Toksoplazmoz

Toksoplazmoz – ichki aʼzo va tizimlar faoliyatini izdan chiqaradigan parazitar kasallik; bir hujayrali sodda hayvon – tosoplazmalar koʻzgʻatadi. Odam, hayvon (choʻchqa, quyon, qoramol, qoʻy, kiyik, tulki, olmaxon, yumronqoziq) va parrandalar (tovuq, oʻrdak, kaptar)da uchraydi. Kasallik manbai, asosan, itlar, mushuklar va toksoplazmoz bilan ogʻrigan bemor hisoblanadi; ular oʻzlarining soʻlagi, siydigi, najasi, sudi, burun shilimshigʻi orqali tashqi muhitga koʻplab kasallik qoʻzgʻatuvchisini tarqatadi.

Toksoplazmalar odamga ovqat mahsulotlari (xom goʻsht, pishirilmagan sut, xom tuxum) orqali, shuningdek, bevosita kasal hayvonlar bilan muloqotda boʻlganda (chorvachilik xoʻjaliklari va goʻsht k-ti xodimlari yoki teriga ishlov beruvchilar) yuqishi mumkin. Uy sharoitida, ayniqsa, ayollar qiyma taʼmini totib koʻrganida ham toksoplazma (oqadi. Toksoplama shilliq pardalar (ogʻiz, burun, koʻz shilliq pardasi) yoki chakalangan teriga tushishi, shuningdek, transmissiv va boshqa(lar) yoʻllar bilan yuqishi mumkin.

Odam organizmiga tushgan toksoplazma qon Tomirlar orqali turli aʼzolar (miya, koʻz, jigar, taloq, yurak va limfa bezlarida tarqaladi va shu aʼzolarning zararlanishiga sabab boʻladi.

Tugʻma va orttirilgan toksoplazmoz farq qilinadi. Tugʻma toksoplazmozda kasallik ona organizmidan qon orqali homilaga oʻtadi. Toksoplazmoz homilaga dastlabki oylarda yuqsa, bola tushadi yoki oʻlik, yoxud majruh boʻlib tugʻiladi.

Orttirilgan toksoplazmoz oʻtkir va surunkali kechadi. Oʻtkir toksoplazmozda bemor isimalaydi, boshi, mushaklari ogʻriydi; limfa bezlari, koʻz, teri, miya qobiqlari va ichki aʼzolariga putur yetadi. Surunkali toksoplazmoz yillab choʻzilishi mumkin. Bunda bemorning harorati yuqori boʻladi, boshi ogʻriydi; quvvatsizlik, asabiylashish kuzatiladi; koʻrish, xotira va ish qobiliyati pasayadi; jigar, taloq va limfa bezlari shishadi; gepatit, miokardit, zotiljam yuzaga kelishi mumkin.

Kasallikning oldini olish uchun kasal uy hayvonlarini aniqlash va ularni ajratib qoʻyish; bolalarni it, mushuk bilan oʻynashlariga yoʻl qoʻymaslik lozim. Isteʼmol qilinadigan goʻsht, sut mahsulotlarini, albatta, yaxshilab pishirish yoki kaynatish kerak.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.