Nefroskleroz

Nefroskleroz [yun. nephros – buyrak, sklerosis – zichlashish] – buyrakni biriktiruvchi toʻqima qoplab ketishi natijasida uning qattiqlashishi va “burishib” qolishi.

Gipertoniya, piyelonefrit, buyrak sili, glomerulnefrit, buyrak tosh kasalligi (nefrolitiaz) va boshqa(lar)da kuzatiladi.

Nefrosklerozda, asosan, buyrakning mayda arteriyalari (arteriolalari) shikastlnadi, ular burishib qolib parchalanadi, natijada buyrak epiteliysi nobud boʻladi.

Asosan, tuzsiz parhez va kasallik alomatlariga qarab dori-darmonlar buyuriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.