Obliteratsiya

Obliteratsiya [lot. obliteratio – tekislanmoq, bitib qolmoq] – 1) tibbiyotda – ichi kovak yoki naysimon aʼzolar (masalan, ichki aʼzo boʻshligʻi, chiqaruv kanali yoʻli, qon yoki limfa tomirlari) teshigining bitib, berkinib qolishi. Bu, koʻpincha, yalligʻlanish yoki oʻsmalar tufayli roʻy beradi, bunda organizm faoliyatiga putur yetadi.

Tuxum yoʻllarining toʻliq obliteratsiyasi bemorni bepushtlikka olib keladi. Shu bilan birga, ayrim kasalliklar, masalan, plevritda, plevra boʻshligʻida obliteratsiya vujudga kelishi bemorning sogʻayayotganligidan dalolat beradi; qorin pardasi qin oʻsiqchasining obliteratsiyasi rivojlanish meʼyorida borayotganligini koʻrsatadi; 2) botanikada – oʻsimlik toʻqimalari va hujayralarining puchayishi.

Baʼzan hujayra ichidagi va hujayralararo boʻshliqlarning bitib qolishiga olib keladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.