Odam

Odam – barcha jonzodlarning eng yuqori pogʻonasida turadigan mavjudot, ijtimoiy jarayonlar subyekti. Odam ijtimoiy mehnat asosida shakllangan tafakkur va nutqqa ega boʻlishi, mehnat qurollari yasashi va atrof muhitga faol taʼsir koʻrsata olishi bilan boshqa tirik mavjudotlardan farq qiladi. Odamni antropologiya fani oʻrganadi.

Odamning hayvonlardan farqi. Zoologiya sistemasiga koʻra, Hozirgi ongli odam (Nosho sapiens) turi xordalilar tili, sut emizuvchlar sinfi, primatlar turqumiga kiritiladi. Bosh miyasining yirikligi, tirnoqlarining yassi boʻlishi, bosh barmoqlarining boshqa barmoqlari qarama-qarshi qoʻyilishi, skelet va aʼzolarning tuzilishi, ona qornida rivojlanishi, rudiment va atavistik belgilarning oʻxshashligiga binoan, odam odamsimon maymunlar oilasiga kiritiladi. Bundan tashqari, odam bilan odamsimon maymunlarning kasalliklari va parazitlari ham oʻxshash.

Odam odamsimon maymunlardan oyoqlarining qoʻlga nisbatan uzunligi, umurtqa pogʻonasida boʻyin, koʻkrak, bel, dumgʻaza egiklari va tovon gumbazining boʻlishi, chanoq suyagining kegayganligi, koʻkrak kafasining oldingi tomondan yassilanganligi, oyoq barmoqlarining bir qator joylashganligi va boshqa(lar) morfologik belgilari bilan farq qiladi. Maʼnoli nutqqa ega boʻlishi tufayli odam bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻining nutq bilan bogʻliq qismlari kuchli rivojlanadi; tovush hosil qiluvchi apparat odam uchun oʻziga xos tuzilishga ega. Bosh skeleti miya qismining yuz qismiga nisbatan yirik boʻlishi, tanasida junlarning yoʻqolib ketishi ham odam uchun xos belgi hisoblanadi.

Odamning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi toʻgʻrisida turli fikrlar va nzariyalar mavjud. Odam bilan bogʻlik qad. rivoyalar va qad. diniy kitoblarga koʻra, Odamato va Momohavo Yer yuzidagi dastlabki odamlar boʻlgan. Zardushtiylik dinida odam tabiatning bir boʻlagi, unda vujudga kelgan va yana unga qaytadi deyiladi. Islom diniga koʻra, xudo “oʻzining eng erka va erkin bandasini tiriklik olamiga sardor qilib yuborgan”, yaʼni odamni loydan oʻzining yerdagi oʻrinbosari (xlifasi) sifatida yaratib, unga oʻz ruhidan jon ato etgan, unga aql-idrok bergan. Tabiiyot fanlarining rivojlanishi bilan odamning paydo boʻlishi toʻgʻrisida ilmiy fikrlar paydo boʻla boshladi.

Fransuz olimi J. Lamark birinchi boʻlib odamning paydo boʻlishini umumiy tarzda tushuntirib berdi. Uning fikricha, odam daraxda yashashdan yerda yurishga oʻtgan maymunsimon ajdodlardan kelib chiqqan. Ingliz olimi Ch. Darvin odamning paydo boʻlishi muammosini evolyutsion nuqtayi nazardan talqin qilib, odam bilan odamsimon maymunlar uzoq umumiy ajdodga ega ekanligini koʻrsatib berdi. Uning fikricha, antropogenezda ham biologik omillar, yaʼni yashash uchun kurash, irsiy oʻzgaruvchanlik va tabiiy tanlanish amal qiladi. Lekin, koʻpchilik olimlarning fikricha, antropogenezda biologik omillar bilan bir qatorda ijtimoiy omillar (ijtimoiy hayot, ijtimoiy mehnat), ayniqsa, uning soʻnggi bosqichlarida katta ahamiyatga ega boʻlgan.

