Qandli diabet

Qandli diabet, qand kasalligi – organizmda insulin tanqisligi va moddalar almashinuvi buzilishi natijasida kelib chiqadigan kasallik. Qand kasalligi sharq xalq tabobat tarixida juda qadimdan maʼlum.

Abu Ali ibn Sino bu dardga alohida eʼtibor beradi. “Suv qanday ichilgan boʻlsa, shu holda chiqadi”, deb yozadi u. Bemorning koʻp suv ichishi boshqa kasalliklarni ham keltirib chiqaradi va bemor juda ozib ketadi. Davolarga toʻxtab tabib: “Bemorga sovuq mizojli suyuqliklar ichir, sovuq jomga sol, nordon ayron ichir, mevalar ber, yalpiz damlab ichir, yaʼni bemorni hoʻlla, sovut”, deydi. Bu – kasallik odam badanida issiqlikning oshib ketishi tufayli paydo boʻlishini bildiradi.

Qand kasalligi tarixiy tibbiy manbalarga koʻra, nasliy boʻlishi ham mumkin. Qandli diabetda qonda qand moddasi keskin koʻpayib, siydik bilan chiqib turadi (tarkibida qand moddasi boʻladi), tashnalik, ozib ketish, quvvatsizlik, badan kichishishi va boshqa(lar) alomatlar kuzatiladi.

Kasallikning irsiy yoki hayotda orttirilgan, shuningdek, insulinga bogʻlik (diabetning 1-turi) va insulinga bogʻlik boʻlmagan (diabetning 2-turi) turi farq qilinadi.

Diabetning 1-turi, koʻpincha, oʻsmirlik yoshida uchraydi. Bunda bemor organizmida meʼda osti bezi hujayralari insulin ishlab chiqara olmaydi va ularni davolashda qand miqdorini pasaytirish maqsadida insulin preparatlari qoʻllanadi.

Qandli diabetning 2-turida meʼda osti bezi orolcha hujayralaridan insulin i. ch. saqlanib qoladi, bunda qon tarkibidagi insulin miqdori meʼyorida yoki undan sal yuqoriroq boʻladi.

Biroq, toʻqimalarning insulinga nisbatan sezgirligi keskin pasayishi tufayli toʻqimalar tomonidan glyukozani oʻzlashtirish hamda foydalanish kamayadi va u qon tarkibida toʻplanib qoladi, natijada qonda qand koʻpayib, siydik bilan chiqib turadi, bemor juda semirib ketadi. Diabetning bu turi bilan, asosan, oʻrta va keksa yoshdagilar kasallanadilar. Kasallik asta-sekin, zimdan rivojlanadi, u boshlanishida ogʻiz qurishi, chanqash, ozish kabi alomatlar yaqqol bilinmaydi.

Bemorni koʻproq holsizlanish, toliqish, tashnalik bezovta qiladi. Qon tarkibidagi glyukoza miqdori yuqori boʻlishiga qaramay, diabetning 2-turida qon tarkibida atseton moddasining ortishi va uning siydikda paydo boʻlishi juda kam kuzatiladi. Bunday bemorlar insulin qabul qilmay yashashlari mumkin. Ularga parhez, jismoniy mashqlar bilan shugʻullanish, qand miqdorini kamaytiruvchi dorilar qabul qilish yaxshi naf beradi.

Qandli diabet – bir umrlik kasallik, uni butun hayot davomida davolash zarur. Toʻla-toʻkis davlanmaydigan va qon tarkibidagi glyukoza miqdori uzoq vaqt yuqori saqlanadigan bemorlarda qandli diabetning tomir asoratlari – diabetga xos angiopatiyalar (makro va mikroangiopatiyalar) namoyon boʻladi.

Bu barcha aʼzolarning (teri, mushaklar, nerv va h. k.) kapillyarlarini shikastlaydi. Diabetga xos mikroangiopatiyalar buyrak, koʻz, oyoq va boshqa(lar) aʼzolarda koʻproq va ertaroq kuzatiladi.

Qandli diabet ateroslerozning rivojlanishi, oʻz navbatida, Yurakning ishemik kasalligi (stnokardiya, miokard infarkti), midda qon aylanishining buzilishi (bosh aylanishi, miya insulti) va h. k. ga olib keladi.

Qandli diabetning har ikkala turida ham davolashdan asosiy maqsad iloji boricha qondagi qand miqdorini sogʻlom kishilardagi koʻrsatkichga yaqinlashtirish, yaʼni kompensatsiya holatiga erishishdir. Qondagi qand miqdorini meʼyorida saqlab turishning asosiy yoʻli qondagi glyukozani iloji boricha tez-tez aniqlash; bunday nazorat qandli diabetning insulinga bogʻlik 1-turida juda zarur.

Uy sharoitida mustaqil holda qondagi glyukoza miqdorini aniqlashda maxsus reaktiv kogʻozlardan foydalanish mumkin. Buning uchun ukol igna yordamida barmoqdan bir tomchi qon reaktiv qogʻozga olinadi (qon qogʻozni bir chetidagi chiziqchalarga tushiriladi). Bir daqiqadan soʻng qonidagi qon paxta bilan atib tashlanadi va yana bir daqiqa oʻtgach, reaktiv qogʻoz rangi shkala bilan solishtiriladi.

