Sekretlar

Sekretlar [lot. secretus – ajratilgan] – bez hujayralari ishlab chiqaradigan va ajratadigan modda. Fiziologik ahamiyatiga koʻra, sekretsiya mahsulotlari inkretlar (gormon) va ekskretlarga boʻlinadi.

Kimyoviy tarkibiga koʻra, koʻpchilik sekretlar oqsil (meʼda-ichak yoʻlidagi va meʼda osti bezi fermentlari), polipeptid (masalan, gipofiz gormonlari), steroid (jinsiy va buyrak usti bezi gormonlari) boʻlishi mumkin.

Shuningdek, sekretlar tarkibiga nooganik birikmalar (meʼda bezlari ishlab chiqaradigan xlorid kislota tuzlari va h. k.) ham kiradi. Sekretlarlar nordon va kislotali reaksiyaga ega boʻladi.

Organizmning normal hayot faoliyati uchun sekretlar muhim ahamiyatga ega.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.