Vibratsiya kasalligi

Vibratsiya kasalligi – kasb kasalliklaridan biri; vibratsiyaning odamga uzoq vaqt taʼsir etishidan kelib chiqadi. Kasallikning kechishi va xarakteri titrash taʼsirotining kuchi va zarbiga bogʻliq; bunday titrash gadaning maʼlum qismiga (masalan, qoʻlga), qisman vibratsiya] va butun organizmga (umumiy vibratsiya) taʼsir etadi. Ayrim kasbdagi kishilar ishlatayotgan qoʻl asboblarining zarbi yoki ulardan toʻgʻri foydalana olmaslik, gavdani notoʻgʻri tutish, sovuq, shovqin va boshqa(lar) vibratsiya kasalligiga sabab boʻlishi mumkin. Kasallikda qoʻl panjasning zirkirab ogʻrishi va toliqishi, sovuqqa taʼsirchanlik, bosh ogʻrigʻi, tez charchash, asabiylashish, yurak-tomir faoliyatida jiddiy oʻzgarishlar va boshqa(lar) kuzatiladi.

Davosi kasallikka sabab boʻlgan omini iloji boricha ertaroq bartaraf etishdan iborat. Turli dori-darmonlar, fizioterapevtik muolajalar, tegishli kurortlarda boʻlish kompleks davolanishning tarkibiga kiradi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.