Neyrofiziologiya

Neyrofiziologiya – fiziologiyaning bir boʻlimi. Nerv tizimi reflektor pritsipda ishlashi haqidagi tasavvur 17-a. da fransuz fiziologi R. Dekart, 18-a. da chex fiziolgi Y. Proxaska tomonidan ilgari surilgan.

Biroq neyrofiziologiya fan sifatida 19-a. ning 1-yarmidan, nerv tizimi tajriba usullari bilan oʻrganila boshlangandan soʻng shakllandi. 19-a. boshlarida Shotlandiya anatomi va fiziologi Ch. Bell (1811) hamda fransuz fiziologi F. Majadi (1822) bir-biridan bexabar orqa miyaning orqa ildizi kesilgandan soʻng sezgi, oldingisi kesilgandan keyin harakat yoʻqolishini aniqladi.

Shundan soʻng u yoki bu funksiya nerv tizimining qayerida joylashganligini aniqlash uchun miyaning turli tuzilmalarini kesish, keyinchalik ularga sunʼiy yoʻl bilan taʼsir etish usulidan keng foydalanildi.

I. M. Sechenov (1863) tomonidan markaziy tormozlanish, yaʼni nerv tizimining maʼlum markazi taʼsirlanishidan uning faol holati – qoʻzgʻlishini emas, balki soʻnishini vujudga keltiradigan hodisaning kashf etilishi neyrofiziologiya rivojida muhim bosqich boʻldi.

Markaziy nerv tizimi faoliyatini oʻrganishda N.Ye. Vvedenskiy, V. M. Bexterev, ingliz fiziologi Ch. Sherrington va boshqa(lar)ning hissasi katta. Yurak-tomir faoliyati va nafasni boshqarishda bosh miya sopining rolini rus olimlari F. V. Ovsyannikov, N.A. Mislavskiy, shuningdek, fransuz fiziologi P. Flurans, miyacha rolini Italiya olimi L. Lyuchiani aniqlagan.

Bosh miya yarim sharlari poʻstlogʻi faoliyatini eksperimental tekshirishni I. P. Pavlov boshlab berdi, shu bilan birga, poʻstlokda sodir boʻladigan nerv jarayonlarini obyektiv qayd qilish imkoniyatlarini koʻrsatdi (q. Oliy nerv faoliyati). Rus fiziologi A. A. Uxtomskiy neyrofiziologiyaga dominanta prinsipi haqidagi tushunchani kiritdi. Biolektr potensiallarini qayd qilish usulining kashf etilishi va ishlab chiqilishi tufayli neyrofiziologiyada nerv hujayralari faoliyatini va qoʻzgʻalish hamda tormozlanish tabiatini oʻrganish masalalari ilgari surildi.

Hoz. Neyrofiziologiya oldida nerv tizimining integrativ faoliyatini oʻrganish masalalari turibdi. Bu nerv tizimini kesish va turli qismlarini olib tashlash, uning elektr potensiallarini ichki va sirtqi elektrodlar yordamida sinash, nerv strukturasiga elektr va harorat taʼsir ettirish va boshqa(lar) usullarga asoslangan.

Miya stvoli retikulyar formatsiyasining faollashtiruvchi hamda tormozlovchi taʼsirini kashf etish va batafsil aniqlash, somatik va visseral faoliyatlarni birlashtirib turadigan oliy markazlardan biri boʻlgan miya limbik tizimining tavsif etilishi, nerv hamda endokrin tizimning boshqarilish mexanizmi gipotal. muyedaligini aniqlash va boshqa(lar) kashfiyotlar neyrofiziologiyaning yutuqlaridandir.

Nerv tizimi faoliyatining hujayra mexanizmini mufassal oʻrganishda mikroelektrod texnika hamda elektron mikroskopiya yaxshi natija bermoqda.

Mikrolektrodlarni neyron ichiga kiritib, turli tipdagi neyronlarda qoʻzgʻalish va tormozlanish qanday paydo boʻlishi, bu jarayonlarning hujayra ichidagi mexanizmi qay tarzdalgi, bir hujayra faolligi boshqasiga qanday oʻtishi toʻgʻrisida maʼlumotlar olingan.

Nerv tizimi ustida olib boriladigan eksperimentlar asosida baʼzi neyron va nerv turlarining modelini yasash rivojlanmoqda. Zamonaviy neyrofiziologiya neyrokibernetika, neyrokimyo, neyrobionika kabi fanlar bilan chambarchas bogʻlangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Этот сайт использует Akismet для борьбы со спамом. Узнайте как обрабатываются ваши данные комментариев.