Tik yurishga oʻtish odam evolyutsiyasida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi, chunki tik yurish tufayli qoʻllar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, mehnat qurollari yasab, uni ishlatadigan aʼzoga aylangan. Mehnat qurollarining paydo boʻlishi esa odam tafakkurini kengaytirgan, uning tabiatga qaramligini kamaytirgan. Mehnat faoliyatining rivojlanishi bilan antropogenezda biologik omillar taʼsiri kamayib, ijtimoiy omillar ahamiyati orta borgan.

Antropogenezda ijtimoiy hayot katta ahamiyatga ega boʻlgan. Odam ajdodlari azaldan toʻda boʻlib yashashgan. Qoʻl mehnat aʼzosiga aylana borishi bilan ular jamoa boʻlib yashashga oʻtishgan, yaʼni birgalikda ovga chiqishgan, oʻzlarini himoya qilishgan; bolalarini tarbiyalashgan, ularga hunar oʻrgatishgan.

Olovning kashf qilinishi, ovqatni pishirib yeyilishi odam jagʻ suyaklari va chaynash mushaklari vaznni kamaytirib, jagʻlarning harakatlanishini osonlashtirgan, nutqning rivojlanishi uchun imkon yaratgan. Maʼnoli nutqning paydo boʻlishi esa odam tafakkurini kengaytirgan; odamlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning tezlashuviga olib kelgan. Bu jarayonlar tufayli, bosh miyaning vazni, katta yarim sharlar poʻstloq qismining sathi ortgan, natijada ong, tafakkur va nutq rivojlangan. Taxminlarga koʻra, dastlabki odamlar bundan 1-2 mln. yil ilgari, hozirgi odam bundan 40 ming yil ilgari paydo boʻlgan. 

Odam evolyutsiyasining asosiy yoʻnalishlari. Mezozoy erasida hasharotxoʻrlar orasidan parapiteklar (maymunsimon hayvonlar) ajralib chiqqan. Ulardan keyinchalik yarim maymunlar, maymunlar va driopiteklar (daraxtda yashovchi maymunlar) kelib chiqqan. Iqlim sovib, oʻrmonlarning siyraklashib borishi bilan driopiteklar yerda yashashga oʻtishgan.

Odam paydo boʻlishining 1-bosqichi maymunsimon hayvonlarning 2 oyoqda yurishga oʻtishidan iborat. Bu bosqichda oldingi oyoqlar tayanch vazifasidan ozod boʻlib, qoʻlga aylangan. Xuddi shu yoʻl bilan avstralopiteklar (jan. maymunlar) kelib chiqqan. Ular bundan 3-5 mln. yil ilgari Jan. va Sharqiy Afrika hamda Jan. Osiyoda yashagan. Antropogenezning 2-bosqichi ongli ravishda mehnat quroli yasashga oʻtishdan iborat. Eng qad. odam pitekantroplar (maymun odam lar) bundan 1 mln. yil avval yashagan. Ular skeleti qoldiqlari Yava oroli, Afrika va Jan. Yevropadan topilgan. Pitekantroplar toʻda boʻlib, gʻorlarda yashashgan; juda sodda tosh qurollar yasashgan; olovdan foydalanishgan. Ulardan keyinroq yashagan sinantroplar (xitoy olami) va neandertallar tosh va suyakdan qurol yasashni bilishgan, hayvon terisini yopinib yurishgan. Ularning bosh miyasi pitekantroplarga nisbatan yirikrok boʻlgan. Neandertallar skeleti qoldiqlari dastlab Germaniyaning Neandetal daryosi yaqinidan, keyinchalik Afrika,

Osiyodan, jumladan, Surxondaryo vodiysidagi Teshiktosh gʻoridan topilgan. Neandertallar bundan 150 ming yil avval taxm. 100 kishidan iborat guruh boʻlib, gʻorlarda yashashgan. Eng soʻnggi neandertallar bundan 28 ming yil ilgari hozirgi odamlar orasida yashagan. Ular imo-ishoralar va oddiy soʻzlar yordamida muloqot qilishgan; tosh, suyak va yogʻochdan mehnat qurollari yasashgan. Neandertallar orasida dastlabki mehnat taqsimoti paydo boʻlgan, deb taxmin qilinadi.

