Sizlogʻich

Sizlogʻich, follikulit – tuk, soch xaltchasi ogʻzi (follikul)ning yiringli yalligʻlanishi. Stafilokokklar koʻzgʻatadi. Sizlogʻichga terining tirnalishi va chaqalanishi, organizmda moddalar almashinuvining buzilishi, koʻp terlash va boshqa(lar) sabab boʻladi.

Sizlogʻich terining tukli qismi: yuz, boʻyin, bilak, son va boshqa sohalarda uchraydi. Yuza va chuqur turlari farq qilinadi. Yuza sizlogʻichda mayda, dumaloq, qizil tuguncha hosil boʻlib, atrofi biroz qilishadi. Kasallikning bu turi, odatda, 2-3 kunda yoʻqolib ketadi.

Chuqur sizlogʻichda tugunchalar kattaroq boʻlib, teri qip-qizarib turadi. Shu joy qattiq boʻlib, bezillab ogʻriydi, yoriganida ichidan yiring chiqadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.