Ovoz boylami

Ovoz boylami – dumsiz amfibiyalar, baʼzi sudralib yuruvchilar, koʻpchilik sut emizuchilar va Odamda hiqildoq yon devorining ichki yuzasidan burchak boʻlib chiqadigan ikkita burma.

Fibroz-elastik toʻqimadan tuzilgan boʻlib, shilliq parda bilan qoplangan. Bu haqiqiy ovoz boylami dir. Baʼzi sut emizuvchilar va Odamda haqiqiy ovoz boylamidan biroz yukorirokda soxta ovoz boylami ham boʻlib, u ovoz hosil boʻlishida katnashmaydi.

Odamda haqiqiy ovoz boylami – mushak toʻqimasi va biriktiruvchi toʻqimadan tuzilgan juft boylamdir. Tovush hosil boʻlishida qatnashadi, shuningdek, nafas yoʻllarini yot jismlar tushishidan saqlaydi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.