Sepsis

Sepsis [yun. sepsis – chirish, irish], qonga mikroblar kirishi, umumiy yiringli infeksiya, qonga yiring tushishi – yiringlatuvchi mikroblarning mahalliy infeksiya oʻchogʻidan qon oqimiga, limfa yoʻllariga, ulardan esa bemorning hamma toʻqima va aʼzolariga tarqalishidan kelib chiqadigan umumiy infeksion kasallik.

Infeksiya tushgan jarohat va turli sohada joylashgan yiringli kasalliklar (chipqon, xoʻppoz, flegmona va boshqalar) sepsis manbai boʻlishi mumkin. Kindikning yiringlashi chaqaloqlar sepsis iga sabab boʻladi. Bachadon boʻshligʻining yiringlashi natijasida tugʻruqdan keyingi sepsis paydo boʻladi.

Odatda, stafilokokk, streptokokk, kamroq pnevmokokk, gonokokk, ichak tayoqchasi va boshqa mikroblar sepsisni koʻzgʻatadi.

Sepsis rivojlanishiga, birinchidan, yiringli jarayonni keltirib chiqargan mikroblar virulentligi (kasallik koʻzgʻatishi)ning yuqoriligi, ikkinchidan, bemorning ozib ketishi, vitamin yetishmasligi va boshqa(lar) kasalliklar oqibatida organizm himoya kuchining pasayib ketishi sabab boʻladi.

Sepsisning eng ogʻir turida mikroblar qoida koʻpayib, uni oʻz zaharli mahsulotlari (tosinlar) bilan zararlaydi, qizil qon hujayralari (eritrotsitlar)ni yemiradi.

Sepsisning bu turida tana harorati 39-40° gala koʻtariladi, bemorning eta uvushadi, bu jiqqa terlash bilan apmashinib turadi. Baʼzan teri sargʻimtir tusga kirib, unga toshmalar toshadi. Sepsisning birmuncha yengil hollarida mikroblar qonda koʻpaymay, qon oqimi bilan turli aʼzo va toʻqimalarga tarqaladi, natijada ularda koʻp sonli yiringli oʻchoklar hosil boʻladi.

Bunday hollarda S. uzoqroq kechib, yiring boylagan joy hosil boʻlayotgan paytda ogʻirlashib, madda yorilgandan soʻng yoki operatsiyadan keyin bir qadar yengillashib turadi.

Kasallik faqat kasalxonada davo qilinadi. Kasallik profilaktikasi har qanday yiringli jarayonda – jarohat yiringlaganda, xasmol, flegmona paydo boʻlganda oʻz vaqtida shifokorga murojaat etishdan iborat. Turmushda shikastlanishlarning oldini olish, mayda shikastlarni, ayniqsa, jarohatlarni oʻz vaqtida davolash zarur.

Chaqaloqni parvarish qilayotgan ona aseptika qoidalariga qatʼiy amal qilishi kerak (q. Antiseptika, Aseptika).

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.