Nukleazalar

Nukleazalar – nuklein kislotalar (NK) ni parchalaydigan gidrolitik fermentlar. Barcha biologik obyektlarda borligi maʼlum. Nukleazalar fosfodiesteraza boʻlib, ribonuklein kislotali parchalaydigan ribonukpeaza (RNKaza), dezoksiribonuklein kislotani parchalaydigan dezoksiribonukleaza (DNKaza), ayrimlari har ikki nuklein kislotalar (NK)ga nisbatan faol boʻlgan (nomaxsus) nukleazalar deb ataladi.

Ekznukleazalar nuklein kislota molekulasining bir uchini, endonukleazalar polinukleotid zanjirni oralaridan gidrolizlaydi. Ovqatdagi NKni hazm qilishda, organizm uchun yot boʻlgan NKni chiqarib yuborishda, hujayralarda NKning sintezlanishi va parchalanishini boshqarishda qatnashadi. Nukleazalardan NK struktursini tadqiq qilishda va baʼzi virusli kasalliklarni davolashda foydalaniladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.