasida 95 % bolalarda kasallikka qarshi immunitet paydo boʻladi; epidemiologik jarayonlarga qarab kattalarga ham vaksina yuboriladi, u birinchi bor qilingandan keyin oradan 1 oy va b oy oʻtgach qayta emlanadi. Emlash natijasida immunitet paydo boʻlib, u 15-20 y. gacha saqlanadi va kasallik tarqalshining oldini oladi, virus tashuvchilik himoyalanadi.

Oldini olish maqsadida bolalarga gammaglobulin (normal immunoglobulin)dan ukol qilinadi.

Davolash, asosan, bemorning umumiy ahvoli va kasallikning klinik belgilariga qarab olib boriladi; yengilroq xilida deyarli dori-darmonlar berilmaydi, kun tartibi va parhezga rioya qilish tavsiya etiladi. Kasallikning boshqa shakllarida xam parhez va kun tartibiga amal qilishdan tashqari, glyukoza, vitaminlar, tuzli eritmalar, qon hamda plazma va qon oʻrnini bosuvchi suyuqliklar, zarur hollarda gormonlar, antibiotiklar va h. k. buyuriladi. Bemorga vitaminlar, karbonsuvlar, oqsilga boy ovqatlar, shuningdek, turli meva sharbatlari beriladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.