Simptom

Simptom [yun. symptome – belgi, alomat] – biror kasallik yoki patologik holatning belgisi. Tibbiyotda nospetsifik (umumiy] – kelib chiqishi turlicha boʻlgan kasalliklarda uchraydigan simptom (masalan, darmonsizlik, tana haroratinig koʻtarilishi) va patologik maʼlum bir kasallikka xos simptom (yaʼni meʼda yarasi yorilib ketganda koʻkrak ostida pichoq sanchgandek ogʻriq turishi), subyektiv (bemordan soʻrab olingan) va obyektiv (bemorni turli yoʻllar bilan tekshirib bilingan) S. lar farqlanadi.

Kasallik boshlanishidan darak beradigan dastlabki (masasalan: zotiljamda koʻkrak kafesida ogʻriq sezilishi) hamda keyingi S. (xoletsititda qorin pardasining yalligʻlanishi) ham boʻladi. Har qanday kasallik S. lar yigʻindisi [sindrom]ga qarab aniqlanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.