Sport tibbiyoti

Sport tibbiyoti – tibbiyotning jismoniy mashqlar va sportning odam organizmi, uning ayrim tizimlari va aʼzolariga taʼsirini oʻrganadigan sohasi. Asosiy vazifasi jismoniy mashqlarning organizmga salomalikni mustahkamlaydigan, mehnat qobiliyatini oshiradigan va umrni uzaytiradigan omil sifatidagi taʼsirini oʻrganish hamda jismoniy mashqlar va sport mashgʻulotlarining ratsional usullarini ishlab chiqishdan iborat.

S.t. tibbiyotning mustaqil sohasi sifatida rivojlanadi. U oʻzining oʻrganish usuliga (xususan, organizm va uning ayrim tizimlari hamda aʼzolarning funksional imkoniyatlarini aniqlash sohasida), ilmiy muassasalari va fizkultura hamda sport sohasidagi mutaxassis vrachlarga ega.

Sport tibbiyoti koʻpgina klinik va nazariy tibbiyot fanlari bilan bevosita bogʻlik.

Sport tibbiyoti, asosan, mushak, suyak va boshqa(lar) tizimlarda, shuningdek, ayrim aʼzolarda jismoniy mashqlar va sport bilan shugʻullanish natijasida paydo boʻladigan morfologik oʻzgarishlarni oʻrganadigan funksional dinamik anatomiya, turli aʼzo va tizimlar faoliyatida xar xil sport yuklama (nagruzka)lari chogʻida paydo boʻladigan oʻzgarishlarni oʻrganadigan fizkultura va sport fiziologiyasi; sportchining salomatlgiga va mehnat qobiliyatiga taʼsir qiladigan murakkab biokimyoviy jarayonlarga aloqador maʼlumotlarni qayd qiladigan va umumlashtradigan sport biokimyosi; turli xarakterdagi gigiyenik omillar (kiyim-bosh, poyabzal gigiyenasi, mashqlar oʻtkaziladigan joy, sport ishootlari kurilishlari, sanitariya meʼyorlari va boshqa(lar))ni oʻrganadigan fizkultura va sport gigiyenasi: fizkultura va sport mashgʻulotlari bilan bogʻlik shikastlanishlarning oldini olish va davolash usullarini ishlab chiqadigan sport travmatologiyasi; turli dori vositalarining organizmga taʼsirini oʻrganadigan sport famakologiyasi va boshqalar bilan shugʻullanadi.

Sport tibbiyoti sport mashqlari bilan noratsional shugʻullanish natijasida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan patologik oʻzgarishlarni oʻrganadi va ularning oldini olish choralarini ishlab chiqadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.