Sassiq tumov — ozena

Sassiq tumov, ozena – burun boʻshligʻining surunkali kasalligi. Sassiq tumov, odatda, burun chigʻanoklari shilliq pardasi va suyak skeletining juda yupqalashib ketishi (atrofiya) va burun shilliq pardasidan ajralib, tezda qasmoqqa aylanuvchi badboʻy quyuq shilimshiq chiqishi bilan kechadi.

Bunda Burundan nafas olish qiyinlashadi, burun va tomoq kuchiydi, yoʻtal paydo boʻladi, hid bilish pasayadi yoki butunlay yoʻqoladi.

Atrofiya koʻz yoshi – burun kanali shilliq pardasiga ham tarqalgani uchun koʻz yoshi xaltachasiga infeksiya kirib, dakriotsistit yuzaga keladi; Yevstaxiy nayi shilliq pardasiga oʻtganda esa otit (q. Quloq) roʻy beradi, jarayon hiqildoq va traxeyaga (q. Nafas) tarqalganda ovoz xirillab chiqib, nafas olish qiyinlashadi.

Kasallik, koʻpincha, bolalar va oʻsmirlarda uchraydi. Bemor, albatta, shifokorga murojaat qilishi shart.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.