Urugʻlanish

Urugʻlanish, singamiya – erkaklik jinsiy hujayra (urugʻ hujayra, spermatozoid, spermiy)ning urgʻochi (tuxum) hujayra bilan qoʻshilib, zigota hosil qilishi. Zigotadan yangi organizm rivojlana boshlaydi.

Odam va hayvonlarda urugʻlanishdan oldin otlanish (urugʻ hujayraning urgʻochi hujayra jinsiy yoʻliga tushishi) sodir boʻladi. Urugʻlanishda tuxum hujayra faollashadi, yaʼni tuxum va urugʻ hujayra xromosomalari gaploid toʻplami qoʻshilib, xromosomalar diploid toʻplami hosil boʻladi. Koʻpchlik hayvonlarda urugʻlanish bilan birga rivojlanadigan organizm jinsi ham aniqlanadi. Ota va ona allellarining qoʻshilishi tufayli irsiy omillarning yangi kombinatsiyasi vujudga keladi. Urugʻlanish tufayli tabiiy tanlanish va tur evolyutsiyasi uchun material boʻladigan genetik xilma-xillik kelib chiqadi. Urugʻlanish natijasida tuxum hujayra faollashib, boʻlinish jarayoni (blastomerizatsiya) boshlanadi.

Hayvonlarda urugʻlanishning ikki shakli maʼlum; monospermiyada tuxum hujayraga faqat bitta urugʻ hujayra kirgandan soʻng, boshqa urugʻ hujayralarning kirishi blokada qilinadi. Blokada qilinish mexanizmi tuxum hujayra sirtiga va uning poʻstiga kortikal tanachalarning suyuqlik ajratishi, tuxum plazmolemmasida roʻy beradigan qandaydir oʻzgarishlar bilan yuzaga kelishi mumkin. Monospermiya barcha tashqi urugʻlanish va koʻpchilik ichki urugʻlanish xususiyatiga ega boʻlgan hayvonlar uchun xos; polispermiyada tuxum hujayraga bir necha (bir necha oʻnta) spermatazid kiradi; biroq bunday hollarda ham urgʻochi pronukleus bilan faqat bitga urugʻ hujayra qoʻshiladi. Urugʻlanishning bu xili ichki uruglanadigan ayrim guruh hayvonlar uchun xos boʻlib, evolyutsiya davomida ikkilamchi marta kelib chiqqan. Urugʻlanishning har xil shakllarida gametalarning oʻzaro yaqinlashuvi va qoʻshilishi, asosan, bir xil kechadi. Ayrim hayvonlar tuxum hujayrasi poʻstida spermatozoid kirishi uchun teshikcha – mikropile boʻladi. Koʻpchilik hayvonlar txumhujayrasida mikropile boʻlmaydi. Spermatozoid tuxum hujayraga akrosoma (spermatozoid ichki qismida joylashgan perforator aʼzo) yordamida kirib oladi. Spermatozoid tuxum hujayraga yakinlashganida akrosomdan ajratadigan fermentlar hujayra doʻstini yumshatadi. Spermatozoid akrosomasi yoki uning boshchasi tuxum doʻsti orqali oʻtadi va ikkala gametalar plazmolemmasi qoʻshilib, yagona hujayra – zigota hosil boʻladi.

Odam va sut emizuvchilarning ovulyasyadan oʻtgan tuxum hujayrasi bir necha qavat follikulyar hujayralar bilan oʻralgan. Akrsoma fermenti gialuronidaza follikulyar hujayralarni bogʻlab turadigan shilimshiq moddani yemirib, spermatozoidlarga yoʻl ochib beradi. Gametalar plazmolemasining qoʻshilishi tuxum hujayraning faollashuviga olib keladi. Spermatozoid, odatda, tuxum hujayra sitoplazmasiga toʻliq oʻtadi; baʼzan uning bosh qismi oʻtib, tashqarida qolgan xivchini tushib ketadi. Spermatozoid sentrosomasi atrofida paydo boʻlgan nurlar “urugʻ yulduzi” deyiladi. Urugʻ yulduzi ikkiga boʻlinadi va birinchi boʻlinish (maydalanish) boʻlinish dukining shakllanishida ishtirok etadi. Spermatozoid yadrosi urugʻ yulduzi bilan birga tuxum sitoplazmasida harakatlanib, asta-sekin pufaksimon erkak pronukleusga aylanadi; uning xromatini yoziladi; yadro membranasi mayda pufakchalarga parchalanadi; pronukleus membranasi qaytadan shakllanadi. Bunday oʻzgarishlar tuxum hujayraning yetilib, urgʻochi pronukleus shakllanishi bilan birga boradi. Urgʻochi pronukleus ham tuzumning yuza qismidan uning markaziga koʻnadi. Tuxum hujayrada ikkala pronukleus hujayra markazida (sariqlik sitoplazmada bir tekis tarkalganida) yoki ooplazmaning sariqlik kam boʻlgan qismida bir-biriga duch kelib, koʻshilishadi. Ayrim hayvonlarda ikkala pronukleus oʻzaro qoʻshilib (kariogamiya), yaxlit yadro sinkarion hosil qiladi. Lekin, odatda, ular tuxum boʻlinishi boshlanib, hujayra doʻsti yemirilguncha alohida turadi. Pronukleuslar qoʻshilishi bilan ota va ona gametalarning xromosomalari birinchi boʻlinish – maydalanish dukiga birlashadi. Ota-ona genlarining birlashuvi bilan urugʻlanish jarayoni kiyomiga yetadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.