Neyron

Neyron, nevron (neyro…) nerv hujayrasi, Nerv tizimining asosiy strukturaviy va funksional birligi, kalta dendritlar va uzun aksondan iborat (sxema).

Hayvon hujayrasiga xos organizmlardan tashqari, neyron sitoplazma (neyroplazma)sida neyrofibrillalar (tigroid modda) boʻladi. Sezuvchi, oraliq va efektor N. farq qilinadi.

N. nerv impulslarini retseptorlardan markaziy nerv tizimiga (sezuvchi N.), markaziy nerv tizimidan ijrochi aʼzolarga (harakatlanuvchi N.) oʻtkazadi, boshqa bir qancha nerv hujayralarini oʻzaro biriktiradi (oraliq) N. lar oʻzaro va ijrochi aʼzolar hujayralari bilan sinapslar orqali aloqada boʻladi.

Bosh miya katta yarim sharlari poʻstlogʻi, miyacha, markaziy nerv tizimining boshqa baʼzi boʻlimlari neyroni murakkab tuzilgan. Neyronlar oʻlchami va soni turli hayvonlar va Odamda turlicha.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.