Qalqonsimon bez

Qalqonsimon bez – odam va hayvonlarning ichki sekretsiya bezi. Qalqonsimon bezning rivojlanishi xomilalik davrida boshlanib, bola 1 yoshga yetganda uning vazni 1-2 g ni tashkil etadi, oʻsish jarayonida u kattalashib 15-20 g gacha yetadi.

Q.B embrion jabra xaltachasi epteliysidan rivojlanadi. Qalqonsimon bez odam embrioni taraqqiyotining 8-9-oyida toʻliq shakllanib, gormon ajrata boshlaydi, u boʻynida, hiqildoq togʻaylari sohasida joylashgan; 2 palla va boʻyinchadan iborat. Qalqonsimon bezni bir juft yuqori va bir juft pastki arteriyalar qon bilan taʼminlaydi, simpatik va parasimpatik nerv tolalari innervatsiya qiladi.

U organizmda modda va energiya almashinuvi boshqarilishida ishtirok etuvchi yodli gormon tiroksin (T4), triyodtronin (T,) va tireokalsitonin ishlab chiqaradi. Qalqonsimon bez faoliyatini markaziy nerv tizimi, faoliyatini esa gipofiz bezi boshqaradi.

Gipofizning tireotrop gormoni Q. b. faoliyati va rivojlanishini kuchaytiradi. Organizmda Q. b. ning ahamiyati juda katta, u bosh miya faoliyati, moddalar almashinuvi, suyak oʻsishi, immun tizimlar, jismoniy va aqliy rivojlanish, jinsiy yetilish jarayonlari, adaptatsiya va boshqa(lar) reaksiyalarni taʼminlaydi. Bu bez faoliyatining buzilishi buqoq, gipotireoz, gipertireoz va boshqa(lar) kasalliklarga olib keladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.