Uretrit

Uretrit – siydik chiqarish kanali (uretra) ning yalligʻlanishi. Patogen Mikroorganizmlar (trixomonadalar, achitqisimon zamburugʻlar, viruslar va boshqa(lar)), shuningdek, moddalar almashinuvining buzilishi, allergiya, shikastlnishlar sabab boʻladi.

Klinik kechishiga koʻra, oʻtkir va surunkali, qoʻzgʻatuvchisining turiga qarab soʻzakli, trixomonadali, nospetsifik uretritlar farq qilinadi. Aksari erkaklarda uchraydi. Siyganda achishish, ogʻriq paydo boʻladi; uretradan yiringli chiqindi keladi. Uretrit, odatda, jinsiy aloqa qilganda gonokokkdan zararlanish natijasida yuqadi (q. Soʻzak).

Uretraga bakteriyalar (masalan, ichak tayokchasi, streptokokk, pnevmokokk) tushishi, shaxsiy gigiyena koidalarining buzilishi yoki angina, surunkali tonzillit, ogʻiz boʻshligʻi va boshqa(lar) aʼzolardagi yalligʻlanishladan qon va limfa tomirlari orqali uretraga mikrob oʻtishi ham uretritga sabab boʻladi.

Uretritga xos belgilar yuzaga kelishi bilan darhol shifokorga uchrashish lozim, aks holda, yalligʻlanish uretraning orqa qismi va kovukka tarqalib moyak ortigʻi, prostata bezi, urugʻ nufakchasi (q. Jinsiy aʼzolarni ham yalligʻlantiradi, pirovardida bemor bepusht boʻlib qolishi ham mumkin.

Uretritning oldini olish uchun shaxsiy va jinsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, organizmdagi turli yalligʻlanishlar hamda umumiy infeksion kasalliklarni oʻz vaqtida davolatish muhim.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.