Nur bilan davolash

Nur bilan davolash, nur terapiyasi – ionlovchi nurlar (alfa, beta, neytron, elektron, proton zarralar hamda rentgen va gamma nurlarni davo maqsadida foydalanish; har xil oʻsmalar va baʼzi yalligʻlanish jarayonlarini davolashda keng qoʻllanadi.

N. bilan d. ionlovchi nurlarning biologik taʼsir koʻrsatishiga asoslangan. Bunda nurlar toʻqimalar bilan oʻzaro taʼsirlashib, ularda ionlanish hamda murakkab fizik-kimyoviy va biokimyoviy jarayonlarni yuzaga keltirib, nurlantirilgan toʻqimalarning hayot faoliyatini izdan chiqaradi. Ionlovchi nurlar xavfli oʻsma toʻqimalariga sogʻ toʻqimalarga qaraganda koʻproq taʼsir qiladi; oʻsmalarni N. bilan d. da uning ana shu xususiyati nazarda tutiladi. N. bilan d. mustaqil yoki davo usullari bilan birga olib boriladi. N. bilan d. xirurgik davo usullari bilan birga olib boriladigan boʻlsa, nur operatsiyadan oldin yoki keyin beriladi.

Hoz. koʻpchilik mamlakatlarda onkologik bemorlarning 70 % i nur bilan davolanadi. Usmalarga nur borilganda avval hujayralar boʻlinishi va koʻpayishi sekinlashadi, keyin toʻliq toʻxtaydi. Lekin oʻsma hujayralarining bir qismi doimo tirik qoladi. Bu juda xavfli, chunki ularning bir qismi – retsidiv (kaytapangan) oʻsmaga, boshqasi – metastaz (ikkilamchi) oʻsmga aylanadi. Hujayralarning omon qolishi, atrof muhitning turli omillari taʼsirida paydo qilingan zararlarni bartaraf qiladigan (reparatsiyalovchi) fermentli tizim bilan taʼminlanganidadir.

Bu tizim yaxshi ishlasa, shikastlangan hujayraning faoliyati toʻliq tiklanadi. Har bir hujayraning umrida nurga nisbatan yuqori va past sezgirlik davri boʻladi. Agar ionlovchi nur hujayraning yuqori sezgirlik paytida taʼsir etsa, u qattiq shikastlanadi, sezgirlik past vaqtida boʻlsa, faoliyati uncha oʻzgarmaydi.

Koʻpgina tadqiqotlarda koʻrsatilishicha, oʻsma hujayrasining nur bilan zararlanish darajasi undagi kislorod miqdoriga bogʻliq: kislorod koʻp boʻlsa, nur taʼsiri kuchli, kam boʻlsa, aksincha. Shu bois kislorodga boy oʻsma hujayralari nobud boʻladi, siyrak boʻlsa, omon qoladi.

Klinik amaliyotda N. bilan d. rejasi oʻsma paydo boʻlgan normal toʻqimaning nurga sezgirligiga va oʻsma hujayralarining morfologik yetukpigi darajasiga asoslanadi: limfoid toʻqimadan oʻsib chiqqan sarkomalar biriktiruvchi toʻqima oʻsmalariga nisbatan nurga oʻta taʼsirchan, hazm yoʻli oʻsmalari – nurga chidamli.

Oʻsmalarni N. bilan d. da, asosan, ikki nur manbai: zaryadlangan zarralar tezlatkichlari (rentgen asboblar, siklik va chiziqli tezlakichlar) va sunʼiy radioaktiv moddalar (gama-moslamalar, radioaktiv moddalarni foydalaniladi. N. bilan d. ning organizmga tashqi (distansion va kontakt usullar) va ichidan nur taʼsir ettirish (nur chiqaruvchi manba bemor organizmiga kiritiladi) yoʻli bilan amalga oshiriladi. Amaliyotda koʻproq tashqi nurlash qoʻllaniladi.

Oʻsmalarni N. bilan d. da ularni toʻliq yemrish uchun ionlovchi nurlarning katta dozasini qoʻllashga toʻgʻri keladi: bunda nur reaksiyalari (nurga nisbatan organizmning mahalliy va umumiy reaksiyalari) kuzatiladi, bunda darhol shifokorga murojaat qilish zarur. N. bilan d. ning samarali boʻlishi bemorning vrach koʻrsatmalariga rioya qilishiga bogʻliq.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.