Parametrit

Parametrit [para… – atrofida va yun. metra – bachadon] – bachadon atrofidagi yogʻ toʻqimasi (kletchatka) ning yalligʻlanishi. Yiring hosil qiluvchi mikroblar (asosan, streptokokk, stafilokokk, ichak tayokchasi) koʻzgʻatadi.

Parametritga, koʻpincha, nojoʻya qilingan abort, tugʻruqning noraso kechishi tufayli jinsiy aʼzolarning zararlanishi, baʼzan qovuq hamda ichaklarning surunkali kasalliklari va boshqa(lar) sabab boʻladi. Parametritning oʻtkir va surunkali shakli farq qilinadi.

Parametritda tana harorati koʻtariladi, et uvishib, qorin pasti ogʻriydi, bemor darmonsizlanadi. Qin orqali tekshirib infiltrat paydo boʻlganligini aniqlash mumkin. Baʼzan infiltrat yirinlasa, yiring kovukka, toʻgʻri ichak yoki qorin boʻshligiga teshib oʻtishi ham mumkin.

Shu bois oʻtkir P. da darhol shifokorga murojaat etish kerak, aks holda, yiringli P. paydo boʻlib, yiring qoʻshni aʼzo va toʻqimalarga, hatto qonga oʻtishi mumkin.

Parametritning oldini olish uchun asosiy abort, ayniqsa, yashirin abortdan saqlanish, homiladorlikni toʻxtatish zarur boʻlsa, faqat statsionar sharoitda amalga oshirish lozim. Parametritning oʻtkir shaklida bemor oʻrinda yotishi tavsiya etiladi, antibiotiklar, yalligʻlanishga qarshi dorilar buyuriladi; surunkalisida fizioterapevtik muolajalar, kurortlarda davolanish maqsadga muvofiq; yiringlash hollarida xirurgik usul qoʻllanadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.