Qizilcha

Qizilcha – oʻtkir virusli kasallik; yuqori nafas yoʻllari, koʻz va burun shilliq qavatlarining yalligʻlanishi, teriga turli toshmalar toshishi va limfa bezlarining kattalashishi bilan kechadi. Dastlab qizilchani kizamikdan farq klishmagan, 1881-y. dan u alohida kasallik deb hisoblana boshlandi.

Qizilchani ruboviruslar oilasiga mansub RNK-virusi koʻzgʻatadi. Havo-tochi yoʻli orqali yukadi. Ayniqsa, homiladorlikning dastlabki davrlarida yuqishi xavfli hisoblanadi. Bemor yoʻtalganda, aksirganda, gaplashganda balgʻami, soʻlagi tarkibidagi virus havoga tushadi, soʻngra sogʻlom odamning nafas yoʻllari orqali uning organizmiga kiradi.

Qizilcha barcha yoshdagi kishilarda, asosan, bolalarda uchraydi. Kasallikning inkubatsion (yashirin) davri 14-21 kun. Bolalarda kasallik, asosan, yengil kechadi. Tana harorati biroz koʻtariladi, kizamiqdagiga oʻxshash toshma toshadi, kattaroq yoshdagi bolalarda boʻyin va quloq sohasidagi limfa bezlari kattalashadi, boʻgʻimlar ogʻrishi mumkin. Baʼzan ensefalit va trombotsitopniya rivojlanadi.

Koʻpincha, qizilcha klinik alomatlarsiz kechadi, lekin bunda atrofdagilarga yuqish xavfi saqlanib qoladi. Virus homilador ayolga yuqqanida – tugʻiladigan bola tugʻma yurak porogi, koʻr, kar, mitti, aqli zaif holda tugʻilishi mumkin – bu xastaliklar majmui “tugʻma qizilcha sindromi” deb nomlanadi, ular tugʻma nogiron hisoblanadi.

Bemorni vrach uyda davo daydi. Bolaga tinch va osoyishta sharoit yaratish, yengil hazm boʻladigan ovqatlar berish tavsiya etiladi.

Oldini olish uchun bola 12-15 oylgida (1-bor), keyin b yoshida (2-bor) qizilchaga qarshi vaksina bilan emlanadi. Eng muhimi kasallangan bolani sogʻlom bolalardan oʻz vaqtida ajratib qoʻyish zarur.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.