Odat

Odat (psixologiyada) – oʻrganish boʻlib qolgan va muayyan vaziyatda bajarish shaxs uchun ehtiyojga aylangan xatti-harakat. Odat stixiyali tarzda shakllanishi, muayyan tarbiya mahsuli boʻlishi, xarakterning barqaror xususiyatiga aylanishi, avtomatizm belgilariga ega boʻlishi mumkin. Odatning fiziologik asosi, malakaniki kabi, dinamik stereotip, yaʼni bosh miya katta yarim shari poʻstlogʻidagi nerv tizimidir.

Odat faoliyatning turli sohalari (mehnat, oʻquv, sport va boshqalar)da vujudga kelib, inson xatti-hrakatining barcha tomonlari (axloqi, bilish jarayoni, madaniy-maishiy turmushi)ni qamrab oladi. U foydali (masalan, ertalabki gimnastika) va zararli (masalan, chekish) boʻlishi mumkin. Foydali O. shaxsning ijobiy xislatlari shakllanishiga yordam beradi. Masalan, mehnat odati mehnatsevarlikni rivojlantiradi.

Aksincha, zararli O. lar salbiy xususiyatlarni keltirib chiqaradi. Masalan, vaqtni behuda oʻtkazishdan dangasalik, ishni oxiriga yetkazmaslikdan irodasizlik kelib chiqadi. O. tusini olgan xatti-harakatlar kishiga mustahkam singib, uning tabiatiga – fazilati yoki illatiga aylanadi. Yoshlikdan ijobiy O. larni tarkib toptirib, salbiylariga qarshi kurashish talim-tarbiyaning muhim vazifasidir.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.