Hoz. odamlar (kromanyonlar)ning dastlabki vakillari bundan 30-40 ming yil avval paydo boʻlgan. Ular dastlab Fransiya jan. dagi Kro-Manyon qishlogʻidagi gʻordan topilgan. Kromanyonlar boʻyining balandligi (180 sm), miya qutisi hajmining kattaligi (160 sm3), peshonasining keng va tik boʻlishi, qosh usti boʻrtigʻining boʻlmasligi, iyagining rivojlaganligi bilan sinantrop va pitekantroplardan farq qiladi. Ular urugʻ va jamoa boʻlib yashagan; boshpana qurishni, hayvonlar terisidan kiyim tikishni bilishgan; nutqi rivojlangan. Kromanyonlar Hoz. Odamlar bilan birga aqlli odam turiga kiradi.

Aqlli odam turi Yer yuzida keng tarqalgan, lekin bir tekis tarqalmasdan, populyatsiyalar (irqlar)ni hosil qilgan. Kromanyonlar davrida mehnat qurollarining yanada takomillashuvi sunʼiy yashash muhitining yaratilishi tufayli odam evolyutsiyasida biologik omillar taʼsiri keskin kamayib, ijtimoiy omillar taʼsiri kuchayadi.

Antropogenez jarayonida serpushtlik kamayib, jinsiy balogʻatga yetish sekinlashdi, bolalik davri va odamning umri uzaydi. Hozirgi odamning paydo boʻlishi bilan tabiiy tanlanishning tur hosil qilish funksiyasi ham tugadi. Lekin odam jismoniy tilining turgʻunligi nisbiy boʻlib, tur doirasida morfologiya va funksiyalar turli yoʻnalishda oʻzgarib turadi. Agar bu xildagi oʻzgarishlar ontogenezning tezlashuvi bilan bogʻlik boʻlsa, akseleratsiya deyiladi. Hoz. davrda tibbiyot fanlarining rivojlanishi odam organizmini klonlash va uning genofondini oʻzgartirish bilan bogʻliq boʻlgan ijtimoiy va etnik masalalarni oʻrtaga tashlamokda.

Anatomo-fiziologik xususiyatlari. Odam tanasi ham barcha xordalilar singari 2 tomonlama simmetriyaga ega boʻlib, bosh, boʻyin, tana, oyoq va qoʻllarga boʻlinadi. Bu boʻlimlar ham yana tegishli qismlarga ajratiladi. Xususan, bosh boʻlimi miya qutisi va yuzga, tana – koʻkrak, qorin va orqaga, qoʻl – yelka, tirsak, bilak va panjaga; oyoq – son, tizza, boldir va panjaga boʻlinadi. Odam tanasi bichimida yosh, jins va shaxsning oʻziga xos xususiyatlari namoyon boʻladi. Masalan, erkaklar tanasi nisbatan yoʻgʻon va yirik, chanogʻi tor, yelkasi keng; ayollar tanasi, aksincha, nozik, kalta, chanogʻi yelkaga nisbatan kengroq boʻladi. Tana tuzilishining dolxmorf (daroz), braximorf (kalta), ular oʻrtasida mezomorf (oʻrta boʻy), astenik (novcha, xipcha, ozgʻin), giperstenik (semiz, pakana), normostnik (normal) tillari mavjud.

