Stomatit

Stomatit [yun. stoma – ogʻiz, itis – yalligʻlanish] – ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining yalligʻlanishi. Stomatit mustaqil kasallik holida kechishi, shuningdek, boshqa kasalliklar (qizamiq, qizilcha, gripp, kandidoz) belgisi boʻlishi mumkin. Yalligʻlanish tilda boʻlsa – glossit, milkda boʻlsa – gingivit deyiladi, bulardan har birining oʻziga xos belgilari bor.

Stomatit moddalar almashinuvi kasalliklari (avitaminoz, diabet), nerv va ichki aʼzolar kasalliklari, vitamin yetishmovchiligi, ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi oqibatida paydo boʻladi. Chekish, spirtli ichimliklarga ruju qilish, juda issiq yoki juda sovuq, nordon va shoʻr ovqatlar yoyish ham stomatitga sabab boʻlishi mumkin.

Ayrim dorilarga nisbatan sezuvchanlik ortganda, xususan, oʻz-oʻzini davolaganda, balogʻatga yetish davrida, aql tish chiqishi qiinlashganda ham S. roʻy beradi.

Stomatit shakllari har xil boʻlishiga qaramay, ularning umumiy oʻxshash belgilari bor: ogʻiz boʻshligʻining shilliq qavati qizaradi, atrofidagi toʻqimalar shishadi, bezillab turadi, jagʻ osti limfa bezlari kattalashadi va boshqa(lar) S. oʻtkir va surunkali kechadi.

Stomatitning kataral, yarali nekrotik va aftoz xillari farq qilinadi. Ayrim dori moddlarining yoqmasligi oqibatida, shuningdek, kimyoviy moddalar taʼsirida medikamentoz S., ogʻiz boʻshligʻi shilliq qavatining oʻtkir ksuvchi narsalar, chirigan tish chekkasi, notoʻgʻri

Qoʻyilgan tish protezidan jarohatlanishi natijasida travmatik S. paydo boʻladi; travmatik S. ning Bednar aftasi (chaqaloqlar atasi) shakli chaqaloqlarda kuzatiladi.

Stomatitning oldini olish uchun chirigan tishlarni va organizmning umumiy kasalliklarini oʻz vaqtida davolash, shilliq qavatning yalligʻlanishiga sabab boʻladigan omillarni bartaraf etish lozim.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.