Venerik kasalliklar

Venerik kasalliklar, tanosil kasalliklari, zuhroviy kasalliklar – jinsiy yoʻl bilan yuqadigan zaxm, soʻzak, yumshoq shankr, trixomonoz, mikoplazmoz, xlamidioz, chov limfogranulematozi, jinsiy aʼzolar sohasi uchugʻi, shuningdek, orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS)ning umumiy nomi. B. k. juda qadimdan maʼlum.

Gippokrat, Sels, Galen va boshqa(lar) asarlarida ham B. k. haqida maʼlumotlar bor. Kam rivojlangan mamlakatlarda aholining ogʻir ahvolda yashashi, ishsizlik, baʼzi ayollarning hech qayerda ishlamay fohishalik bilan shugʻullanishi, Erkaklarning moddiy qiyinchilik tufayli duch kelgan ayollar bilan jinsiy aloqada boʻlishi, alkogolizm, giyohvandlik va boshqa(lar) B. k. ning tarqalishi va koʻpayishiga zamin yaratadi. B. k. (ayniqsa, zaxm, soʻzak va xlamidioz) keng tarqalishi mumkin.

Ular kishilar sogʻligʻiga putur yetkazishdan tashqari, jamiyat uchun ham xavflidir. B. k. vaqtida davolanmasa yoki notoʻgʻri davolansa, kasallik surunkali tus olib, bemor uzoq vaqtgacha ish qobiliyatini yoʻqotadi, koʻpincha, nogiron boʻlib qoladi. Soʻzak boʻlgan erkak yoki ayol uzil-kesil davolanmasa, jinsiy zaif, umrbod bepusht boʻlib qolishi mumkin. B. k. bilan ogʻrigan bemorlarning ichki aʼzolari va markaziy nerv tizimi izdan chiqadi.

Zaxm boʻlgan ayol homilador boʻlib, oʻz vaqtida davolanmasa, bola yo oʻlik yoki zaxm bilan kasallanib, mayib-majruh boʻlib tugʻiladi (tugʻma zaxm). B. k. bilan ogʻrigan bemor oʻz vaqtida teri-tanosil kasalliklari dispanseriga murojaat qilib, mutaxassis shifokor koʻrsatmasi boʻyicha davolansa, albatta, tuzalib ketishi mumkin. Sayoq yurish, ichkilika ruju qilish, tasodifiy jinsiy aloqalarga yoʻl qoʻyish B. k. ning koʻpayishiga sabab boʻladi.

UzR da B. k. ga qarshi kurashish uchun maxsus dispanserlar va boshqa(lar) davolash-profilaktika muassasalari mavjud. Ular kasallikni yuqgiganlarni qidirib topib, davolanishga majbur qiladilar, bu bilan B. k. ning boshqalarga yuqish xavfining oldi olinadi.

B. k. ning oldini olishda homilador ayollar, bolalar muassasalari, oziq-ovqat sohasi xodimlarining belgilangan muddatda shifokor koʻrigidan oʻtib turishlari muhim. Aholi orasida B. k. ning yomon oqibatlari, uning oldini olish va davolatish zarurligi toʻgʻrisida tushuntirish ishlarini olib borish zarur. Bemor oʻzida venerik kasallik borligini bila turib boshqalar bilan jinsiy aloqa qilib, kasallikni yuqgirsa UzR jinoyat qonunlari kodeksiga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.