Odam tanasi teri bilan qoplangan. Teri organizmni himoya qiladi, ayirish va haroratni boshqarish faoliyatida ham ishtirok etadi. Skelet tayanch funksiyasini bajaradi, organizmga shakl berib turadi. Suyaklar, ularni tutashtrib turuvchi paylar hamda mushaklar bilan birga tayanch-harakat tizimini hosil qiladi. Odam skeleti kalla (miya qutisi, yuz), tana (umurtqa pogʻonasi, qovurgʻalar, toʻsh), qoʻl (yelka, bilak, tirsak, panja), oyoq (son, katta va kichik boldir, oyoq panjasi), yelka kamari (oʻmrov, kurak) va oyoq kamari (chanoq) suvlaridan iborat. Tayanch-harakat tizimi tayanch, tanani tik tutish, harakatlanish hamda himoya (miya qutisi, umurtqa pogʻonasi, koʻkrak qafasini hosil qiluvchi, chanoq suyaklari) faoliyatini bajaradi. Kalla suyagi miya qutisi va yuz boʻlimiga boʻlinadi.

Miya qutisi peshona, ikkitadan tepa va chakka, ensa, ponasimon va gʻalvirsimon yuz suyaklari bir juftdan yuqori jagʻ va yonoq, burun, koʻz kosasi suyaklaridan iborat. Yuqori va pastki jagʻlar tishlar bilan birgalikda ogʻiz boʻshligʻini hosil qiladi. Kalla suyagining yuz qismida chaynash mushak lari; koʻz, burun va ogʻiz atrofida mimika mushaklari joylashgan. Umurtqa pogʻonasi 33-34 ta umurtqadan iborat boʻlib, boʻyin (7 ta umurtqa), koʻkrak (12), bel (5), dumgʻaza (5), dum (4-5) boʻlimlari bor. Dumgʻaza va dum umurtqalari oʻzaro harakatsiz, boshqa umurtqalar chala harakatchan qoʻshiladi. Koʻkrak umurtqalari, 12 juft qovurgʻalar va toʻsh sulgi koʻkrak boʻshligʻini oʻrab turadigan koʻkrak qafasini hosil qiladi. Koʻkrak boʻshligʻi pastki tomondan diafragma orqali qorin boʻshligʻidan ajralgan. Koʻkrak qafasi devori ichki tomondan yupqa plevra parda bilan (q. Nafas), oʻpka ham xuddi shunday plevra bilan qoplangan. Koʻkrak boʻshligʻida yurak, yirik qon tomirlari, oʻlkalar, ularga keluvchi traxeya, bronxlar, qiziloʻngach joylashgan. Koʻkrak qafasi devorining oldingi qismini koʻkrak mushaklari qoplab turadi. Koʻkrakning chap va oʻng tomonida sut bezlari boʻladi. Qovurgʻalaning umurtqalar va toʻsh sulgi bilan yarim harakatchan birikkanligi va qovurgʻalar orasidagi mushaklarning qisqarishi sababli koʻkrak kafasining kengayishi va torayishi natijasida nafas olish sodir boʻladi. Bel umurtqalari, keyingi qovurgʻalar va chanoq suyagining oldingi uyiga qorinning serbar mushaklari birikadi.

Qorinning oldingi va yon devorlari mushaklardan iborat. Bu mushaklar ichki aʼzolarni ushlab turadi va qorin pressini hosil qildi. Qorin boʻshligʻini yuqoridan diafragma, pastdan chanoq sulgi chegaralab turadi. Diafragma ostida jigar va oʻt pufagi, ulardan chaproqda oshqozon va taloq, pastrokda ingichka ichak joylashgan. Ingichka ichakni oʻng, chap va yuqori tomondan yoʻgʻon ichak (chambar ichak) oʻrab turadi. Qorin boʻshligʻi devorini ichki tomondan yupqa qorin pardasi qoplab olgan. Qorin boʻshligʻining orqa tomonida, bel umurtqalrining 2 yonida bir juft buyrak joylashgan. Umurtqa pogʻonasiga parallel ravishda uning chap tomonidan qorin aortasi, oʻng tomonidan pastki kovak vena oʻtadi. Qorin boʻshligʻining pastki qismi chanoq boʻshligiga aylangan. Unda qovuq, toʻgʻri ichak va ichki jinsiy aʼzolar (ayollarda bachadon, tuxumdonlar va naylar; erkaklarda prostata bezi, urugʻdonlar va urugʻ oʻtkazuvchi naylar) joylashgan. Odam qoʻlining juda murakkab harakatlar qilishga moslaganligi boʻgʻimlarning silindrsimon, sharsimon, chigʻirsimon harakatchan birikishi va ularni harakatga keltiradigan mushaklarning xilma-xil tuzilishiga bogʻliq.

