Observatsiya

Observatsiya [lot. observatio – kuzatish, nazorat] – karantinga olingan yuqumli kasalliklarga (oʻlat, vabo, chinchechak) chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli vaqtincha alohidalab qoʻyilgan kishilar ustidan tibbiy kuzatuv. Zarurat boʻlganda O. boshqa yuqumli kasalliklarga ham belgilanishi mumkin.

Observatsiyani sanitariya-epidemiologiya xizmati amalga oshiradi. Observatsiya muddati kasallik yashirin davrining eng uzoq muddatiga (q. Inkubatsion davr) bogʻliq. Observatsiya qilinadigan kishilar doim shifokor nazoratida boʻladi. Har kuni ularning hol-ahvoli soʻrab chiqiladi, koʻzdan kechiriladi, tana harorati oʻlchanadi, zarur boʻlsa, tegishli tekshiruvlar oʻtkaziladi, shoshilinch maxsus profilaktika qilinadi.

Tibbiy kuzatuvdagi kishilarga mehnatga qobiliyasizlik varaqasi beriladi. Observatsiyada transport vositalari va yuklarga ishlov berish (dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya) ham koʻzda tutiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.