Soch toʻkilishi

Soch toʻkilishi – sochning butunlay yoki qisman toʻkilishi. Qarilikda soch toʻkilishi yosh ulgʻayishi bilan terida yuz beradigan oʻzgarishlarga, shuningdek, soch oqarishi kabi normal fiziologik holatga yoki organizmning umumiy qarishiga bogʻlik.

Vaqtdan ilgari soch toʻkilishi turli yoshda kuzatiladi, koʻpincha, biror betoblik alomati boʻlishi mumkin. Baʼzan soqol-moʻylov, qosh va kipriklar, shuningdek, qoʻltiq osti va qov sohasidagi junlar ham toʻkiladi. Soch toʻkilishiga, koʻpincha, seboreya sabab boʻladi.

Bolalarda soch toʻkilishi ogʻir yuqumli kasalliklar (gripp, bezgak, dizenteriya va boshqa(lar)), shuningdek, organizmda vitaminlar (xususan, A, C, B, B6) yetishmasligi, jigar, meʼda-ichak, nerv tizimi, qalqonsimon bez va jinsiy bezlarning surunkali kasalliklari oqibatida roʻy beradi.

Simptomatik soch toʻkilishi ayrim yuqumli kasalliklar, masalan, zaxmda kuzatiladi, bunda soch tanga-tanga boʻlib tushib ketadi; bemor tuzalganidan keyin toʻkilib ketgan soch oʻrniga yana soch chiqadi. Oʻta toliqish, uyqusizlik oqibatida ham soch toʻkilishi mumkin. Koʻpincha, ayollarda soch toʻkilishiga sochin har xil turmaklash, permanent, yaʼni uzoq saqlanadigan jingalak qilish sabab boʻladi. Vaqtdan ilgari s.t. oʻrta yashar erkaklarda uchraydi.

Bunda ikki chakka va tepadagi soch toʻkila boshlab, bir necha yillardan soʻng butunlay qolmaydi yoki boshning chakka qismida qoladi, yaʼni “tepakal” paydo boʻladi. Odatda, “tepakal” tugʻishgan aka-ukalarda uchraydi va nasl soʻradi (tepakallik teri tuzilishining irsiy xususiyatlariga ham bogʻlik).

U uya boʻlib S. t. nerv tizimi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatining buzilishi, shuningdek, organizmning zaharlanishi (chirigan tishlar, tonzillit, gaymorit va boshqa(lar) surunkali oʻchoqli infeksiyalar) sabab boʻladi. Soch toʻkilishi goʻyo toʻsatdan roʻy berganga oʻxshaydi, dastlab 1-2 joydan 20 tiyinlik tangadek kattalikdagi joyda soch toʻkilib, ular kengayib boradi va bir-biriga qoʻshilib, xiylagina joyni egallab oladi, bunda soch butunlay tushib ketadi. Soch toʻkilgan yerdagi teri silliq, yaltiroq, yalligʻlanmagan boʻladi. Sochning bu xilda toʻkilishi, odatda, surunkali kechib, unga davo qilish ancha mushkul boʻladi, hatto davolangandan keyin ham S. t. takrorlanishi mumkin.

Baʼzan soch piyozcha qismining toʻla rivojlanmaganligi tugʻma S. t. ga sabab boʻladi. Ayrim dorilarni surunksiga ichib yurish yoki sochni notoʻgʻri parvarish qilish oqibatida ham S. t. mumkin.

Davo S. t. ning xili va sababiga qarab olib boriladi. Koʻp S. t. ning dastlabki alomatlari paydo boʻlganda darhol shifokorga uchrashish lozim. Soch toʻkilishiga sabab boʻlgan omillar bartaraf etilgandan keyin tuyilgan soch oʻrniga yangisi chiqa boshlaydi. Soch toʻkilishining oldini olish lozim. Spirtli ichimliklar va chekishga ruju kilmaslik tavsiya etiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.