Embrional rivojlanishi. Ota va ona jinsiy hujayralarning qoʻshilishi, yaʼni otalanishdan keyin hosil boʻlgan zigota 2 jinsning belgilariga ega boʻladi. Zigota boʻlinishga kirishishi bilan embrional rivojlanish boshlanadi. Urugʻlanishdan soʻng b kun oʻtgach, murtak bachadon boʻshligiga oʻtib, uning shilliq pardasiga oʻrnashib oladi. Embrion pardasi va bachadon devoridan yoʻldosh shakllanadi. Embrion kindik orqali yoʻldosh bilan tutashgan boʻladi. Yoʻldosh orqali ona organizmi bilan embrion oʻrtasida moddalar va gazlar almashinuvi sodir boʻlib turadi. Odamning ona qornida rivojlanishi oʻrtacha 280 kun, yaʼni 9 oydan koʻproq davom etib, bola tugʻilishi bilan tugallanadi. Shu davrning dastlabki 8 haftasi murtaklik (embrion) davri, qolgan qismi homila davri deyiladi (q. Homiladorlik). Embrionlik davrida murtak pardalari hosil boʻladi, yoʻldosh shakllana boshlaydi, boʻlgʻuvsi homilaning toʻqimalari va aʼzolari shakllanadi; hatto ulardan ayrimlari ishlay boshlaydi (1-oy oxirida embrion yuragi ishga tushadi). Embrion boʻyi 2 mm ga yetganida uning oʻq aʼzosi – xordasi va nerv tizimining asosi boʻlgan nerv nayi yuzaga keladi. Bir vaqtning oʻzida embrion varaqlari ham shakllanib, etodermadan nerv tizimi, sezgi aʼzolari, teri epiteliysi, ogʻiz boʻshligʻi va orqa ichak epiteliysi; mezodermadan yurak, qon tomirlari, skelet, mushaklar, ayirish va jinsiy aʼzolar; endodermadan ovqat hazm qilish tizimi, hazm bezlari, nafas aʼzolari hosil boʻladi. Rivojlanishning 5-haftasidan boshlab qoʻl va oyoq,

7- haftada barmoklar shakllana boshlaydi,

8- haftada embrion tashqi koʻrinishdan odamga oʻxshaydi; bu davrda uning boʻyi 4 sm, ogʻirligi 4-5 g boʻladi. 9-haftada embrion aʼzolarining shakllanishi tugallanadi. Shu davrdan boshlab embrionlik davri tugallanib, homila davri boshlanadi. Homila tutilganday soʻng odam chaqaloqlik, goʻdaklik, bolalik, oʻspirinlik, yetuklik, qarilik, keksalik davrlarini oʻtadi. Bolalik davrining uzoq davom etishi, jinsiy balogʻatga yetish davrida boʻyiga oʻsishning tezlashuvi odam shaxsiy rivojlanishiga xos xususiyat hisoblanadi. Bolalik davrining odam umriga nisbati 1 : 5 ga teng boʻladi. Odamda jinsiy dimorfizm tananing umumiy oʻlchami va ayrim qismlari proporsiyasida (ayollarda chanoqning, erkaklarda yelkaning kengligi), tana ayrim qismlarining rivojlanishi (ayollarda teri osti yogʻ qavatining, erkaklarda skelet va mushaklarning yaxshi rivojlanganligi hamda mushak tolalari va yogʻ hujayralarining yirik boʻlishiga namoyon boʻladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.