Neyroxirurgiya

Neyroxirurgiya – xirurgiyaning bir boʻlimi. Nerv tizimi kasalliklari va jarohalarini xirurgik yoʻl bilan davolash usullarini oʻrganadi va amalda qoʻllaydi. Neyroxirurgiya neyroonklogiya, neyrotravmatologiya, neyroangiologiya, markaziy nerv tizimining tugʻma nuqsonlari va infeksion-yalligʻlanish jarayonida qoladigan asoratlar xirurgiyasi, steretoksik neyroxirurgiya, epilepsiya va kuchli ogʻriq xirurgiyasi kabi bilimlardan iborat.

Bosh va orqa miyani operatsiya qilish yuzasidan olib borilgan koʻp yillik izlanish va urinishlar tufayli 20-a. boshlarida n. mustaqil fan sifatida shakllandi. Fiziologiya, nevrologiya, rentgenologiya, patmorfologiya, biokimyo, anesteziologiya, terapiya va boshqa(lar) fan yutuqlari neyroxirurgiyaning rivojlanishiga imkon berdi.

N.N. Burdenko Moskvada, A. L. Polenov Leningradda, A. I. Arutyunov Kiyevda n. insitutini tashkil etishda rahbarlik qildilar (hoz. in-t shu olimlar nomi bilan ataladi). Keyinchalik boshqa shaharlardagi klinikalarda ham neyroxirurgiya boʻlimlari ochildi.

Dastlab Oʻzbekistonda neyroxirurgiya boʻlimi Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish in-ti, 1963-y. Samarqand viloyat kasalxonasi (1950) (S. D. Mdiyorov, A. M. Mamadaliyev) tarkibida tashkil qilindi. 1968-y. dan respublikaning barcha viloyat kasalxonalarida, jumladan, Toshkentda Onkologiya va radiologiya ilmiy tekshirish in-tida neyroxirurgiya boʻlimi (M. H. Qoriyev) faoliyat koʻrsata boshladi. 1969-y. 17-shahar kasalxonasida (A. S. Misodiqov), Andijon viloyat kasalxonasida (M. D. Doʻstmurodov) n. boʻlimlari tashkil topdi.

Keyinchalik bu boʻlimlar tibbiyot in-tlarida tashkil qilingan. N. kafedralari va kurslarning oʻquv bazasi boʻlib qoldi. Neyroxirurgik yordamni rejali ravishda bajarish maqsadida 1983-y. Respublika N. markazi ochildi, keyinchalik u Respublika ilmiy tekshirish markaziga aylantirildi (1997).

Respublikada neyroxirurgiya fani rivojlanishida M. M. Maqsudov, M. H. Qoriyev, A. S. Mirsdiqov, S. A. Madiyorov, M. D. Doʻstmurodov, A. M. Mamadaliyev va boshqa(lar)ning munosib xizmatlari bor. 1975-y. dan

Respublikaning barcha tibbiyot in-tlarida yuqori kurs talabalariga neyroxirurgiya fani oʻqitila boshlandi. Respublikaning shahar va viloyat mutaxassislarni tayyorlash, asosan, neyroxirurgiya ilmiy markazida, tibbiyot in-tlarining neyroxirurgiya kafedralari va kurslarida olib boriladi.

Ixtisoslashgan neyroxirurgik markazlar tashkil etilishi bosh miya oʻsmalari, markaziy nerv tizimining tugʻma nuqsonlari va yalligʻlanish kasalliklarini davolashda yaxshi natijalarga erishishga, N. da miya va orqa miya tomirlari xirurgiyasi (neyroangiologiya), stereotaksis kabi yangi boʻlimlar tashkil etishga imkon berdi.

Neyroxirurgiyadagi Hoz. muhim yoʻnalishlardan biri bosh midda qon aylanishi va midda energiya almashinuvi fiziologiyasi va patologiyasini oʻrganishdir. Operativ texnikaning rivojlanishi (elektroxirurgiyaning tatbiq etilishi hamda kalla ichi bosimini pasaytirishga yordam beradigan turli preparat va usullarning qoʻllanilishi), diagnostika usullarining takomillashishi, shuningdek, N. amaliyotida ogʻriqsizlantirish va reanimatsiya usullarining joriy etilishi N. da muhim ahamiyat kasb etdi. Hoz. tomirlarni operatsiya qilish usuli xam muvaffaqiyatli qoʻllanilmoqda.

Bu sohada fizika, elektronika, kibernetika, radiologiya va boshqa(lar) tabiiy fanlarning yutuklaridan foydalanilishi endilikda glial oʻsmalar, kalla suyagi va miyaning ogʻir shikastlari, epilepsiyani davolash imkonini beradi. Markaziy nerv tizimining murakkab faoliyatlarini oʻrganish sohasidagi N. yutuqlari nevropatologiya, psixiatriya, neyrofiziologiya, psixologiya kabi fanlarni boyitmoqda.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.