Rangi eng yaqin boʻlgan shkala koʻrsatkichi shu qondagi glyukoza miqdorini mmol/l (mg %) da ifodalaydi. Xuddi shunday usulda uy sharoitida siydikdagi qand miqdorini ham bemorlarning oʻzlari mustaqil maxsus reaktiv qogʻozlar yordamida aniqlashlari mumkin. Agarda qonda yoki siydikda glyukoza miqdori baland boʻlsa, darhol tegishli davo muolajalarini amalga oshirish lozim. Bulardan tashqari, bemorlar tana vaznlarini ham haftada bir marotaba nazorat qilishlari hamda uni oʻz boʻyi, yoshi va kasbiga mos boʻlgan meʼyorda saqlab turishlari kerak.

Qandli diabetda davo har bir bemorning umumiy ahvoli, kasallik alomatlari, qon, siydik tahlili va boshqa(lar)ga qarab tayinlanadi, u bosqima-boskich olib boriladi. Davolanish muddati kasallikning ogʻir-yengilligi, oʻtkazib yuborilgan yoki yangiligi va turiga bogʻliq. QAYDSIZ diabet – neyro-endokrin kasallik; asosan, gipotalamus va gipofiz faoliyatining buzilishidan kelib chiqadi. Kasallik 17-a. da aniqlangan, ammo, qandli diabetdan farqlay olmaganliklari sababli, unga alohida dard sifatida qarashmagan.

Qandli diabet birinchi boʻlib ingliz olimi T. Uillis tomonidan aniqlandi (1674-y.). U qandli diabetga chalingan bemorlar siydigini tekshirib, qandli diabetdan farqli ravishda ularning siydigi tarkibida qand moddasini topmagan va bu kasallikni qaydsiz diabet deb atagan. Kasallik, asosan, yosh erkak va ayollarda, qisman bolalarda ham kuzatiladi. Qandli diabetga xos alomatlar toʻsatdan boshlanadi, bemor koʻp siyadi (poliuriya), juda chanqaydi va koʻp suyuqlik ichadi (polidipsiya), ogʻzi kuriydi. Kasallikning bu belgilari tez orada zoʻrayadi, bemor bezovtalanadi, asabilashadi. Dard avjiga chiqqan davrda 1 kunda ajraladigan siydik miqdori nihoyatda oshib ketishi mumkin. Bolalarda bu kasallik kechasi siyib qoʻyish (enurez) bilan boshlanadi.

Tez orada bemor ancha ozadi, organizmida minerallar almashinuvi buzilishi natijasida terisi kurukshab qoladi, sonlari sinuvchan, tez-tez toʻkiladigan, tirnoqlari moʻrt va uvalanadigan boʻlib qoladi. Koʻp miqdorda suv ichish ovqat hazm qilish tizimiga noxush taʼsir koʻrsatadi. Meʼdaning hazm fermentlari i. ch. faoliyati izdan chiqib, surunkali gastrit, oʻt pufagi sekretar faoliyati buzilishi, ingichka va yoʻgʻon ichaklar harakatining izdan chiqishi, shilliq kavatlarga putur yetishi, doimiy qabziyat va boshqa(lar) kelib chiqadi.

Haddan ziyod koʻp suv ichish meʼda devorining choʻzilib, hajmi kattalashishga va meʼdaning pastga tushishiga olib keladi, bu meʼda atrofidagi aʼzolar faoliyatiga ham taʼsir qiladi. Ayollarda hayz koʻrishning buzilishiga, erkaklarda jinsiy maylning susayishiga, bolalarda esa oʻsish va rivojlnishdan orqada qolish, jinsiy va jismoniy rivojlanishning kechikishi kabi holatlarga olib keladi. Kasallik uzoq davom etadi, koʻpincha, uning rivojlanishi bosh miya jarohati va undagi jarrohlik amaliyotlaridan soʻng, bakterial meningit, virusli ensefalit, zaxm, bosh miya oʻsmalari bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Kasallikka bemorning shikoyatlari, siydik tahlili, nevrologik, oftalmologik, rentgenologik va gipofizning kompyuter va magnit-rezonansli tomografiya natijalariga asoslangan holda diagnoz qoʻyiladi. Oldini olish uchun kasallikning birinchi belgilari boshlanishi bilan endokrinologga murojaat etish va uning koʻrsatmalariga qatʼiy rioya qilish lozim. Kasallik oʻz vaqtida davolansa, bemor butunlay sogʻayib ketishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте, как обрабатываются ваши данные комментариев.

free xxx voids 24pornload.com sexy hot film
telugu.xxx hot-sex-porno.com tamil girls sex video
naked girld hdxxxvideo.mobi bajkul college
hill palace sobazo.com ninja 300 price
asam xxx redwap2.com x mastar
arab porn star pornowap.mobi hd tamil sex video
sexvid.xxx erotikturkporno.com chamiya reloaded
voyeur-villa pormhub.net swallowed.com
rep xnxx ounoun.com xvideos live
bangalivideo indianlust.mobi office girl fuck video
bilu sexy film redwap.me xvideos.com indian
www.sex videos.com indianhomevideo.net bf video bihar
porn hot movie best-pornos.com pornhub indian teen
xxx indian actress images noodporn.com kannada sex com
tuob8 indianhardcore.info www.south sex.com