Obliteratsiyalovchi endarteriit

Obliteratsiyalovchi endarteriit [yun. endon – ichidagi va arteriyalar], vini – Barter kasalligi – oyoq arteriyalarining yalligʻlanishi bilan kechadigan surunkali kasallik.

Bunda Tomirlar asta-sekin torayib, bora-bora butunlay bekilib qoladi, uning qon bilan taʼminlanishi izdan chiqadi. Oyoqni sovuq oldirish, lat yoyish, miya shikastlanishi, chekish, intoksikatsiya, hayajonlanish, toliqish, periferik nervlar kasalligi, turli infeksiyalar va boshqa(lar) sabab boʻladi. 20-40 yoshdagi erkaklarda koʻproq uchraydi.

Obliteratsiyalovchi endarteriitda oyoq tez toliqadi, tomir tortishadi, keyinchalik oqsaydigan boʻlib qoladi, et uvishishi, paresteziyalar, qattiq ogʻriq kuzatiladi. Toʻqimalar qon bilan taʼmilanishining buzilishiga qarab kasallikning 4 darajasi farqlanadi. 1-darajada oyoq barmoqlari sovuq qotadi, uvishadi, tez toliqadi, oyoq terisi oqaradi, sal uzoqroq yurganda ogʻriq paydo boʻladi. 2-darajada yurganda oyoq ogʻriydi, oyoq tirnoqlari moʻrt boʻlib, tez sinadi.

Oyoq arteriyalarida puls sustlashadi. 3-darjada bemor 20-30 qadam yurganda oyoqda ogʻriq zoʻrayadi, oyoq terisi oqaradi, sovuq boʻladi. Oyoq mushaklari atrofiyasi, koʻpincha, trofik yaralar kuzatiladi. 4-darajada oyoqlarda doimiy ogʻriq, shish paydo boʻladi, trofik yaralar, barmoqlar gangrenasi tez rivojlanadi, kasallik zoʻrayganda butun oyoq panjasi gangrenaga uchraydi. Kasallikning kechishiga qarab chegaralangan va tarqalgan shakllari tafovut qilinadi.

Chekish, ichish endarteriit kechishini ogʻirlashtiradi, shuning uchun kasallikni davolashda zararli odatlardan voz kechish, fizioterapiya va konservativ davo buyuriladi. Bular naf bermasa, operatsiya qilinadi (Tomirlar tiklanadi yoki oyoq kesib tashlanadi).

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.