Ovqatlanish gigiyenasi

Ovqatlanish gigiyenasi – gigiyenning bir tarmogʻi, sogʻlom odamning toʻgʻri va bekamu koʻst ovqatlanish muammolarini oʻrganadigan fan. Uning mustaqil boʻlimi – diyetlogiya bemorlar ovqatini oʻrganadi va parhez ovqatlar tarkibini ishlab chiqadi. Goʻdaklik davridagi ovqatlanishni oʻrganish ham ovqatlanish gigiyenasining mustaqil boʻlimidir. Ovqatlanish gigiyenasi odamning ovqatlanishini jins, yosh, kasb, mehnat xarakteri, jismoniy zoʻriqish, iqlim sharoiti, milliy va boshqa(lar) xususiyatlari, turli hududlardagi aholi ovqatining miqdori va sifat tmonlariga bogʻlab oʻrganadi va kishilarning mehnat sharoitiga qarab oziq moddalarga ehtiyojini belgilab beradi.

I. ch. korxonalarining jamoalari, maktablardagi, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va boshqa(lar) muassasalarning bolalar jamoalari uchun ratsional ovqat ishlab chiqish, umumiy ovqatlanish va ovqat sanoati korxonalarida oziq-ovqat masalliqlarni! zararli moddalar qoʻshilishidan saqlashga doir taʼsirli sanitariya nazorati usullarini ishlab chiqish, ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar va intosikatsiyalariit oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish, ovqat sanoati, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarini loyihalash, qurish va ishga tushirishni profilaktik sanitariya nazoratiga olish, yangi sanoat tovarlarining vaqtincha texnika shartlari va davlat andazsiga mos ishlab chiqishda qatnashish ovqatlanish gigiyenasining amaliy vazifalaridir.

Ovqatlanish gigiyenasi oʻz tadqiqotlarida kimyo, mikrobiologiya, fiziologiya, stomatologiya, iqlimilunolik va boshqa(lar) fanlarning ilmiy maʼlumotlariga tayanadi.

UzRda ovqatlanish gigiyenasi sohasidagi ilmiy tekshirish larni respublika diyetologiya markazi, Toshkent tibbiyot akademiyasining ovqatlanish gigiyenasi kafedralari, shuningdek, sanitariya-gigiyena ilmiy tekshirish in-ti, lab. lari va boʻlimlari, don, goʻsht va sut, konserva va sabzavot quritish, konditer sanoati va boshqa(lar)ning nazorat tarmoqlari olib boradi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.