Oyoq

Oyoq – tayanch va harakat aʼzosi. Hayvonlarda oyoqning vujudga kelishi va tuzilishi turlicha boʻlsa ham, bajaradigan vazifasi oʻxshash. Koʻp tukli halkali chuvalchanglarni juda sodda tuzilgan juft oyogʻi mushakli, kalta, lekin serharakatdir.

Xordali hayvonlar oyogʻi toq va juft boʻladi. Quruqlikda yashaydigan barcha umurtqali hayvonlarda toq oyoqlilar boʻlmaydi, biroq ular suvda yashashga oʻtsa, toq oyoqlilar (suzgich qanotlar) qayta vujudga kelishi mumkin (masalan, ixtiozavrlar, kitlarda). Toq oyoqlilar tufayli hayvon suvda muvozanatini saqlaydi, oldinga harakat qiladi va, asosan, oʻzini-oʻzi boshqaradi. Juft oyoqlilar dastlab baliqlarda paydo boʻlgan, u suvga shoʻngʻish yoki koʻtarilishni boshqaradi va muvozanatni saqlaydi.

Har bir oyoq mushaklar yordamida harakalanuvchi va bir-biri bilan tutashgan togʻayli yoki suyakli skeletdan iborat. Quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlarning oyoqlari 3 boʻlimdan tashkil topgan; oyoq kamari bilan tutashuvchi yelka (oldinda) yoki son (orqada), bilak (oldinda) yoki boldir (orqada) va panja (oldinda) yoki pay (orqada).

Evolyutsiya jarayonida juft oyoqlilar koʻp oʻzgarishlarga uchragan. Uchar kaltakesaklar, qushlar va koʻrshapalaklarda uchishning taraqqiy etishi tufayli oldingi O. qanotga, dengiz kaltakesaklari, kitsimonlar, kurakoyoqli sut emizuvchilarniki kurakka aylangan va h. k. Baʼzan hayvonlarning oldingi oyoqlari kovlashga (krotda), ayrimlariniki ushlashga (maymularda) moslashgan. Funksional ahamiyati kamayishi sababli ayrim hollarda juft O. yoʻq boʻlib ketgan (masalan, ilonbaliqlarning qorin suzgich qanoti, kitsimonlar va sirenalarning orqa oyoqlari, oyoqsiz amfibiyalar hamda barcha ilonlarning ikkala juft oyoqlari va h. k.).

Odamda O. suyaklari va mushaklari tanvin koʻtarib turishga va turli hamda murakkab harakatlarni bajarishga moslashgan. Shu bois oyoqlar relyefining qoʻlga nisbatan oʻziga xos boʻlishida oyoq suyaklari, mushaklari ahamiyatga ega. Oyoq dumba, son, boldir va oyoq kaftidan iborat. Dumba sohasining hajmi katta, boʻrtgan. Son hajmi oʻrtasidan torayib borgan. Tizza qismi oldinga boʻrtgan, orqa sohasida tizza osti chuqurchasi joylashgan. Boldir sohasining orqa qismi mushak hisobiga boʻrtib, pastga tomon asta kamayib boradi. Oyoq kafti koʻndalang joylashgan, pastki yuzasi yoy shaklida boʻlgani uchun harakat osonlashadi.

Oyoqning relyefi yosh, jins va odam komatiga qarab turlicha boʻladi.

Oyoq panjasi kaft oldi, kaft va bamoqlardan tashkil topgan. Juda koʻp pishiq boylamlar va koʻplab mushaklar paylari bilan yaxlitlashgan kaft oldi suyaklari yuqorida boʻrtib chiqqan gumbaz hosil qiladi. Oyoq panjasi boylamlari va mushagining zaiflashishi panjaning yassilanishiga sabab boʻladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.